«Tottenxem» Angliya chempionatining 36-turi doirasida o‘z maydonida «Lids» bilan durang o‘ynadi — 1:1.
Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar safida Matis Tel gol urdi. 74-daqiqada mehmonlar Dominik Kalvert-Lyuin tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti evaziga muvozanatni tiklashdi.
Hakam ikkinchi bo‘limning asosiy vaqtiga 13 daqiqa qo‘shib berdi.
«Tottenxem» 38 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Mavsum yakunini ikki tur qolganida, xavfli hududda borayotgan «Vest Xem» bilan oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda. «Lids» esa 44 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.
Navbatdagi turda «shporlar» safarda «Chelsi» mehmoni bo‘lishadi, «Vest Xem» esa «Nyukasl» bilan kuch sinashadi.
«TOTTENXEM» — «LIDS» — 1:1
Gollar: Matis Tel 50 (1:0), Dominik Kalvert-Lyuin 74-pen (1:1).
«Tottenxem»: Kinski, Danso, van de Ven, Udodji (Spens, 85), Porro, Palinya, Bentankur (Bergvall, 81), Gallaxer, Tel (Meddison, 85), Kolo Muani, Risharlison.