Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • 2:3
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • 1:2
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • 0:1
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • 5:2
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ryudiger "Chelsi"da Terrining vorisi bo‘la oladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Londonning «Chelsi» klubi «Roma» hamda Germaniya terma jamoasining himoyachisi Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib oldi. Quyidagi maqola kelajakda afsonaviy Jon Terrining o‘rnini to‘ldirishi kutilayotgan futbolchi haqida.

Rekordchi emas

Tarkibni iqtidorli himoyachi bilan kuchaytirish uchun amaldagi chempion 39 mln. yevro (transfer uchun 35 va turli bonuslarga 4 mln.) sarfladi. Bir qarashda orqa chiziq vakili uchun shuncha mablag‘dan voz kechish serdaromad TV bitimlari tufayli bosar-tusarini bilmay qolgan jamoaning noo‘rin tantiligidek tuyuladi. Vaholanki, «ko‘klar»ning yangi xaridi futbol olamidagi eng qimmat himoyachi emas. APL tarixida Rio Ferdinand (46,8 mln.), Niklas Otamendi (45 mln.) va Tiagu Silva (42 mln.)ning transferlariga guvoh bo‘lganmiz. David Luiz esa ikki marta yuqori bahodagi kelishuvlarning sababchisi bo‘ldi - «Chelsi» uni 50 «limon» evaziga - «PSJ»ga berib, keyinchalik 38,5 mln.ga qaytarib oldi. Shuningdek, «Manchester Siti» Kayl Uoker uchun «Tottenxem»ga 50 mln. to‘lab uni futbol tarixidagi eng qimmat himoya­chiga aylantirdi. Biroq braziliyalik himoyachi va Keyxillning davri o‘tib bormoqda. Terri esa afsonaga aylanib ulgurdi. Qisqasi, ishonchli himoyachi «ko‘klar» uchun juda zarur edi. Ryudigerning «A» seriyada toblangani esa Antonio Konte uchun muhim ahamiyatga ega. Yangi xaridni Terrining vorisi sifatida tasavvur qilmoqda. Darvoqe, o‘z vaqtida Joze Mourinyo ham xudi shunday fikrni bildirgandi. Xo‘sh, Antonio bahosining atigi bir yil ichida to‘rt baravarga qimmatlashuvi asoslimi? U sarflangan sarmoyaga arziydimi? Bu savollarga yakdillik bilan javob qaytarish mushkul. Rimdagi bir yillik ijaradan keyin «Roma» himoyachini 9 mln.ga sotib olgandi. Tabiiyki, hozir bu ishdan afsuslanmaydi. Antonio hozircha chinakam yulduz maqomida emas, faoliyatining porloq sahifalari oldinda. «Manchester Siti» tarkibidan 55,6 mln. evaziga joy olgan Jon Stouns ham bor-yo‘g‘i umidli iqtidor sohibi, xolos. Ularda mahoratlarini yanada oshirishlari imkoniyat mavjud. Buni JCH-2018ning saralash bahslarida maydonga tusholmagan Ryudiger Rossiyadagi Konfederasiyalar kubogi-2017da yaqqol namoyish etdi - uning jamoasi turnirda g‘olib chiqdi. Qo‘shimchasiga, Tonidagi universallik xususiyatini barcha mutaxassislar e’tirof etishmoqda.

Yevroga krest qo‘ygan to‘qnashuv

Kelishuvga istehzo bilan munosabat bildirayotganlarga shuni estlatib qo‘yish lozimki, «ko‘klar» uch yildan buyon Ryudigerni xarid qilish ilinjida edilar. Transfenr o‘tgan yili amalga oshishi ham mumkin edi. Biroq 2016 yilning 7 iyunida bergan ko‘rgilik uni kechga surib yubordi. Bundestim tarkibidagi mashg‘ulotlar chog‘ida Tomas Myuller bilan to‘qnashib ketgan himoyachi tizzasidan jarohatlanib, maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Shu bois, Germaniya Yevro-2016ni Tonisiz o‘tkazdi, Lyov uni tarkibdan chiqarishga majbur bo‘ldi.

«Siz faqat xastalik bilan ko‘rashayotgan holatimni ko‘rishingiz mumkin. Lekin hech qachon taqdirga tan berganimga guvoh bo‘lmaysiz», - deb yozgandi futbolchi o‘z «Tvitter»i or­qali muxlislarga minnatdorchilik bildirar ekan. Germaniyalik kasbdoshlarining tashxisini tasdiqlagan italiyalik shifokorlar himoyachini kamida besh oy maydonga tusholmasligini ma’lum qilishgandi. Irodali Ryudiger oktyabr oyidayoq safga qaytdi va mavsumni 35ta o‘yin bilan yakunladi. «Bo‘rilar» bosh murabbiyi Luchano Spalletti uni qafasdagi yo‘lbarsga qiyoslagani bejiz emasdi.

Kissi qabilasidan

Terisining rangi va tartibsizliklarga murosasizligi qahramonimizga onasidan meros. Lili Sera - Leoneda dunyoga kelgan, u yerda fuqarolar urushi boshlangach, kissi qabilasining Koundi qishlog‘idan Germaniyaga ko‘chib o‘tgandi. Yevropada turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib, Mattis Ryudiger bilan nikohdan o‘tdi. Antonio ana shu yangi oilada dunyoga keldi va 15 yoshida o‘gay akasi Saar Sinezi kabi uyini tark etdi. O‘shanda Saar Dortmundning «Borussiya» klubi maktabida tahsil olardi. Intizomi talab darajasida bo‘lmagan hujumchining faoliyati muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lsada, ukasiga ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Natijada akasi Dortmunda 24ta o‘yin bilan kifoyalangan bir paytda Toni «Shtutgart»da chinakam professionalga aylandi. 17 yoshida klub akademiyasiga kelgan bo‘lsa, yarim yildan so‘ng o‘rinbosarlar tarkibidan joy oldi. 18ga chiqqan Ryudiger nihoyat bundesligadagi debyutini nishonlashga ham ulgurdi.

Terma jamoadan qo‘ng‘iroq

Qaysidir pallada Syerra-Leone terma jamoasi Ryudigerga qiziqish bildirgandi. Qahramonimiz ona yurtidagi yorqin kelajakni ko‘z oldiga keltira olmadi va Yevropada yanada ko‘proq ter to‘ka boshladi. Shu tariqa o‘smir va yoshlar terma jamoalari orqali Bundestim ostonasiga yetib keldi. Himoyachi 2012 yili barcha yosh tofisdagi eng yaxshi futbolchilar uchun ta’sis etilgan nufuzli Fris Valter sovriniga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida keltiradigan bo‘lsak, Toni Kroos, Mario Gyotse, Yulian Draksler va Jerom Boateng kabi yulduzlar ham o‘z vaqtida shunday e’tirofga loyiq ko‘rilgandilar. Ryudigerning terma jamoadagi debyutini ham uzoq kuttirmadi - 2014 yil 13 mayda Polshaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish nasib etdi. E’tiborlisi, bir paytlar mittigina Filipp Lamga topshirilgan pozisiyada endi bo‘ydor (190sm.) va baquvvat himoyachi to‘p surmoqda. Aytgancha, Tonining termadan taklif olishi ham esda qolarli bo‘lgandi: Lyovning ko‘rsatmasiga ko‘ra himoyachi bilan gaplishishi lozim bo‘lgan yordamchi murabbiy Xensi Flik uzoq vaqt qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldi. Chunki u Ryudigerning notanish raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlariga javob qaytarmasligidan bexabar edi.

Irqchilik va haqorat

Irqchilikka oid mojarolar futbolchini ham chetlab o‘tmadi. Bir paytlar Ryudiger Italiyada bu noxush illatga qarshi choralar ko‘rilmasligini e’tirof etgandi. Tez orada o‘z fikridan qaytib, u yerda hech qanday kamsitishlarga duch kelmaganligini ta’kidladi. Vaholanki, Antonio sha’niga bildirilgan so‘zlar uchun «Skuadra Adzura»ning sobiq o‘yinchisi hozirda TV sharhlovchisi bo‘lib ishlayotgan Stefano Eranio o‘z lavozimidan judo bo‘lgandi. YECHL doirasidagi «Bayer»-«Roma» (4:4) bahsini Shveysariya telekanaliga sharhlagan Eranio jumladan shunday degandi: «Qora tanli himoyachilar ko‘pincha e’tiborsizliklari tufayli xatolarga yo‘l qo‘yishadi. To‘g‘ri, ular jismonan juda baquvvat bo‘lishadi, lekin tez-tez xatoga yo‘l qo‘yadilar».

O‘tgan yili dekabrda ham Ryudigerga oid mojaro bo‘lib o‘tgandi. Rim derbisida «Lasio» tarkibida maydonga tushgan Senad Lulich raqibini haqorat qilgandi: «Bundan ikki yil avval Shtutgartda paypoq va kamarlar sotish bilan ovora eding. Endi o‘zingni tengi yo‘q fenomen, hisoblayapsanmi?».

Keyinchalik «Lasio» ma’murlari jamoa a’zosi Lulichning iborasi o‘zgacha talqin qilinganini ta’kidlab, buning uchun Tonidan uzr so‘rashdi. Bosniyalik futbolchi ham kasbdoshini irqchilikda kamsitmaganini, paypoq va kamarlar savdosi bilan oq tanlilar ham shug‘ullanishlarini ro‘kach qilgandi. Qisqasi, Italiya FF Lulichni aybsiz deb topdi va sportchilarga xos bo‘lmagan qilig‘i uchun ogohlantirish bilan cheklandi. Himoyachining Italiyadagi faoliyati tarixga aylanib ulgurdi. Endi u eng serzavq va qiziqarli APL bahslarida maydonga tushadi. Afsonaviy Jon Terriga munosib voris bo‘la olishini esa yangi mavsum davomida bilib olamiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:08, 30.07.2017. O'qildi: 4073 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик