Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 18 37
2 Neftchi 18 36
3 OKMK 18 34
4 Dinamo 18 34
5 Navbahor 18 31
6 Bunyodkor 18 31
7 Paxtakor 18 30
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 18 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 18 10

O'tgan o'yinlar.

18-тур So‘g‘diyona 2-0 Mash’al
18-тур Neftchi 1-0 Nasaf
18-тур Dinamo 1-1 Paxtakor
18-тур OKMK 0-0 Qizilqum
18-тур Andijon 0-1 Navbahor
18-тур Sho‘rtan 1-2 Qo‘qon-1912
18-тур Buxoro 1-1 Xorazm
18-тур Surxon 3-1 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1189 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 461 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Коджаэлиспор".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Интернасьонал".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Коринтианс".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.08.2025

      07:25 "Физруки. Будущее за настоящим".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Техническая программа.
      12:25 "Культовые".
      12:55 Д/ф "В поисках самой сложной трассы".
      13:55 Сёрфинг. Альфа-Банк Wakesurf Cup 2025 в Москве. Wakeskim. Мужчины.
      15:30 Борьба. Международный турнир в Венгрии.
      17:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:55 "Физруки. Будущее за настоящим".
      20:30 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      22:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Произвольная программа. Финал.
      23:45 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Техническая программа. Финал.
      01:00 "Культовые".
      01:30 Д/с "Век нашего спорта". Татьяна Казанкина.
      02:05 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге. Женщины.
      03:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      03:50 Стрельба из лука. Чемпионат России во Владивостоке.
      04:50 "География спорта". Красногорск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.08.2025

      05:00 Д/ф "Брюс Ли. Путь воина".
      06:00 Новости.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      12:50 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Роман Долидзе против Энтони Эрнандеса.
      14:55 Специальный репортаж.
      15:15 Новости.
      15:20 Есть тема! Прямой эфир.
      16:45 "Взойди на свой Олимп".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:35 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      19:35 Смешанные единоборства. UFC 312 в Сиднее, Австралия. Дрикус Дю Плесси против Шона Стрикланда. Реванш.
      21:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      23:30 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:40 Евротур.
      02:30 Смешанные единоборства. ACA 183 в Краснодаре, Россия. Магомедрасул Гасанов против Шамиля Абдулаева.
      03:30 "Взойди на свой Олимп".
      04:00 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.08.2025

      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      08:00 Велоспорт. Женщины. Тур Польши. Этап 2.
      09:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 2.
      10:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      12:00 Велоспорт. Женщины. Тур Польши. Этап 2.
      13:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 2.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      15:00 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      18:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Женщины, мужчины.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 3. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      02:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 1.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала.
      04:30 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dani Alves: "Salom! Hammasi rejadagidek!"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi mavsum «Yuventus» safida ideal darajada to‘p surgan braziliyalik himoyachi Dani Alves hozir har tongni o‘ta xushkayfiyatda qarshi oladi: «Salom! Hammasi rejadagidek ketmoqda!» Alves oldida Angliya grandlari safiga qo‘shilish variantlari bor edi.

Xususan, Xosep Gvardiola sobiq shogirdi bilan «Manchester Siti»da ham hamkorlik qilishni xohladi. Biroq Danining o‘zi yaqin kelajakda Yevropa CHLda g‘olib chiqishni rejalashtirgan «PSJ» taklifiga rozilik bildirdi.

Zamonaviy futboldagi eng ilg‘or o‘ng qanot himoyachilari qatorida ta’riflanayotgan Alves L~Equipe muxbiri bilan suhbat jarayonida aynan faoliyatidagi keskin burilish haqida to‘xtaldi.

«Qarorim Gvardiolaga ma’qul tushmagani aniq»

- «PSJ» bilan shartnoma tuzganingizdan so‘ng Gvardiola bilan gaplashdingizmi?

- Ha, xotirjam muloqot qildik. Ko‘proq men so‘zladim, u esa jimgina tingladi. O‘ylaymanki, nega aynan «PSJ»ni tanlaganimni tushuntira oldim.

- Qiziq, u izohlaringizni qanday qabul qildi? Ranjimadimi?

- Yo‘q, bizni ko‘plab rishtalar bog‘lab turibdi. Shu bois, munosabatlarimiz doimo samimiy, bunda o‘zaro hurmat birinchi darajada. Xullas, bir-birimizni osongina tushunamiz. Albatta, hozirgi holatda qarorim Pepga yoqmagani o‘z-o‘zidan ma’lum. Axir oldimda boshqa takliflar ham ko‘p edi, boz ustiga, hammasi ingliz klublaridan tushgandi.

- Xo‘sh, nima uchun aynan «PSJ»da o‘ynashni ma’qul ko‘rdingiz?

- Bir qator sabablarga ko‘ra. Birinchidan, Parij klubi loyihasi qiziqarli tuyuldi. Bu eng asosiysi. Taajjubki, jamoaning so‘nggi yillardagi natijalari futbol olamida munosib baholanmadi.

Menimcha, «PSJ» ko‘zlagan maqsadi - CHL kubogini qo‘lga kiritish va grandlar safiga qo‘shilishga yaqin keldi. Parijliklar tarkibida do‘stlarim ko‘p, jamoaning ichki muhitidan yaxshi xabardorman.

Futbolchilar meni klub rejalari bilan tanishtirib, o‘z yonlariga chorlashdi. Ikkinchi sabab - rafiqamning xohishi. Parijda istiqomat qilish imkoniyati tug‘ilganidan uning boshi osmonda.

Deylik, «Yuventus» bilan shartnoma tuzish chog‘i hech kim bilan maslahatlashmagandim. Keyinchalik Italiyadagi turmush darajasi biz o‘ylagandan ancha farqlanishi ma’lum bo‘ldi. Shuni nazarda tutib, bu safar bamaslahat ish tutdim.

- Umuman, qaror qabul qilishda qiynalmadingizmi? Uzoq o‘ylashingizga to‘g‘ri kelgandir. Balki cherkovda Xudodan so‘ragandirsiz...

- Ha, shunaqasi ham bo‘ldi. Har holda, zudlik bilan bir to‘xtamga kelishim kerak edi. Vaholanki, oddiygina «Ha» yoki «Yo‘q» javobi keyingi taqdirimni hal qilardi. Xullas, yaqinlarimning fikrlarini inobatga oldim, obdon va atroflicha o‘ylab ko‘rdim va faqat Parijga jo‘nash arafasidagina yakuniy qarorni tasdiqladim.

«Hayot 100 metrli yo‘lak emas, balki olis va mashaqqatli yo‘l»

- «PSJ»ga qay tariqa yordam bermoqchisiz? Klub prezidenti Nosir al Xelayfi kuchli irodangizni alohida maqtamoqda.

- Ha, chindan ham irodam kuchli. Yana izzattalabman, shuningdek, «o‘zgacha muhit yaratish»ga xohishim baland. Doimo bitta aqidaga amal qilaman: avvalo, kiyinish xonasi va klub hayotida talab darajasidagi muhitni yuzaga keltirish lozim. Agar shuning uddasidan chiqsangiz, maydonda ishingiz tabiiy ravishda yurishadi.

- «G‘oliblik ruhiyati»ni jamoadoshlaringizga qanday singdirishni mo‘ljallayapsiz?

- Bu xislatni ish jarayonida yuqtirish mumkin. Hammasi oddiy: jamoadoshlarim mashg‘ulotlarda qanday ishlashimni diqqat bilan kuzatib tursalar, bas. Shunda ularga ortiqcha tushuntirishimga ham hojat qolmaydi.

Futbol men uchun oddiy ish. Ya’ni xuddi siz - jurnalistlar yoki har kuni ertalab soat 8:00da ofisga kiruvchi idora xodimi uchun bo‘lgani kabi hayotiy kasb.

Kasbini sevadigan kishi esa o‘z vazifasiga doimo professional sifatida yondashadi. Bitta farqli jihati - futbolda jamoaviy harakatlar muhim. Shunday ekan, mudom sheriklaringga o‘rnak ko‘rsatishing talab etiladi. Ana shunda ular sening ortingdan ergashadilar.

- Unai Emerining Fransiyadagi faoliyatini nechog‘li kuzatgansiz?

- O‘ylashimcha, biz futbol masalasidagi qarashlar bo‘yicha yaqinmiz. Deylik, Unai faol o‘yinni xush ko‘radi, men ham. Asosiysi shu. Muhim masalalarni esa telefon orqali hal etish yaramaydi. Buning uchun yuzma-yuz o‘tirib, suhbatlashish lozim. Tabiatan suhbatdoshimning ichki quvvati, shijoatini his etishga ehtiyoj sezaman. Umuman, murabbiy bilan tezda til topishishga shubha qilmayman.

