Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • -:-
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • -:-
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ayaks» yulduzi Klassen «Everton»da porlaydimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy yilning 16 iyun kuni Devi Klassen 27 mln. yevro evaziga «Everton»ga ko‘chib o‘tdi. Liverpulliklar «Ayaks» sardori bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi. Xo‘sh, bu futbolchi kim o‘zi? U shunday ishonchni oqlay oladimi?

Muqaddima

Devi Gollandiya shimolidagi Xilversyum provinsiyasida tug‘ilgan. 11 yoshigacha u «De Zebras» va «Vasmere» singari mahalliy klublarda o‘ynadi, so‘ngra «Ayaks» skautlari unga e’tibor qaratishdi. «De Tukomst» (golland tilida - «Kelajak») akademiyasiga kirish osonmas - u yerda o‘yinchilar jiddiy qoidalar asosida saralanadi, shu bois ko‘pchilik dastlabki yillardayoq ushbu ta’lim maskanini tark etishadi. Ammo Klassen Amsterdamga tezda moslashdi, o‘smirlar termasidan taklif oldi, turli yosh toifalarida milliy chempionat g‘olibiga aylandi.

Devining yulduzli onlari Nextgen Series-2011|2012 turniriga to‘g‘ri kelib, iqtidorli futbolchi forvard pozisiyasida to‘p surib, 5ta gol urdi. Aynan o‘shanda unga Frank de Bur e’tibor qaratdi.

Kroyff

2011 yilning noyabrida Devi asosiy jamoadagi debyutini nishonladi - 18 yoshida, boz ustiga, Chempionlar Ligasi doirasidagi «Lion»ga qarshi kechgan bahsda. Yaqin bir haftadan so‘ng Klassen ilk bor chempionat doirasidagi uchrashuvda ham maydonga tushdi - zaxiradan o‘yinga qo‘shilganiga 42 soniya bo‘lib ulgurmay, NEK darvozasiga debyut golini urdi.

Og‘ir jarohat Devining faoliyatiga nuqta qo‘yishi ham mumkin edi, ammo Yoxan Kroyff yosh futbolchining xaloskoriga aylandi: gollandiya­lik afsona Barselonadan zarur mutaxassisni olib kelib, Klassenning tiklanish jarayonini shaxsan nazorat qildi, muntazam shifoxonaga borib, uni yo‘qladi.

«Bunday futbolchilarni sog‘inaman», - degandi Kroyff uning salohiyatini («maydonda pozisiya tanlash va o‘yinni sinxronlashda aql bilan ish tutadi») alohida e’tirof etarkan, fe’l-atvorini ham maqtadi («menga pulni tanlamay, bor e’tiborini o‘z ustida ishlashga qaratadiganlar yoqadi»).

Klassen 2014 yili Yoxan Kroyff nomidagi mukofotga loyiq ko‘rildi - erediviziyada mavsumning eng yorqin iqtidoriga aylandi. Taqdirlash marosimida, albatta, Kroyff ham qatnashdi (axir, u hay’at a’zosi edi). Uning tadbirda aytganlari esa Devi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli edi: «Yosh ekanligiga qaramay, Klassen zimmasiga qanday mas’uliyat yuklanganini biladi. U shu qadar ko‘p tajriba to‘pladiki, aksariyat nav­qiron futbolchilar oldida faxriyga o‘xshab ko‘rinishi muqarrar». Afsonadan shunday e’tirof eshitish - bu haqiqiy sifat belgisi.

Bergkamp

O‘sha yili Klassen ilk bor sardorlik bog‘ichini taqdi - bu voqea YECHL doirasidagi «PSJ»ga qarshi bahsda kuzatildi. Mazkur bahsda ham gol urdi. Kelgusi yozda Devi to‘laqonli sardorga aylanib, erediviziyaning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rildi. Ushbu mukofotni uning taqdiriga aloqador yana bir muhim shaxs - Dennis Bergkamp topshirdi. «Ayaks» va «Arsenal» afsonasi Klassen bilan futbolchi U-16 jamoasida o‘ynab yurgan kezlariyoq astoydil shug‘ullangandi. Devini hattoki, «ikkinchi Bergkamp» deb atashardi.

