Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aksel Tuanzebe faoliyatidagi eng muhim gol haqida…

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Futbolda butun o‘yin taqdirini ba’zan juda kichik bir lahza o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Deylik, bosh bilan berilgan bitta mukammal zarba, oyoq yoki hatto qo‘l uchining to‘pga tegishi ham tarixiy natijani ta’minlashi mumkin. Oddiy misol, «Bernli» himoyachisi Aksel Tuanzebe soni bilan bergan zarbasi vositasida Kongo DR milliy jamoasini JCH-2026 final bosqichiga yetakladi. Aytish kerak, «leopardlar» 52 yillik tanaffusdan so‘ng yana mundial yo‘llanmasiga ega chiqishdi va «K» guruhiga tushishdi. Ya’ni o‘z tarixidagi ilk JCHga shaylanayotgan O‘zbekiston milliy jamoasining 3-raqibiga aylanishdi. Aksel Tuanzebe esa o‘z mamlakati uchun olamshumul natijadan so‘ng FIFA rasmiy sayti ijodkorlariga bergan intervyusida JCH-2026 saralashi qit’alaro «pley-off» bos­qichi finalida Yamayka termasi darvozasiga urgan golini butun faoliyatidagi eng muhimi sifatida ta’rifladi.

– Aksel, yarim asrdan ziyod vaqt davom etgan tanaffusdan so‘ng qo‘lga kiritilgan mundial yo‘lanmasiga zamin yaratgan golingizni qanday baholaysiz?

– Shubhasiz, bu butun faoliyatimga tatiydigan eng muhim gol! Aytish shart emas, bunday lahzalar futbolchi hayotida kam uchraydi va barchasini so‘z bilan to‘liq ifodalash juda qiyin. Muhimi, jamoamiz bilan xalqimiz yillar davomida kutgan natijani ta’minladik, katta orzuni ro‘yobga chiqardik. Xullas, JCH-2026ga yo‘l olganimiz nafaqat jamoamiz, balki butun mamlakatimiz uchun ulkan yutuq hisoblanadi. Shunday ekan, o‘sha hal qiluvchi gol o‘yinda kuzatiladigan oddiy voqelik emas. Bu – hissiyot, mas’uliyat va tarixiy burilishni o‘zida mujassam etgan katta hodisot. Biz uchun mundial sari yo‘l ochgan golni boshqacha ifodalab berolmayman.

– O‘yindagi o‘sha hal qiluvchi lahza qanday yuz berganini eslasak…

– Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmagach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaaat qilindi. Uchinchi bo‘lim oxirlab borayotgan pallada esa burchak zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Oniy lahzada raqib himoyasida kichik bo‘sh hudud borligini payqadim va darhol markaz tomon talpindim, keyin to‘pni darvozaga yo‘lladim. Ha, to‘p oyog‘imga ideal tarzda tushmadi, lekin bunday lahzalarda muhimi – chiroyli zarba yo‘llash emas, balki tezkor qaror qabul qilish va vaziyatdan oqilona foydalanish. Xullas, barchasi bir nuqtada tutashdi: tezkor qaror, vaziyatdan maksimal darajada samara chiqarish harakati va ozgina omad. Shu tariqa jamoamizga tarixiy natijani taqdim etdim.

– Aytingchi, butun bir millat umidi tikilgan o‘yinda bosimni yengib o‘tish qanchalik qiyin?

– Mohiyatan qaraganda, bunday miqyosdagi hal qiluvchi o‘yinda bosimni sezmaslikning umuman iloji yo‘q. Ayniqsa, birinchi bo‘limda harakatlarimizda asabiylik va mas’uliyat yuki yaqqol sezildi. Chunonchi, turnirning aha­miyati bizga psixologik jihatdan ham bosh­qacha ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchunmi, boshida o‘yinni to‘liq nazorat qilishda ancha qiynaldik, ba’zi vaziyatlarda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ydik. Xayriyatki, vaqt o‘tishi bilan tonusga tushib oldik hamda ikkinchi bo‘limda ancha dadil o‘ynay boshladik.

– Tarixiy g‘alabadan so‘ng maydonda nimalar ro‘y berdi, ichingizda qanday his-tuyg‘ular jo‘sh urdi?           

– Final hushtagi yangrashi bilan barchamiz hissiyotlar domiga tushib, yettinchi osmonda parvoz qila boshladik. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emasdi. Axir bu yillar davomida orziqib kutilgan g‘alaba, millionlab qalblar orzusining amalga oshishi edi. Maydonda va uning atrofida cheksiz quvonchni tuydik, yelkamizdan tog‘ ag‘darilganini his qildik, hatto xursandchilikka ko‘z yoshlari aralashib ketdi. Eng ta’sirli lahzalardan biri shuki, o‘yindan so‘ng raqib jamoa yetakchisi Leon Beyli oldimga kelib, chin yurakdan tabriklab, samimiy quchoqlab qo‘ydi. Bunday holat futbol naqadar katta sport turi ekanligiga yaqqol dalildir.

– Xo‘sh, JCH-2026ga qanday maqsad va vazifalarni ko‘zlagan holda borasizlar?

– Jahon chempionati futbol olamining eng nufuzli va muhim turniri hisoblanadi, shubhasiz. Bunday musobaqada ishtirok etish har bir futbolchi uchun sharaf va katta mas’uliyatdir. Albatda, ushbu forumda shunchaki, qatnashish emas, mamlakatimizni munosib tarzda namoyon etishni o‘ylayapmiz. Oddiy aytganda, bo‘lajak mundialda o‘z darajamizni ko‘rsatib, Kongo DR futbolini yangi bosqichga ko‘tarishimiz kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:51, 26.04.2026. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик