Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osorio - Meksika terma jamoasining quruvchi, ofisiant, «ayg‘oqchi» ustozi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

KONFEDERASIYALAR KUBOGI-2017ning ENG YORQIN MURABBIYI XUAN KARLOS OSORIO FAOLIYATIGA CHIZGILAR. Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyi Rossiyada tashkillashtirilgan Konfederasiyalar kubogiga kelish yo‘lida qurilish ob’ektlarida g‘isht teruvchi sifatida ter to‘kkan, restoranda ofisiant bo‘lib ishlagan va «Liverpul» hamda «MYU» klublari mashg‘ulotlarida «ayg‘oqchi»lik qilgan. Ha, Osorio Meksika bosh jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishiga qadar ancha mushkulotlarni mardona yengib o‘tgan...

***

Bundan 2,5 yil oldin Xuan Karlos Osorio Janubiy Amerika Ligasi (Evropa Ligasi darajasidagi turnir) finalining ilk o‘yini tugashi hamono g‘azablangan va hafsalasiz holda, «Atletiko Nasyonal» futbolchilaridan yuz o‘girgancha shaxsiy mashinasiga o‘tirib,  stadiondan chiqib ketdi. Jamoasi natijasidan qoniqmagan murabbiy mashinasiga yoqilg‘i quyish maqsadida yo‘l chetidagi shaxobchaga kirganida ham g‘azab otidan tushmagandi. Shaxobcha xizmatchisi esa Osorioni tanib, darrov ko‘nglini ko‘tarishga urindi: «Profi, siqilmang, o‘yinni unuting. To‘kilib ketgan sut uchun yig‘lashdan ma’no yo‘q. Oldinda javob bahsi bor...». Lekin murabbiyning siqilishiga asos bor edi - «River Pleyt» Kolumbiyadan o‘zi uchun qulay 1:1 hisobi bilan qaytgandi. Boz ustiga, argentinaliklar g‘alaba qozonishlari ham hech gap emasdi, agarda yevrofutbol ixlosmandlariga yaxshi tanish bo‘lgan Fernando Kavenagi raqib jarima maydonida Osorio shogirdlarini kechirmaganida. Xullas, murabbiy o‘sha yigitga ham dakki berishdan tiyilmadi: «Nima, jinnimisan, bugungi hisob katta ahamiyat kasb etadi-ku. O‘yin sen uchun muhim emasdir, ammo men boshqacha o‘ylayman...». Xuan Karlosning xavotiri bejiz emasdi, «Atletiko Nasyonal» Argentinada mag‘lubiyatga uchradi - yana xunoblik, yana g‘azab. Osorio bu safar final hushtagi yangragach, alamidan maydon maysasidan bir to‘plamini uzib oldi. Lekin eng muhimi, u Kolumbiya klubidan g‘olib sifatida ketdi  - oradan yarim yil o‘tgach, «San-Paulu»dan taklif oldi va shundan so‘ng Meksika termasida ish boshladi. Bunda The Guardian nashri tomonidan Xuan Karlos Osorioga berilgan ta’rif ta’siri ham bor, albatta: «Kolumbiyaning eng omadli jamoasi tarixidagi eng omadli menejer». Umuman olganda, Janubiy Amerikada uni tan olingan «telba»lar - Marselo Byelsa, Xorxe Sampaoli va Xuanmi Lilyo bilan bir qatorga qo‘yishadi. Ularning tarixlari ma’lum darajada o‘xshash, hammalari futbolchilik faoliyati haqidagi o‘y-xayollarni erta unutib, darhol murabbiylikka qo‘l urishgan. Faqat shunisi borki, Osorio nomlari tilga olingan futbol Frankenshteynlaridan farqli o‘laroq, ishni o‘z uyidan 4000 km. uzoqlikda boshlagan.