- «PSJ»ning «Kamp Nou»dagi sharmandali mag‘lubiyati (CHL 1|8 finalida «Barselona»dan - 1:6) ruhingizni tushirmaydimi?

- Bu hayot, unda olg‘a borish uchun shu kabi achchiq saboqlar ham kerak. Deylik, JCH-2014 yarim finalida Germaniya termasidan 1:7 hisobida yengilganimizda, o‘zim ham shunday omadsizlik alamini totib ko‘rganman.

Muhimi - saboqlardan tegishli xulosa chiqarish. To‘g‘ri, ko‘pchilik buning ahamiyatini uncha tushunmaydi. Misol uchun, nemislarga qarshi kechgan o‘sha bahs Braziliya termasining barcha kamchiliklarini yaqqol ko‘rsatib berdi, lekin butunlay yo‘q qilgani yo‘q.

Mana, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarildi va jamoa qaytadan shakllantirildi. Xullas, hayot 100 metrli yo‘lak emas, balki olis va mashaqqatli so‘qmoqdir.

- Parij klubining yaqin kelajakda CHLda g‘alaba qozonishini ta’kidladingiz. Bunga qanday asos bor?

- Muvaffaqiyatning asosiy garovi - mukammal hamjihatlik. Sening o‘yining ham shu hamjihatlikka bog‘liq. Umid qilamanki, biz mukammallikka erishish yo‘lida so‘nggi urinishni talab darajasida amalga oshiramiz. Nurli cho‘qqilarni zabt etishga ishtiyoqim yuqori. «Barselona»ga shu maqsadda o‘tgandim, endi «PSJ» safidan joy oldim.

«Shohona hayotni yoqtirmayman»

- «Yuventus»da atigi bir mavsum to‘p surdingiz. Kyellinining aytishicha, jamoada o‘zingizni begonadek his qilgansiz. Nima, Italiya futboli siz uchun «begona»ligicha qoldimi?

- Chindan ham, Turinda avvaliga jiddiy muammolarga duch keldim. Jamoadoshlarim meni sira tushunmasdilar, maydonda ham, uning tashqarisida ham. Moslashish jarayoni nisbatan ko‘p vaqt oldi.

Keyinchalik hammasi izga tusha boshladi, natijalar yaxshilandi. Xususan, jamoa muhitiga ta’sir o‘tkazishni ham uddaladim. Odatda kiyinish xonasida musiqasiz turolmayman.

Biroq Turinda buning iloji yo‘q edi. O‘ylashimcha, jamoaning ichki muhiti barcha uchun bir xil, quvnoq bo‘lishi shart. Har kim o‘z holicha tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘ri emas. Boz ustiga, avvaliga menga ishonchsizlik bilan qaradilar. Muhimi, bu illat ham asta-sekin barham topdi. Natijada ikkinchi davra o‘yinlarini risoladagidek o‘tkazdim.

- Vaqtida «Barselona»dan o‘z xohishingiz bilan ketdingiz. Nahotki, Messi, Neymar va Inyestadek yulduzlar davrasini shunday holatda tark etish mumkin bo‘lsa...

- Ochig‘i, so‘nggi paytlarda biroz zerikib qolgandim va mashhur yulduzlarsiz ham samarali o‘ynay olishimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Umuman, «Bayya» va «Sevilya» safidan ham ayni shu sababga ko‘ra, ketgandim.

- Xizmatingizga munosib baho berilmayotgandek tuyulmaganmidi?

- Nimalarga qodirligimni avvalo, o‘zimga isbotlashni xohladim. Gap «Barsa»ning oldingi chizig‘ida ajoyib trio to‘p surganida ham emas. Albatta, jamoa tarkibi superfutbolchilardan iborat edi. Lekin men boshqalarga xolis baho berish barobarida o‘z qadrimni ham yaxshi bilaman.

Ketishimning asosiy sababi - shohona hayotdan zerikkanim. Bilganim shuki, me’yoridan ortiq qulaylik mahoratni o‘tmaslashtiradi. Tabiatan shunday fikrlaydigan insonman. Ana shu xislatim meni mudom izlanishga undaydi.

Bundan sira nolimayman, axir xarakterim tufayli yangi murabbiylar, g‘oyalar va jamoalarga duch keldim.

