Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 20 48
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 20 34
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

09/01/26 Arsenal - Liverpul

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ravshan Haydarov: «Taktika uchun avvalo, sabr kerak»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Yoshlar va o‘smirlar t.j. / O‘zbekiston U-22
Rukn: Intervyular
A A A

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati-2018 saralash turnirida munosib ishtirok etdi. Muhimi, ancha jiddiy ruh kasb etgan musobaqa futbolchilarimiz uchun omadli keldi - 3ta o‘yin va shuncha g‘alaba.

Avvaliga Livan termasi mag‘lub etildi (3:1), keyin Nepal va BAA jamoalari ustidan bir xil ko‘rinishda g‘alabaga erishildi - 2:0. Ayniqsa, so‘nggi turda BAA yoshlari bilan bo‘lgan o‘yinda qayd etilgan g‘alaba muxlislarni behad quvontirgani aniq.

Zero, BAA futboli oxirgi yillarda aynan yoshlar toifasida arzirli natijalarga erishayotgan edi. Xo‘sh, O‘zbekiston termasi bu masalada saralashdagi asosiy raqibidan o‘zib ketganmi yoki g‘alabada boshqa sabablar ham bor? Bosh murabbiy Ravshan Haydarov bilan safar taassurotlari yuzasidan uyushtirgan suhbatimiz shu va boshqa masalalarni qamrab oldi.

UMUMIY TAASSUROT

- Ravshan aka, avvalo, saralash raundidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Suhbatimiz boshida musobaqa taassurotlari haqida gapirib bersangiz.

- Har qanday saralashda bo‘lgani kabi bunisida ham oldimizga bitta vazifa qo‘yilgandi - yo‘llanma yutish. Buni ishonchli tarzda uddalaganimizdan xursandman.

Aslida o‘yinlar ancha jiddiy ruhda kechdi. Boz ustiga, yozning jaziramasida Amirliklarda maydonga tushishning o‘zi oson emas. Muhimi, yigitlarni bunday sharoitda o‘ynashga munosib tayyorlangandik.

Ayniqsa, Qatarda olib borilgan yig‘in katta yordam berdi. Chunki u yerda xuddi BAAdagi ob-havo sharoitida shug‘ullandik. Bu yakunda samarasiz ketmadi.

- Tabiiyki, BAA termasi ustidan qozonilgan g‘alaba muxlislarni alohida shodlantirdi. Binobarin, bu jamoa yoshlar futbolida ancha obro‘li sanaladi. Xo‘sh, raqib haqida qanday fikr bildirasiz?

- BAA yoshlar termasining hozirgi tarkibi ham juda kuchli. Amirliklar bilan avval ham Osiyo chempionatida o‘ynaganmiz. Shu bois, ularni yaxshi bilardik. O‘z navbatida, mezbonlar ham bizning o‘yindan xabardorlar. Aytish joiz, raqibning ayni tarkibiga bir qator kuchli futbolchilar qo‘shilishgani yaqqol sezildi.

To‘g‘ri, bizga qarshi o‘ynaganlar orasida Ahmad Xalil yoki Umar Abdulrahmon darajasidagi iqtidorlar ko‘zga tashlangani yo‘q. Ammo shunga qaramay, jamoa ixtiyorida yetarli salohiyatga ega yigitlar bor. Xullas, BAAda hamon Osiyo darajasida kuchli jamoa shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

- Xulosa o‘rnida «BAA yoshlar termasi kuchli, ammo bizniki undan-da kuchliroq», deyish mumkinmi? Axir raqib o‘z uyida mag‘lubiyatga uchratildi...

- Yo‘q, bunday xulosa chiqarish yaramaydi. Takror aytaman, BAA yoshlar termasi hozir ham ko‘p narsalarga qodir. G‘alabamizga kelsak, bizga to‘g‘ri tanlangan strategiya va taktika asqotdi. Yana musobaqa davomida kuchni teng taqsimlashga harakat qildik. Deylik, Livan termasi ustidan g‘alaba qozongach, nepalliklar bilan bahsda imkon boricha rotasiyaga qo‘l urdik. Ya’ni bir qator futbolchilarga dam berildi va ular BAA termasiga qarshi o‘yin oldidan nafas rostlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Menimcha, ayni shu holat ham foydamizga ishladi. Chunki raqib barcha o‘yinda deyarli bir xil tarkibga tayandi va hal qiluvchi o‘yingacha ko‘proq kuch yo‘qotgandi. Har holda, 1-2 futbolchi almashtirilganini aytmasak, BAA termasi 3ta o‘yinda ham bitta tarkib bilan harakatlandi.

Biz aksincha, kuchni to‘g‘ri taqsimlashga urindik va oxirgi o‘yinda shu ustunlikdan foydalandik. Umuman, barcha uchrashuvlarda imkon qadar aqlga tayangan holda o‘ynashga intildik. Demoqchimanki, raqibni obdon yugurtirib, charchatganimizdan so‘ng o‘yin borishini to‘liq nazoratga oldik.

Misol uchun, mezbonlar biz bilan o‘yinda 2tagina qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi va tezkor futbolchilarimiz gol urishni paysalga solishmadi. Qisqasi, barchasi puxta o‘ylangani uchun ham g‘alabaga erishdik. Yana o‘yinchi almashtirishlar ham effekt­li chiqdi. Bu borada yetarli tajribaga egamiz va buni amalda isbotladik.

ROTASIYA

- Aynan rotasiya masalasida savol: mana, futbolchi almashtirishdan unumli foydalanilgani hisobiga muvaffaqiyatga erishilganini ta’kidlayapsiz. Ammo aksariyat musobaqalarda jamoalarimiz murabbiylari bir xil tarkibdan foydalanaverishgani bois, mag‘lubiyat qayd etilganini ko‘p ko‘rganmiz.

- Buning bir qator sabablari yo‘q emas. Hozirgi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida bemalol rotasiyadan foydalanish imkoniyati bor. Qo‘l ostimda teng kuchga ega 2ta tarkib yig‘ilgani bois, Nepal termasiga qarshi bahsda ba’zi futbolchilarga dam berishdan cho‘chimadim.

Aslida yoshlar va o‘smirlar futbolida bunaqasi kam uchraydi. Ko‘pincha asosiy tarkibdagilar saviya bobida yaqqol ajralib turishadi va zaxiradan foydalanish imkoniyati pasayadi. Murabbiylar imkon darajasida izlanishadi. Asosiy tarkib vakillari bilan bemalol bellashadigan futbolchilar bor ekan, nima uchun rotasiya qo‘llamaslik lozim?

Kamiga jazirama issiqda kunora maydonga tushishga to‘g‘ri kelsa. Albatta, hamma ko‘proq futbolchini maydonga tushirishni istaydi, ammo doim ham bunga imkon tug‘ilavermaydi. Mana, Osiyo chempionati saralashida zaxira o‘rindig‘imiz «uzun»ligi qo‘l keldi. Agar tarkibda kuchli futbolchilar safi keng bo‘lsa, bu muammo emas.

- Doston Hamdamov va Rustam Ashurmatov jarohat tufayli saralashda ishtirok etishmadi. Bu futbolchilarning termadagi kelajagi haqida nima deya olasiz?

- Ikkisi ham jamoaga asosiy nomzodlardan hisoblanadi. Afsuski, ular  jarohat va sog‘lik bilan bog‘liq muammolar sabab, saralashdan chetda qolishdi. Agar safda bo‘lishganda, albatta, jamoaga taklif etardik. Umuman, Doston va Rustamning termada hali ko‘p o‘ynashlariga ishonaman.

Biz bu safar tarkibni asosan 1995 va 1996 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan shakllantirishga harakat qildik. Shuningdek, 1997 yili tavallud topgan o‘yinchilar orasida eng iqtidorlarini ham jalb etdik. Jamoada yetarli raqobat mavjud. Shu kurashda ustun kelganlar termadan albatta, joy olishadi.

SABR

- Futbolchilarga o‘z g‘oyalaringizni yetkazishda muammo uchramayaptimi? Har holda, jamoada murabbiy almashgan vaqt bu oson emas.

- Hech qanday muammo yo‘q. Chunki bu yigitlar bilan avval ham ishlaganman, deylik, 1995-1996 yillarda tug‘ilgan o‘yinchilarni jahon chempionatiga olib borgandim. Demak, bir-birimizni avvaldan yaxshi bilamiz. Har qanday taktikani joriy etishda sabr katta o‘rin tutadi.

Futbolchilar o‘ylangan rejaga toqat bilan amal qilishlari lozim. Hozir ularda taktik bilim darajasi ancha oshdi va ko‘rsatmalarni sifatli bajarishmoqda. Yoshlik vaqtlarida esa shu masalada muammolar uchrardi. Misol uchun, ba’zi uchrashuvlarda qiziqqonlik bilan hovliqib o‘yinga kirishib ketishar, buning oqibatida esa xatolar yuzaga kelardi. Endi futbolchilar biroz ulg‘a­yishdi va aqlga tayanib harakatlanishni ham o‘rganishdi. Xususan, BAA termasiga qarshi kechgan o‘yinda avvalgi kamchiliklarni to‘g‘rilay oldik.

Shunday kuchli raqiblar bilan bahslarda, boz ustiga, og‘ir ob-havo sharoitida uslub va taktika shakllanadi. Yoshlar futboliga bog‘liq bitta kamchilik bor -  hovliqish. Vaholanki, futbolda ham aql birinchi o‘rinda turadi. Xitoyda o‘tadigan Osiyo chempionati bu yosh toifasidagi jamoamiz uchun so‘nggi xalqaro musobaqa bo‘ladi. Shundan so‘ng tarkibda faqat 1997 yil va undan keyin tug‘ilgan o‘yinchilar qolib, keyingi siklga tayyorlana boshlaydilar.

Shuni nazarda tutib, yigitlar bilan alohida suhbatlashish asnosida hammasini to‘g‘ri tushuntirishga intildik. Xalqa­ro tajriba juda zarur. Mana shunday o‘yinlar kelajakda milliy jamoaga chiqishda ko‘prik vazifasini o‘tashi mumkin. Yana futbolchining xorijga yo‘l olishiga ham yordam beradi.

Ularga bu gaplarni to‘liq yetkaza oldik, deb o‘ylayman. Ishonamanki, shogirdlarim Osiyo chempionatida ham o‘zlarini ko‘rsatishadi. Axir bunday imkoniyat har doim ham yuzaga kelavermaydi.

ESKI JAMOA

- Bu jamoani Jasur Abduraimovdan qabul qilib oldingiz. Uning yigitlar bilan ancha-muncha ish olib borganiga guvoh bo‘lganmiz. Boshqaruv sizga topshirilgach, nimalarni o‘zgartirdingiz yoki aksincha, saqlab qoldingiz?

- Men uchun O‘zbekiston yoshlar termasi begona emas, boya aytdim, jahon chempionatida birga ishtirok etganmiz. Shu bois, ko‘p narsani o‘zgartirishga hojat sezilmadi. Jasur Abduraimov 1997 yili tug‘ilgan futbolchilar bilan avvaldan ishlagani uchunmi, tarkibga asosan ularni  jalb qilayotgandi.

Men esa 1995-1996 yillarda tug‘ilgan o‘yinchilarga ham e’tibor qaratdim. Shu bilan birga 1997 yili tavallud topganlardan eng iqtidorlarini ham chaqiryapman. Shunday ekan, hech qanday muammo kuzatilmayapti - hammasi bir maromda davom etyapti.

- Endi jamoangiz kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final raundida ishtirok etadi. Biroq bo‘lajak musobaqa hech qanday yirik turnirga yo‘llanma bermaydi. Balki shuning uchun 1997 yili va undan keyin tug‘ilgan o‘yinchilarga ko‘proq ahamiyat qaratib, Olimpiada-2020 uchun kurashadigan tarkibga tajriba to‘plash imkonini bergan ma’quldir?

- Bu holda O‘zbekiston milliy jamoasiga eng yaqin nomzodlar hisoblangan 1995 va 1996 yillarda tug‘ilgan futbolchilar taqdiri nima bo‘ladi? Ular o‘z yosh toifalaridagi musobaqada ishtirok etish va xalqaro tajriba to‘plashga haqlilar. Bu tajriba keyinchalik o‘zlariga ham, futbolimizga ham naf keltirishi aniq.

Boz ustiga, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ancha jiddiy musobaqa. Unda o‘zbek futboli sha’ni uchun kurashiladi. Demak, munosib ishtirok etish shart.

Yana 3 yildan so‘ng Olimpiada saralashida qatnashadigan tarkibga kelsak, hozir yoshroq futbolchilarni ham yig‘inlarga chaqirib, eng kuchlilarini saralab  olyapmiz. Shunday ekan, tajriba to‘plash masalasida muammo bo‘lmaydi, menimcha.

Zafar QOSIMOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:36, 05.08.2017. O'qildi: 3984 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.