Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Ayaks" rahbariyati bosh murabbiy bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Niderlandiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Xeytinga Amsterdamning “Ayaks” klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda jamoa rasmiy sayti. Uning 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasi klub tashabbusi bilan bekor qilingan.

"Bu og‘riqli qaror. Ammo so‘nggi bir necha oyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tan olishimiz kerakki, ishlar biz kutgandek bo‘lmadi. Biz juda kam o‘sishga guvoh bo‘ldik va asossiz ravishda ochko yo‘qotmoqdamiz. Bilamizki, yangi murabbiy o‘zgarishlarga uchragan tarkibga ko‘nikishi uchun vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Biz bu safar Jonga vaqt berdik, ammo klub uchun boshqa birovni bosh murabbiy etib tayinlash eng yaxshisi deb hisoblaymiz. Tez orada yangi bosh murabbiyni tanishtiramiz degan umiddamiz. Jonga sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga omad tilaymiz", - dedi "Ayaks" texnik direktori Aleks Krus klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Jon Xeytinga 2025 yil iyul oyida "Ayaks"ni boshqarishni boshlagandi. Bu sobiq futbolchining kattalar jamoasini boshqarishdagi ilk tajribasi edi. U avvalroq Amsterdam klubining o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarini boshqargan, 2024 yil iyulidan 2025 yilning mayigacha esa “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotning yordamchisi bo‘lgan. "Ayaks" Eredivizionda 11 o‘yindan keyin 20 ochko to‘plagan holda peshqadam "Feyenoord"dan 8 ochko ortda qolgan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:23, 06.11.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик