«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» darvozasiga gol urganidan keyin kataloniyaliklar forvardi Lionel Messining gol nishonlash uslubini takrorladi.
Ispaniya superkubogi doirasida «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvning 80-daqiqasida portugaliyalik futbolchi chiroyli zarba bilan Ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va shundan so‘ng futbolkasini yechib, o‘z familiyasini stadionga namoyish qildi.
![](http://www.stadion.uz/images/news/messi-ronaldu-futbolka-yechdi.jpg)
"Barsa" hujumchisi Lionel Messi o‘tgan mavsumda La liganing 33-turi doirasida «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida "Real" darvozasiga gol urib, xuddi shunday ishni amalga oshirgandi.
Sariq kartochka bilan yakunlangan bu gol nishonlash Ronalduga qimmatga tushdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib hakam uning navbatdagi harkatini simulyasiya sifatida baholab, Krishtianuni maydondan chetlatdi. Endi portugaliyalik futbolchi Ispaniya superkubogining javob o‘yinida ishtirok eta olmaydi.