«U to‘pga ko‘ngildagidek zarba berish, turli hududlarga ochilish bo‘­yicha ko‘plab foydali tavsiyalar berardi. Dennisning maslahatlari o‘sish jarayonida menga ko‘p asqotdi», - deydi Klassen. Bergkamp esa yosh iqtidorni o‘ziga o‘xshatishlarini ma’qullamasada, baribir, ijobiy fikr bildirdi: «Bizni solishtirishlari noto‘g‘ri - u yarim himoyachi, men esa hujumda to‘p surganman. Devining o‘sish jarayonidan mamnunman, u qisqa muddatda jamoa yetakchisi rolini qabul qilib oldi».

Klassen «Ayaks» safida jami 180ta o‘yin o‘tkazib, 55ta gol urdi. Klubi bilan uchta chempionlik «lagani»ga ega chiqib, Gollandiya superkubogida zafar quchdi, Yevropa Ligasi finalida o‘ynadi. Va eng asosiysi - ishqibozlar hurmati va muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning fe’l-atvori, hozirjavobligi va soddaligi ko‘pchilikka ma’qul keldi.

2013 yili «Amsterdam-Arena»da «Barselona»ga qarshi kechgan bahsda noxush voqea ro‘y berdi - «Ayaks» muxlislaridan biri tribunadan beton ustiga quladi. Klassen bundan xabar topgach, jabrlanuvchi joylashtirilgan shifoxonani topib, o‘yinda kiygan libosini unga sovg‘a qildi. Bunday xayrli ishlar ishqibozlar, ayniqsa, «Ayaks»ning injiqtabiat fanatlarida ham mehr tuyg‘usini jo‘sh urdirishi turgan gap.

Uslubi

Klassen - universal. Faoliyati boshida hujumga yaqin chiziqda to‘p surdi, hattoki, forvard rolini bajardi. Ammo uning haqiqiy iqtidori so‘nggi mavsumda, ya’ni Peter Bosh futbolchini «boks-tu-boks» pozisiya­siga qaytargach (ushbu fakt terma jamoada hamon e’tibordan chetda qolayotgani bois, Devi hamon yetakchilikni egallay olmayapti) namoyon bo‘ldi. Qolaversa, unda tayanch nuqtasi va «aldamchi to‘qqizlik» pozisiyalarida o‘ynash tajribasi bor.

Mehnatsevarligi sababli Klassen ham hujum tashkil etish, ham «qora ishlar»da samarali harakat qiladi (to‘g‘ri, joriy yil u o‘z jarima maydonchasida ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydi). Uning asosiy «ko‘zir»laridan biri - chaqqonligi: Deviga bir o‘yinda o‘rtacha 11-12 kilometr masofani bosib o‘tish cho‘t emas. Bu xususiyati Angliyada asqotishi ta­yin. Boz ustiga, «Everton» bosh murabbiyi Ronald Kuman, katta ehtimol bilan, uning pressing ishlatish va pressingga qarshi turishdagi sifatlarini yuqori baholaydi. Ammo chidamlilik bobida hali ishlashi kerak: Yevropa Ligasi finali ko‘rsatdiki, bir paytning o‘zida uzoq masofani bosib o‘tishga Klassenning kuchi yetmasligi mumkin.

U hujumlarga yaxshi qo‘shiladi: o‘tgan mavsum xavbek rolini bajargani tufayli aksariyat gollarini jarima maydonchasi tashqarisidan urdi. Klassenda samaradorlik yuqori, shuningdek, barqarorlikka ega: so‘nggi ikki mavsumda barcha turnirlarda kamida 15ta to‘p kiritdi, 9ta assist ko‘rsatkichini esa uch yildan buyon saqlab kelmoqda. Umuman, aksariyat uzatmalarini qanotdan uyushtiriladigan krosslar yoki standartlar orqali emas, balki o‘yin jarayonida amalga oshirgan.