***

Osorioning o‘zi butsalarini mixga ilish haqidagi qarorini hayotidagi eng muhimi sifatida ko‘rsatadi: «26 yoshimda talab darajasida o‘ynolmasligim va Kolumbiya chempionatidan yuqoriga ko‘tarilolmasligimni tushundim. Shunda futbolchilik faoliyatimga nuqta qo‘yishni lozim topdim». Xuan Karlosning otasi ashaddiy futbol fanati edi va o‘g‘lini «Deportivo Pereyra» ko‘rigiga olib boradi. U yerda 9 yoshli bolakayni avvaliga darvozaga qo‘yishadi, lekin ko‘p o‘tmay, o‘yinni yaxshi tushunishiga e’tibor qaratib, oldinroqqa surishadi. Aytish joiz, Osorio «Deportivo Pereyra»dayoq o‘z shtabini shakllantira boshlagandi. Deylik, Pompilio Payes bilan tanishadi va uni doimiy hamkori sifatida tanlaydi. Payes ayni payt Meksika termasida ham Osorio bilan birga. To‘g‘ri, u Rossiyaga kelgani yo‘q. Chunki Xuan Karlos qaroriga ko‘ra,  asosiy tarkib Konfederasiyalar kubogida qatnashgan bo‘lsa, Payes zaxirachilarni KONKAKAF kubogiga tayyorladi.

***

Xullas, Osorio 26 yoshida bobosidan qarz olib, AQSHga yo‘l oladi. U ingliz tili va amerikacha turmush tarzini o‘rganishni maqsad qilgandi. Biroq Ayovadagi kollejda yarim yil vaqt o‘tkazgach, barchasidan beziydi, shekilli, o‘zini boshqa yumushlarga uradi. Osorio jumladan, 5 oy Chikagoda yashab, «Bullz» basketbol klubi ishini o‘rganadi. O‘sha vaqt   «Bullz»ning MBAdagi zafarli yurishi hali boshlanmagan, Maykl Jordan esa buyuk o‘yinchi maqomini olishga ulgurmagandi. Fil Jekson garchi yetuk murabbiy sanalsada, uning parketdagi ishi Osorioda alohida taassurot uyg‘otmaydi. «Aynan o‘sha payt jamoaviy ximiya va xotirani mustahkamlash uchun doimo maksimal tezlikda qaror chiqarish muhimligini tushungandim»,-deya eslaydi futbol murabbiyi basketboldan olgan sabog‘ini. Xuan Karlos keyinchalik zarur mablag‘ to‘plash uchun Nyu-Yorkka yuzlanadi. Ya’ni murabbiylik qilish o‘rniga qurilish maydonlarida g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi, bog‘bonlik qilib ko‘radi, umumovqatlanish muassasida ofisiant libosida yuguradi. U shuning barobarida Nyu-York shahar xiyobonida futbol o‘ynash orqali ham pul topadi. Bunda ko‘cha qoidalariga amal qilinardi: ishtirokchilardan yig‘ilgan mukofot puli g‘olibga berilardi. Osorio dam olish kunlari 5-6ta o‘yinda qatnashar va doimo g‘alaba qozonardi. Vaholanki, u o‘zini noshud o‘yinchi, deb bilardi. Taqdirni qarangki, o‘yinlardan birida Xuan Karlos Nyu-Xeyven universiteti murabbiyi nazariga tushadi. Xullas, u Janubiy Konnektikutga qaytgach, birinchi navbatda, Osorioni yoniga chorlaydi. Natijada Xuan Karlos universitetda fiziologiya va biomexanika yo‘nalishini o‘rganishdan tashqari, jismoniy tayyorgarlik murabbiyi ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Shuningdek, «Kuins» o‘yinchilari bilan individual tarzda shug‘ullanib, Angliya safari uchun pul jamg‘aradi. U diliga Liverpulga borib, Jon Mursa futbol-ilmiy aspirantura universitetida tahsil olishni tugib qo‘ygandi. 1997 yili bunga erishadi va Angliyadagi ikkinchi kuniyoq «Liverpul» bazasi - Melvudga borib, qo‘riqchidan so‘raydi: «Bu yerga kirishim mumkinmi?» Tabiiyki, Osorio-ni ichkariga qo‘yishmaydi. Ertasiga shu hol yana takrorlanadi. Xullas, Xuan Karlos «egri» yo‘ldan yurishga majbur bo‘ladi. «Qarasam, baza chetidagi devorda katta tuynuk bor ekan. U yerga bosh suqib, ro‘parada uy borligini ko‘rdim. Keyin eshikni taqillatdim va uy sohibasidan stul so‘radim. Xullas, taburetkani olib, uning ustiga chiqqancha devordan bosh chiqarib, «Liverpul» mashg‘ulotini yashirincha kuzata boshladim».  Xuan keyingi kunni ham shu tariqa o‘tkazadi va uchinchisida notanish oila uni kechki ovqatga taklif qiladi: «Baxtimga, bekaning ikki nafar o‘g‘li «Liverpul» maktabida shug‘ullanar ekan. Bolalarning kichikkina xonasi oynasidan esa Melvud yaqqol ko‘rinib turardi. Shunday qilib, «Liverpul» bazasi ro‘parasidagi uyda deyarli 2 yil yashadim: har kuni erta azonda uyg‘onib, navbatdagi daftarchani qoralardim. Ya’ni ko‘rganlarimni yozib borardim. Agar yomg‘ir yog‘sa, mashg‘ulotni oynadan kuzatardim, havo ochiqligida esa stulni olib tashqariga chiqardim...».  U Roy Evans va Jerar Ulye boshchiligidagi mashg‘ulotlar jarayonini shunday o‘g‘rincha kuzatib, ba’zi jihatlarni o‘rganadi.

***

«Staten-Aylend Vaypers» va «Nyu-Jersi Metrostarz» jamoalarida murabbiy assistenti sifatida ko‘rganlarini amalga tatbiq eta boshlagan Osorio yana 4 yildan keyin Angliyaga qaytadi - «Manchester Siti»ning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyiKevin Kigan oldiga. E’tiborlisi, bu safar ham o‘sha tarix takrorlanadi - u ikkinchi kuni «MYU» bazasi darvozasi oldida ser Aleks Fergyusonbilan gaplashishga urinadi. «Siti» o‘sha vaqt chempionshipda o‘ynardi va Fergyuson bu klub vakilini jiddiy xavf soluvchi sifatida qabul qilmasdi. Xullas, Fergi mehmonni bazaga kirishi uchun ruxsat beradi. Natijada Osorio buyuk murabbiy bilan suhbatlashish va undan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ser Aleks xususan, rotasiya muhimligini alohida uqtirgandi: «Futbolchiga asosiy tarkibda o‘ynashga munosibligini aytishning o‘zi yetarli emas, amalda buni isbotlashi uchun imkoniyat berish shart». Osorioning keyingi faoliyatiga nazar solsak, uning bu o‘git mag‘zini chaqqani oydinlashadi. Har holda, murabbiy Meksika termasida ham tarkibni almashtirib o‘ynatishga katta e’tibor qaratmoqda. Kigan saboqlariga kelsak, ular ham zoye ketmadi: vataniga qaytgan Xuan Karlos ideal o‘yin chizmasini yaratdi. Deylik, uning jamoalari himoyadan qisqa to‘p oshirishlar evaziga chiqishi va hujumda bo‘ydor o‘yinchilardan foydalanishi bilan ajralib turadi. Mavsum-2001|2002 oxiriga kelib, Kigan stadion tribunasidan joy olib, Osorioga mashg‘ulotlarni mustaqil olib borish imkonini bera boshlaydi. Muhimi, u kolumbiyalikka ba’zi e’tirozlarini ro‘y-rost aytardi: «Futbolchilarni nega yana ular tuzukroq tushunmaydigan sxemalar bilan qiynayapsan?» Tushunarliki, Osorio bu kabi e’tirozlardan ham tegishli xulosalar chiqargan.

