Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona”: oddiy jamoadan gegemonlikkacha

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 “Futbol dunyoni boshqaradi. Men esa futbol deganda “Barselona”ni tushunaman!” Yoxan Kruiff.

Futbol olamida har bir klubning o‘z tarixi, o‘z o‘rni bor. Ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hech bir jamoaning tarixi “Barselona”nikidek murakkab, “Barselona”nikidek qiziqarli, “Barselona”nikidek ziddiyatli va “Barselona”nikidek faxrlanishga arzigulik emas ekan. Boisi, qachonlardir oddiy inson tomonidan asos solingan klub endilikda buyuk bir jamoaga aylandi.

KLUB POYDEVORIGA DASTLABKI QADAM

1899 yilning 22 oktyabrida 21 yoshli shveysariyalik fuqaro Gans Gamper futbolni yaxshi ko‘ruvchilardan yangi klub tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. 29 noyabrda barcha futbol ixlosmandlari — kataloniyaliklar, shvesariyaliklar, nemislar, inglizlar va boshqa millat vakillari Barselonadagi zallardan biriga mashg‘ulot o‘tkazish uchun yig‘ilishadi va shu yerda yangi futbol jamoasi — «Barselona»ga asos solinadi.

8 dekabr kuni «Barselona» o‘zining birinchi uchrashuvini sobiq stadioni — «Velodrom de-la-Bonanova»da inglizlarga qarshi o‘tkazadi. Har bir jamoaning asosiy tarkibi to‘qqizta futbolchiddan iborat edi. Mazkur o‘yinda inglizlar jamoasi 0:1 hisobida zafar quchadi va ertangi kuni bu o‘yin mahalliy «La Vanguardia» gazetasida chop etiladi. Shundan keyin «Barselona» klubining shonli tarixiga poydevor qo‘yiladi.

TARIX SILSILASI

“Barselona” shakllanishining dastlabki yillarida (1899-1922) “Les Kort” stadioni qurildi. Jamoa klub sifatida Barselona viloyatidagi boshqa klublardan ko‘ra o‘zini shaharning ramzi sifatida ko‘rsatishga va shahar bilan bir butun bo‘lishga intilar edi. Keyinchalik “Barselona” Kataloniyadagi asosiy klubga aylandi va o‘zini Kataloniya millatining ramzi sifatida ko‘rsata boshladi.

Qarama-qarshiliklar davrida (1922-1957) klub “Les Kort”dan “Kamp Nou” stadioniga ko‘chib o‘tdi. Klub tarixining dastlabki yillarida klub a’zolari 10 000 nafarga yetdi. Futbol ommaviy tus ola boshlagan va tobora professionallikka intilayotgan davrda klubga Alkantara va Samiter singari afsonaviy shaxslar kirib keldi. Ammo moddiy qiyinchiliklar, siyosiy notinchliklar, Ispaniyadagi fuqarolik urushi va urushdan keyingi davr klub boshiga ko‘plab noxush xolatlarni olib keldi. Bunga 1936 yili klub prezidenti Jozef Sanyolning o‘ldirib ketilishi yorqin misol bo‘la oladi, u “sport va fuqarolik” shiorining asoschisi hamda targ‘ibotchisi edi. Klub bu sinovlarni matonat bilan yengib o‘tdi. Jamiyatda ijtimoiy va sport sohasi yana o‘z o‘rniga kela boshladi. Bu davrda klubga o‘ta layoqatli raxbar Ladislau Kubala kirib keldi.

1957-1974 yillar ichida Kataloniya klubi qoniqarsiz natijalar ko‘rsatishiga qaramasdan, bir butun jamoa sifatida mustahkamlanib bordi. Klub tomonidan dastlabki yillarda e’tirof etilgan va dunyo miqyosida yetarlicha shov-shuvga sabab bo‘lgan “Barsa — bu klubdan ko‘ra ko‘proq” shiorini prezident Narsis de Karreras qo‘llab-quvvatladi. Prezident Augusto Montal esa “Barselona”ga klub tarixida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan Yoxan Kroyffni olib keldi.

1974-1992 yillarda, Xose Luis Nunez prezidentligida Kamp Nou qayta tiklanib, Barselona yangicha nafas ola boshladi va 1982 yilda Kamp Nouda jahon chempionati o‘tkazildi. 1979 yilda esa Kubok egalari kubogi Bazelda qo‘lga kiritildi. Eng katta yutuq esa faqat futbol muxlislariga emas, balki jamiyat uchun ham katta sovg‘a bo‘ldi. Barselona va Katalonya bayroqlari Yevropada hilpirab, misli ko‘rilmagan shov-shuvga sabab bo‘ldi. Yoxan Kroyff shu davrda klubga murabbiy bo‘lib qaytdi va “orzu jamoa”sini (1990-1994) tuzdi. 1992 yil "Vembli" stadionida Kumanning mashxur goli sababli Yevropa kubogi qo‘lga kiritildi.

EMBLEMASI

Jamoaning emblemasi ham o‘ziga xos tarixga ega. «Barselona» dastlab Kataloniyaning emblemasidan foydalanardi. 1910 yilda esa ishlab chiqaruvchilar klub uchun yangi forma yaratishga bel bog‘ladilar va bu borada tanlov e’lon qilindi. Tanlovda esa Karles Komamala ismli ishtirokchining g‘oyasi ustun keldi, ya’ni «Barselona» fomasi uchun qalqon shakli tanlab olindi, unda Kataloniyaning sariq-qizil rangli bayrog‘i, «Barselona»ga tegishli ko‘k-anor rang, jamoaning to‘liq nomining qisqartma shakli (FCB), krest shakli va teridan qilingan koptok tasvirlanadigan bo‘ldi.

Emblema 2002 yilda o‘zining zamonaviy ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Bunda Dizayner Serraxim Klarning hissasi katta. Emblemaning burchaklari yumshatilgan, keraksiz nuqtalar olib tashlangan. Xullas, «Barselona» emblemasi o‘zining hozirgi ko‘rinishiga ega bo‘lgan.

STADIONI

«Barselona»ning uy stadioni — «Kamp Nou» tarjima qilinganda «Yangi stadion» degan ma’noni bildiradi. Ayni damda bu maydonning ko‘rinishini o‘zgartirish borasida ish olib borilmoqda. Kelajakda «Kamp Nou»ning dunyoning eng katta stadioniga aylantirish maqsad qilingan.

«Barselona» homiylarining logotipini o‘zgartirish borasidagi takliflarini rad etgan sanoqli klublardan biri hisoblanadi. Jamoa YUNISEF tashkilotining hamkorlaridan biri hisoblanadi.

«OLTIN TO‘P» SOHIBLARI

Shu paytga qadar «Barselona»ning Messidan tashqari beshta futbolchisi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Bular Luis Suares (1960 yilda), Yoxan Kruiff (1973-1974 yillarda), Xristo Stoichkov (1994 yilda), Rivaldo (1999 yilda) va Ronaldinyo (2005 yilda). «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish borasida Lionel Messining o‘ziga jamoaning alohida tarixini yaratdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Argentinalik hujumchi Kataloniya klubi tarkibida shu paytga qadar besh marta «Oltin to‘p» sohibiga aylangan.

REKORDCHI TO‘PURARLARI

"Barselona"ning rekordchi to‘purarlari (Messidan boshqa)

"Barselona" tarkibida turli xil musobaqalarda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchilar kim ekanini bilasizmi? Quyida ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

Norasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi — Paulinyo Alkantara

Alkantara 1911 yildan 1927 yilga qadar 212 ta norasmiy bellashuvda o‘z hisobiga 223 ta gol yozdirib qo‘ygan. Paulinyo rasmiy o‘yinlarda 137 ta gol urgan. Bu natija uchun u 137 bahsda maydonga tushgan.

Ispaniya kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchi — Xosep Samityer

Samiter 1919-1932 yillarda Kataloniyaliklar tarkibida 75 uchrashuvda 65 ta gol urgan. Xosep 1927/1928 yilgi mavsumda 15 o‘yinda 21 ta gol urib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan.

Kubok egalari kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchi — Xans Krankl

Krankl 1978-1981 yillar davomida "barselona" tarkibida 61 o‘yinda 44 ta gol urgan. Xans ana shu gollarning 10 tasini kubok egalari kubogi turnirida kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

«Barselona» UYEFA Chempionlar ligasini besh marta qo‘lga kiritgan: 1992 yilda Yoxan Kruiff boshqaruvi ostida, 2006 yilda Frank Reykaard boshqaruvi ostida, 2009 va 2011 yilda Xosep Gvardiola boshqaruvi ostida hamda 2015 yilda Luis Enrike boshqaruvi ostida.

JAMOA TO‘PURARLARI

10. Mariano Martin

Gollari: 124 ta

«Barselona»da o‘ynagan yillari: 1940-1948 yillar

8-9. Rivaldo

Gollari: 130 ta

«Barselona»da o‘ynagan yillari: 1997-2002 yillar

8-9. Samyuel Eto’O

Gollari: 130 ta

«Barselona»da o‘ynagan yillari: 2004-2009 yillar

7. Anxel Arocha

Gollari: 134 ta

«Barselona»da o‘ynagan yillari: 1926-1933 yillar

6. Paulino Alkantara («Barselona» tarixida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan birinchi eng katta yulduz futbolchi)

Gollari: 142 ta

«Barselona»da o‘ynagan yillari: 1912-1916, 1918-1927 yillar

5. Xosep Eskola

Gollari: 167 ta

«Barselona»da o‘ynagan yillari: 1934-1949 yillar

4. Xosep Samityer

Gollari: 176 ta

«Barselona»da o‘ynagan vaqti: 1919-1932 yillar

3. Laslo Kubala

Gollari: 194 ta

«Barselona»da o‘ynagan vaqti: 1950-1961 yillar

2. Sesar Rodriges

Gollari: 232 ta

«Barselona»da o‘ynagan vaqti: 1942-1955 yillar

1. Lionel Messi

Gollari: 512 ta gol (rasmiy o‘yinlarda 480 ta, norasmiy o‘yinlarda 32 ta, 2017 yil 14 yanvar holatiga binoan)

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:43, 06.08.2017. O'qildi: 10201 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.