Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:4
      • Yuventus
      • 03.02.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • 0:0
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 03.02.2026 01:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 03.02.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Byornli
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Sevilya 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Markos Lyorente: «O‘tgan mavsumga qadar «Real»da o‘ynashimga ishongandim…»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

2016|2017 yillar mavsumi Markos Lyorente uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Zero, «Alaves»dagi ijara muddatini munosib o‘tagan yosh yarimhimoyachi nihoyat, «Real Madrid» ixtiyoriga qaytdi.

Markos tabiiyki, bo‘lajak chempionatga katta umid bog‘lamoqda. U asosiy tarkibdan muqim joy olish vazifasini imkon qadar tezroq uddalashni maqsad qilgan.

- Markos, avvaliga keskinroq savol: yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati finalida Germaniya termasidan qabul qilingan mag‘lubiyatni qanday izohlaysiz?

- Menimcha, birinchi bo‘limda sust harakatlanib, nemislarga butun maydon bo‘ylab erkin to‘p surish imkonini berib qo‘ydik. Umumiy xulosa bitta: finalga to‘liq tayyor bo‘lmagan holda kirishdik va germaniyaliklar darvozamizni ishg‘ol qilishdi. To‘g‘ri, tanaffusda xatolar xususida gaplashib oldik va ikkinchi bo‘limda xotirjamroq o‘ynab, ijobiy tomonlarimizni ko‘rsata oldik. Deylik, doimiy «pressing» hisobiga katta ustunlikka ega bo‘lib, faqat olg‘a intildik. Ammo final hushtagi yangrashiga qadar g‘alaba haqida o‘ylagan bo‘lsakda, buni uddalolmadik...

- Kiyinish xonasiga qaytgach, qanday holatga tushdinglar?

- «Alaves» bilan «Qirol kubogi» finalida mag‘lubiyatga uchraganimizda, birinchi navbatda, klub fanatlari, oilam va do‘stlarim haqida o‘ylagandim. Ular shu o‘yinni ko‘rish uchun ishdan ertaroq javob so‘rashgani, aviachipta sotib olishgani, mehmonxonalarda joy band qilib qo‘yishganini xayolimdan o‘tkazdim. Terma jamoa omadsizligiga kelsak, muxlislarimiz muvaffaqiyat qozonishimizga ishonishgani va birga bayram qilish uchun borlarini sarflashgani  ta-yin. Afsus, yuksak ishonchni oqlolmadik va bunda o‘zimni aybdordek his qildim.

- Shaxsan sizga qaysi omadsizlik og‘irroq botdi - Yevropa chempionatidagi mag‘lubiyatmi yoki «Qirol kubogi» finalida «Barselona»dan qabul qilingani?

- Ikkisi boshqa-boshqa turnir va hissiyotlar ham turlicha. Deylik, Yevropa chempionatida g‘alaba qozonish ehtimolimiz yuqoriligini anglab turgandim. «Alaves» uchun esa finalga chiqishning o‘zi katta yutuq hisoblanadi. Misol uchun, «Barsa»dan yengilganimizga qaramay, jamoa muxlislari bizni munosib olqishlab, stadiondan ajoyib tarzda kuzatib qo‘yishdi. Yevropa chempionatida esa hamma bizdan g‘alaba kutgandi, biroq... Shunday ekan, qit’a birinchiligidagi mag‘lubiyat alami kuchliroq, baribir. 

- Finaldan so‘ng internet tarmog‘i ispan futbolchilarining kumush medalni darhol bo‘yinlaridan olib tashlashgani aks etgan suratlar bilan to‘lib ketdi. Siz ham shunday qildingizmi?

- Yo‘q. Umuman, biror jamoadoshimning medalni  olib tashlaganini ham ko‘rmadim. O‘zimga kelsak, kiyinish xonasidagina medalni olib, uni sumkaga solib qo‘ydim. Axir Yevropa chempionati finaligacha yetib borishning o‘zi katta gap va bundan quvonishimiz, g‘ururlanishimiz lozim. Bu medal - bir umrli yodgorlik va yanada o‘sishimga turtki beradi.

- Sizningcha, ispan futbolining yaqin kelajagi ishonchli qo‘llardami?

- O‘ylashimcha, qit’a birinchiligida qanday saviyada ekanligimiz va yaqin kelajakda ko‘p narsaga da’vo qila olishimizni ko‘rsatib qo‘ydik. Ilk o‘yinlarda Marko Asensio, Saul, Dani Sebalyos, Xesus Valyexo, Ektor Belyerin va boshqalardan tuzilgan ajoyib jamoaning hamjihat harakatlari evaziga muvaffaqiyatli odimladik. Ishonamanki, bu avlod va keyingilari yanada yuqori marralarni zabt etadi.

- Xo‘sh, orangizda hozirning o‘zida Ispaniya milliy jamoasi talablariga to‘liq javob beradigan yigitlar ham bormi va aynan kimlar Rossiya mundialiga yo‘l olishlari mumkin?