Bo‘yi unchalik uzun bo‘lmasada (179 sm.), Devi havodagi kurashda yaxshi harakatlanadi, bu xususiyatidan standartlar payti unumli foydalanadi: «Ayaks»da urfga kirgan kombinasiya - Klassen tomon uzatma yo‘llanadi, u esa boshi yordamida to‘pni sherigiga oshiradi. Tumanli o‘lkada bu ham as­qotishi mumkin.

Bundan tashqari, mustahkam sog‘lig‘i, sheriklariga bo‘sh hududlar yaratishi hamda muhim gollarni urishini (o‘tgan mavsumda 6ta g‘alaba to‘pini kiritgan) ham «plyus»lar jamg‘armasiga qo‘shsak bo‘laveradi.

Klassenning ixtiyoridagi alohida kuchli jihatlarni (to‘pni olib qo‘yish, egallab olish, o‘tkir uzatmalar va shunga o‘xshash narsalar) ajratib ko‘rsatish qiyin, ammo golland mazkur holatga universalligi bilan javob qaytarishi aniq. So‘nggi yillarda ko‘plab individual va jamoaviy yutuqlarga erishgan bo‘lsada, agar undagi sermahsullikni chetga surib tursak, statistik barqarorlik bo‘yicha Devi o‘zining erediviziyadagi eng yaxshi mavsumini uch yil avval o‘tkazgandi. Har qanday holatda ham, ko‘plab jihatlar bo‘yicha hali ishlashi lozim (misol uchun, uzatmalar aniqligi - 80 foiz va bu Angliya uchun kamlik qiladi), APLda to‘p surish imkoniyati esa - ajoyib motivasiya.

Kelajak

So‘zsiz, «Everton»ga o‘tish - Klassenning faoliyatiga joriy yil yozida ijobiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi investisiya. Kuman bu futbolchining qanday sifatlarga ega ekanligidan xabardor, shu bahorda «Ayaks»­ning ayrim o‘yinlariga tashrif buyurib, shartnoma imzolangach, Devi manziliga maqtovlar yo‘lladi (darvoqe, «irislar» ustozi ham 2014 yili Gollandiya chempionatining eng yaxshi o‘smirini tanlagan hay’at a’zolaridan biri edi).

Gollandiya futbolidan yaxshi xabardor, kerak paytda ikkinchi (balki uchinchi) imkoniyatni taqdim etishi mumkin bo‘lgan hamyurti qo‘l ostida yangi chempionatga ko‘nikish - bundanda qulayroq sharoit bor ekanmi? Qolaversa, Klassen yangi chaqiruvga ijobiy javob qaytarish uchun to‘g‘ri vaqt tanladi: 24 yoshgacha o‘yinchi sifatida shakllandi, «Ayaks» safida ichki chempionat va yevrokuboklarda ko‘p yutuqlarga erishdi, ortida katta futbolning oltita mavsumi qoldi, asosiy faoliyati esa hali oldinda. Devi «Everton»da Ross Barkliga munosib o‘rinbosar (yoki qo‘shimcha kuch) bo‘lishi turgan gap - ham himoya, ham hujumda. Agar o‘sishda davom etsa, yanada yuksakroq muvaffaqiyatlarga erishish tayin.

Hozir Klassenni jahon darajasidagi yulduzga qiyoslash noto‘g‘ri bo‘ladi. Ammo erta kunda porlagan aksariyat gollandiyalik yulduzchalardan farqli ravishda unda o‘zini ko‘rsatib, Yevropaning top-chempionatlarida uzoqroq qolish imkoniyati mavjud. Kroyffning adashmaganiga ishongimiz keladi. Kim biladi deysiz, balki Klassen faoliyatni to‘g‘ri rejalashtirish muvaffaqiyatga yetaklashini isbotlashda gollandiyalik yoshlarga namuna bo‘lar?!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 03.08.2017. O'qildi: 2951 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.