«Salom! Hammasi rejadagidek ketmoqda»

- Statistikaga qarasak, Messi o‘z gollaridan katta qismini siz tufayli nishonlagan. Endi Anxel di Mariya - «Real»ning sobiq vakiliga shunday muruvvat ko‘rsatishingiz talab etiladi.

- Muammo yo‘q. Bunday saviyali futbolchi bilan yonma-yon to‘p surish yoqimli. Umid qilamanki, Anxel bilan ham tezda til topishib, CHL kubogini hamkorlikda qo‘lga kiritamiz. Menga «ko‘z tegishi» mumkinligidan xavotirga tushmayman. Chunki doimo eng yuksak marralarni ko‘zlashga odatlanganman.

- Sizni ba’zan esini yo‘qotib qo‘yadigan futbolchi sifatida e’tirof etishadi. Chindan ham shundaymi?

- Bilmayman. Lekin hayotda ba’zan telbadek bo‘lish ham foyda beradi, albatta, qoidalar doirasida. Lekin umuman olganda, mulohazali, sog‘lom fikr yuritadigan insonman. Ha, gohida qandaydir kutilmagan qilg‘iliklarga yo‘l qo‘yishim ham mumkindir. Lekin hech qachon birovga qasddan yomonlikni ravo ko‘rmayman.

- Juda taniqli futbolchisiz. Lekin bir safar mashhurlikni «ortiqcha chiqindi»ga tenglashtirgansiz. Bu bilan o‘zingizni inkor etmayapsizmi?

- Mashhurlikni chiqindiga qiyoslashim boisi shuki, u futbolchini muxlislar inson sifatida ko‘rishlariga to‘sqinlik qiladi. Qolaversa, mashhurlik hamma qatori hayot kechirishga xalal beradi, deylik, ko‘chada oila a’zolaring bilan bemalol yurolmaysan.

- Quvnoqlik, ko‘tarinki kayfiyat - doimiy hamrohingiz. Hayotga bunday yondashuvni qayerdan olgansiz?

- Og‘ir kunlarni boshdan kechirdim, keyin mehnatlarim evaziga muvaffaqiyatlarga erishdim. Quyi tabaqalardan yuksaklikka ko‘tarildim. Nega endi quvnoq bo‘lmayin? Hech kimning nazariga tushmagan oddiy insonman.

Hayotga ana shu inson nazari bilan qarayman. Bu yerda izzattalablik ortiqcha, ammo faxrlanish tuyg‘usi bor. Shu bois, har tong uyg‘onar ekanman, avvalo, o‘zimga xitob qilaman: «Salom! Hammasi rejadagidek ketmoqda».

Ma’lumot uchun: Daniel Alves DA SILVA

1983 yilning 6 may kuni Juazeyru (Braziliya) shahrida tug‘ilgan. O‘ng qanot himoyachisi. «Bayya» klubi tarbiyalanuvchisi. «Bayya» (2001-2002 yillar), «Sevilya» (2002-2008 yillar), «Barselona» (2008-2016 yillar) va «Yuventus» (2016-2017 yillar) klublarida to‘p surdi. 2017 yilning iyulidan «PSJ»da

Ispaniyaning 6 karra chempioni, Ispaniya kubogining 5 karra sohibi, Ispaniya superkubogining 5 karra sohibi, Italiya chempioni, Italiya kubogi sohibi, Fransiya superkubogi sohibi, CHLning 3 karra g‘olibi, UYEFA kubogining 2 karra sohibi, UYEFA superkubogining 4 karra sohibi, Amerika kubogi g‘olibi, Konfederasiyalar kubogining 2 karra g‘olibi. Braziliya terma jamoasi safida 101 marta maydonga tushib, 7ta gol urgan

Dani Alves vatandoshi Neymarni «PSJ» safida o‘ynashga ko‘ndirish uchun alohida uringani haqidagi xabarlarni inkor etdi. «Bu g‘irt yolg‘on. Kimnidir qayoqqadir o‘tish uchun ko‘ndirishdan manfaatdor emasman. Umuman olganda, Neymar bilan futbol mavzusida sira gaplashmaymiz. Boshqa istalgan mavzuda chaqchaqlashishimiz mumkin, faqat futbol masalasida emas..»,-deb yozdi Alves «Tvitter»dagi sahifasida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 07.08.2017. O'qildi: 6701 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.