- Bu masalani murabbiy hal qiladi, ammo menimcha, ko‘plab yigitlar ayni holatlarida ham ancha-muncha ishlarga qodirlar. Misol uchun, aksariyat futbolchilar o‘z klublarining asosiy tarkibida maydonga tushmoqdalar. Rossiya mundialiga kelsak, menimcha, Asensioning «zayavka»ga kirishi aniq - u a’lo darajadagi o‘yinchi. Agar hozirgi maromni saqlab qolsa, JCHga yo‘l oladi, albatta. Markoning nimalarga qodirligini bilaman: yetarli amaliyotga ega bo‘lmay turib, bunchalik yaxshi o‘ynash va kichik imkoniyatdan foydalanib, muhim gollarni urish oson emas.

- Terma jamoada Sebalyos bilan vaqti kelib, «Madrid»da birga o‘ynash imkoniyati xususida gaplashganmidingiz?

- Dani ham Yevropa birinchiligida yuksak saviya sohibi ekanligini namoyish etdi. O‘ylaymanki, u «Madrid» uchun munosib ijrochi. O‘zimga kelsak, klub rahbariyati bilan «Alaves»dagi ijara shartnomasi nihoyasiga yetgani xususida gaplashdim va endi «Real»ga tegishliman. Maqsadim - «Qirollik klubi» asosiy tarkibidan joy olib, muvaffaqiyat qozonish. Buning uchun bor kuchimni sarflayman. Har holda, hozircha meni yana ijara bo‘yicha qayergadir yuborishlari yoki transferga qo‘- yishlari haqida gap yo‘q.

- Demak, yangi mavsumni «Madrid»da boshlashingizga aminsiz...

- Ha, klub vakillari menga ishonishayotganini ta’kidlashdi. Jahonning eng kuchli futbolchilari aynan «Real»da jamlanishganini bilaman va ular oxirgi mavsumni a’lo darajada yakunlashdi. Tabiiyki, menga oson bo‘lmaydi, ammo muhimi, «Madrid»daman va har qanday qiyinchilikka tayyorman.

- Tushunarliki, «Madrid»da iqtidorlar darajasi juda yuqori. Xo‘sh, asosiy tarkibdagi joy uchun munosib raqobat taqdim eta olasizmi?

- Ha. Ochig‘i, avvalgi mavsum boshida ham dunyoning eng yaxshi klubida o‘z o‘rnimni topishimga shubha bilan qaraganim rost. Mana, «Alaves»dagi ijara muddati juda foydali bo‘ldi - o‘z kuchimga nisbatan ishonch hissi ortdi. Xullas, orzularga yetish-etishmaslik faqat o‘zimga bog‘liqligini tushundim.

- Zaynidin Zidanning hammaga, misol uchun, Asensioga imkoniyat berayotgani ishtiyoqingizni yanada oshirayotgani ko‘rinib turibdi...

- Yo‘q, bu holat motivasiyadan ham muhim. Ya’ni Zidanning yondashuvi meni to‘liq tinchlantirmoqda: murabbiyning rotasiyaga kuchli e’tibor qaratishi va har bir o‘yinchi mehnatini munosib baholash barobarida unga imkon berishi kishiga xotirjamlik bag‘ishlaydi. Demakki, bemalol yanada ko‘proq ishlash orqali maqsad yo‘lida olg‘a intilishim mumkin.

- Zidan «Kastilya» boshqaruvini qo‘lga olganida, zaxira o‘yinchisi edingiz...

- Ha, aslida dastlabki 4-5ta uchrashuvda maydonga tushgan va shundan keyin tarkibdan tushib qolgandim. Murabbiy shunday qarorga kelgandi. Ya’ni u tarkibdagi o‘rtog‘im Lukas Torroni kuchliroq sanadi. Men uchun esa uning xulosasini hurmat qilib, ishlashda davom etishdan o‘zga chora qolmagandi...

- Zidan bilan o‘sha vaqtdagi suhbatlar yodingizdami?

- Ha, biz o‘zaro ko‘p gaplashgandik. U xususan, jamoadoshim mening pozisiyamda yaxshiroq harakatlanayotganini ochiq-oydin aytgandi. Darhaqiqat, Torro himoyada chakki taassurot qoldirmagandi. Qisqasi, Zidan nega Lukasni ko‘proq yoqtirishini bafurja tushuntirib bergandi. Natijada uning maslahatlariga to‘liq amal qildim va alal-oqibat, 20ta uchrashuvda maydonga tushdim. Umuman olganda, o‘sha mavsum men uchun juda foydali bo‘ldi.

- Yangi mavsumda qaysi raqam ostida o‘ynash haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

- Yo‘q. Hali yoshman va kattalar jamoasiga endi qo‘shildim. Shunday ekan, qaysi raqamni ma’qul topishsa, o‘shani qabul qilaman. Bu muammo emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:14, 04.08.2017. O'qildi: 5664 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.