Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

Navbatdagi o'yinlar.

19/11/25 Sho‘rtan - Buxoro
20/11/25 Surxon - OKMK
20/11/25 Paxtakor - Nasaf
21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murosa bilmas Vilyar yoki Ispaniya futboli rahbari qamaladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan hafta Ispaniya futbol federasiyasi rahbari Janubiy Amerikada ishlayotgan o‘g‘li bilan birga hibsga olindi. Tabiiyki, bu voqea jahon futbol jamoatchiligi o‘rtasida katta shov-shuvga aylandi.

Hafta oxirida Ispaniyada mamlakat futbol federasiyasi prezidenti, 67 yoshli Anxel Mariya Vilyar qo‘liga kishan solindi. U bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda - korrupsiya ishi, hujjatlarni soxtalashtirish, tashkilot mablag‘ini o‘zlashtirish va hokazo... E’tiborlisi, Anxel Vilyar qatori uning o‘g‘li Gorka Vilyar, shuningdek, tashkilot vise-prezidenti Xuan Pardon hamda Tenerife futbol federasiyasi bosh kotibi Ramon Buskga ham tegishli ayblovlar e’lon qilindi.

Anxel Vilyar haqida

Ushbu funksioner ispan futboliga uzoq 1988 yildan buyon rahbarlik qilayotgandi. Xususan, joriy yil may oyida, ya’ni yaqindagina Vilyarni hisob bo‘yicha 8-muddatga saylashgandi. Vilyar davrida Ispaniya termasi barcha ko‘tarilishlar va qulashlarni boshdan kechirdi. Deylik, Yevro-92 final bosqichiga chiqolmagan ispanlar keyinchalik misli ko‘rilmagan g‘alabalarni tantana qilishdi. Ayniqsa, 2008-2012 yillar oralig‘i juda omadli kelib, «qizil furiya» bu davrda 2 marta Yevropa chempioni bo‘ldi, jahon kubogi sohibiga aylandi. Qolaversa, mamlakatning turli yosh toifasidagi terma jamoalari tomonidan ham qoyilmaqom natijalar qayd etildi.

Sobiq futbolchi

Vilyar hisobida futbolchilik payti qo‘lga kiritilgan bittagina sov­rin bor. U 1973 yili 12 yillik qadrdon klubi -  «Atletik» (Bilbao) safida Ispaniya kubogi sohibiga aylangan. Yana 4 yildan so‘ng esa UYEFA kubogi finalida ishtirok etgan. Ispaniya terma jamoasidagi statistikasi esa kamtarona - atigi 22ta o‘yin. U maydonda asosan yarim himoya­chi vazifasini bajargan.

UYEFA boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin edi

Ha, shunday, ammo o‘z nomzodini muddatidan oldin «o‘chirdi». Gap shundaki, Vilyar 2 yilcha avval JCH-2018 va JCH-2022ga mezbon tanlash jarayoniga bog‘liq ochilgan ish yuzasidan ko‘rsatma berishni xohlamadi va shu bilan o‘zi ham korrupsion mojaroga aralashib qoldi. Mishel Platini iste’foga chiqarilganidan keyin esa, shunchaki, UYEFA prezidenti bo‘lishga da’vogarlar qatorida turishni istamay, o‘z nomzodini qaytarib oldi.

Yevro-2016da mudrash

O‘tgan yilgi Yevropa chempionatida ispaniyalik arbob obro‘siga putur yetgani aniq. Chunonchi, u Ang­liya va Slovakiya termalari o‘rtasidagi o‘yin (0:0) payti ma’lum muddat mudrab o‘tirdi. Tabiiyki, Vilyarning «uyqu sahnasi» operatorlar nazaridan chetda qolmadi.

La-liga rahbariyati bilan murosasizlik

Vilyarning asosiy dushmanlaridan biri - bu Ispaniya professional futbol ligasi prezidenti Xavyer Tebas. Ular necha yildirki, sira murosa yo‘lini topolmayaptilar. Buning asosiy sababi ham tayin - Tebas «Real» fanati hisoblansa, Vilyar «Barselona» bilan yaxshi aloqada. Vaholanki, Anxel Mariya ispan futboli boshlig‘i sifatida barcha mahalliy federasiyalar rahbariyati bilan yaxshi aloqa o‘rnatishi shart edi.

O‘g‘li haqida ma’lumot

Gorka Vilyar - butun boshli KONMEBOL bosh direktori. U Lotin Amerikasidagi klub turnirlari televizion huquqini sotishga bog‘liq firibgarlikda ayblanmoqda. Aslida hammasi yarim yilcha oldin boshlangandi. Bundan tashqari, gumon qilinishicha, kichik Vilyar Shveysariyada kelishilgan o‘yinlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullangan.

Noshud diplomat

Garchi Vilyar uzoq yillardan buyon yuqori lavozimni egallab turgan bo‘lsada, uni uncha yoqtirishmaydi. Deylik, tajribali funksioner noshud diplomat sifatida ko‘p tanqidga uchraydi. Umuman, u faoliyati davomida terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash, telehuquqlar savdosi, ayollar futboli va kelishilgan o‘yinlar yuzasidan ko‘plab mojarolarga yuz tutgan. Oddiy aytganda, ispan futboli ixlosmandlari Vilyardan qattiq zerikishgandi...

fikr

- Mariya Vilyar hattoki, VAR iborasi (videotakrorlar texnologiyasi) nimani anglatishini ham bilmaydi. Xavyer Tebas Ispaniya ligasi prezidenti.

- Gorka - Lotin Amerikasi futbolini boshqarayotgan mafiyaning miya markazi. U qonunbuzarliklarda oddiy ishtirokchi emas, balki bosh ijrochi shaxsdir. Qachonki, pulni o‘zlashtirish haqida so‘z ochilsa, gap aynan Gorka Vilyarga borib taqaladi». Xose Luis Chilavert (Paragvay terma jamoasi sobiq darvozaboni).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 04.08.2017. O'qildi: 3042 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.