***

Xuan Karlos «Milyonarios» boshqaruvini qo‘lga olgach, Kolumbiya futbolida o‘ziga xos inqilob yasadi. U futbolchilarni har kuni faqat to‘p bilan emas, balki taktika ustida ham shug‘ullanishga majbur etdi. Osorio bosh murabbiylik vakolatini olishiga qadar jamoani 3 yil boshqargan «Milyos» afsonasi Augusto Garsiya esa bu holatga kulimsirab qaragancha matbuot orqali uni yerga urdi: «Xuan Karlos animator, quruvchi, telba, faqat murabbiy emas. Axir u hech qachon futbol jamoasida ishlab ko‘rgan emas...». To‘g‘ri, Osorio «Milyonarios»da aytarli natija ko‘rsatmagan bo‘lsada, keyingi faoliyati samarali kechdi: «Nyu-York Red Bullz»ni MLS kubogi finaliga olib chiqdi, «Onse Kaldas»ni Kolumbiya ligasi oxirgi o‘rnidan birinchi qatorga ko‘tardi, «Atletiko Nasyonal»ni esa binoyidek jamoaga aylantirdi. Mana, Osorio endilikda Meksika termasidagi ishidan zavqlanmoqda. Avvalgi bosh murabbiy - obro‘li Migel Errera jurnalistlar bilan janjal oqibatida iste’foga chiqqandi, meksikalik muxlislar Osorioni ham uncha xushlamaydilar. Ularga birinchi navbatda, Britaniya futboliga xos rotasiya va o‘yin sxemasining tez-tez almashib turishi ma’qul emas. Chunonchi, Osorio bugun darvozada Gilyerme Ochoaga ishonch bildirishi va kiper jamoani 10 martacha goldan qutqarganiga qaramay, keyingi uchrashuvda uni zaxirada qoldirishi hech gap emas. Murabbiyning o‘zi Meksika termasini tayyorlash jarayonida boshqa jamoalar o‘yinini obdon o‘rganishini yashirmaydi. Bunda u faqat zamonaviy futbol bilan cheklanib qolmaydi: «Har kuni 2ta tarixiy o‘yin videoyozuvini ko‘rib chiqishga harakat qilaman. Misol uchun, 80-yillardagi «Ayaks» yoki 70-yillardagi JCH o‘yinlarini tanlashim mumkin». Xuan Karlos kiyinish xonasida shogirdlarini amerikalik orator Jon Maksvell va sarkarda Aleksandr Makedonskiy so‘zlarini omixta qilgan holda shaylantirishni xush ko‘radi. Hozircha bunday yondashuv samara beryapti - Meksika termasi Osorio qo‘l ostida atigi 3-4 marta yutqazdi, xolos. Biroq bir safar uning 3-1-3-3 taktik chizmasi shunchaki, tanazzulga uchraganini ham aytish joiz. Ya’ni El Tri  avvalgi Amerika kubogida shu uslubga tayanib, guruh raundida 3ta g‘alaba qozondiyu, ilk «pley-off» bosqichida Chili termasidan naq 7ta javobsiz gol qabul qilib oldi. Osorio bu natijadan shunchalik hafsalasizlandiki, turnir yakunlanishi bilan ta’tilga chiqib, Janubiy Amerika bo‘ylab sayr boshladi - shunga o‘xshash katta omadsizlikni boshdan kechirgan odamlar bilan alohida gaplashdi. Xususan, Argentinada 5 kun yashadi va asosan taktika, mashg‘ulotlardagi turli holatlar yuzasidan o‘ziga xos ma’ruzalar eshitdi. Xuan Karlos 5 kunlik muloqot mavzularini batafsil aytishni xohlamagan bo‘lsada, Marselo Byelsa oldiga borganini yashirmadi. Demakki, kolumbiyalik murabbiyni endi bemalol shu «telba» mutaxassisga o‘xshatish mumkin.

Ma’lumot uchun

Xuan Karlos OSORIO

Kim? Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyi

Qaysi klublarda o‘ynagan? «Deportivo Pereyra», «Internasyonal» va «Onse Kaldas»da

Qaysi klublarni muvaffaqiyatli boshqargan? «Onse Kaldas», «Atletiko Nasyonal» va «San-Paulu»ni

Murabbiylik ampluasi. «Telba taktik»

E’tiborli iborasi. «Futbolchilik faoliyatiga vaqtida nuqta qo‘yganim men uchun eng muhim qadam hisoblanadi»

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 02.08.2017. O'qildi: 3499 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.