Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 2:0
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • 1:2
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • 0:1
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:1
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Espanyol
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Selta
  • AFC U-23
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • 1:0
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • 1:1
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Napoli 19 39
4 Roma 20 39
5 Yuventus 19 36
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 19 22
14 Parma 19 21
15 Kalyari 19 19
16 Lechche 19 17
17 Jenoa 19 16
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ortiqcha baho yoxud «Olmaliq» futzal klubining bugungi ahvoli haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futzal chempionati
Rukn: Yangiliklar
A A A

Aslida, bu maqola ancha oldin yozilishi lozim edi. Biroq «Olmaliq»ning futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qayd etgan natijasi va ayniqsa, ko‘rsatgan o‘yini, yumshoq qilib aytganda, shu qadar yomon chiqdi-ki, bu istakni bir necha kun ortga surib yubordi.

«Olmaliq»ning Osiyo chempionatidagi ishtiroki futzalimizning bugungi kundagi asl saviyasini ko‘rsatib bersa kerak. Yo‘q, bu saviya biz o‘ylagandek bir yil oldin bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi kabi emas. Aks holda, tarkibida deyarli O‘zbekiston terma jamoasini jamlagan «Olmaliq» bu qadar sharmandali natija qayd etmasdi. Biz o‘zimizga haddan ortiq yuqori baho berib yuborgan ekanmiz.

O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi ikki yilni yaxshi o‘tkazdi. Futzal haqida so‘z ochdingizmi, buni e’tirof etmaslik adolatdan bo‘lmasdi. Ammo do‘ppini olib qo‘yib, o‘ylab qarasak, ushbu muvaffaqiyatning ortida bir inson turganini tan olish lozim bo‘ladi - Xose Mariya Mendez. U o‘zbek futzali rivoji yo‘lida juda katta ishlarni amalga oshirdi. O‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashdi, har bir shogirdidan bor potensialini «sug‘urib» oldi va yakunda bularning barchasi jahon chempionati yo‘llanmasini keltirdi. Uning boshqaruvi ostida O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta mundialda ishtirok etdi.

Aytishlaricha, Mendez raqiblarning o‘yinini har doim shaxsan kuzatib borar ekan. Biror uchrashuv o‘tishi hamono tun bo‘yi tahlil qilib chiqar va ertalabki nazariy mashg‘ulotda shogirdlarini videolavhalar orqali raqib bilan batafsil tanishtirib o‘tarkan.

Va bu an’ana biror marta buzilganini hech bir futzalchi eslay olmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, Mendez O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qancha maosh olmasin, tiyin-tiyinigacha oqlab ulgurgan. Shunday mutaxassisning yurtimizda ishlab ketgani o‘zbek futzalining baxti bo‘lsa kerak. Ammo...

Agar butun boshli mamlakat futzali bir murabbiy tufayli ko‘tarilib, u ketgach quyiga sho‘ng‘iydigan bo‘lsa, bilingki, demak qayerdadir noto‘g‘ri ish olib borilmoqda. O‘zbek futzali misolida esa o‘sha muammo qayerda ekanini ko‘rsatish uchun uzoqqa borish ham shart emas. Eng avvalo, har bir muammo ichki birinchilikka borib qadaladi. O‘zbekiston chempionati esa, afsuski, maqtanadigan musobaqalar sirasiga kirmaydi.

Barcha jamoalar bir joyga jam bo‘lib, tezlikda o‘zaro o‘yinlarni o‘tkazib yuboradigan va qandaydir o‘n kun ichida butun boshli davra o‘yinlari tugab ketadigan turnirni professional deb sira atab bo‘lmaydi. Magarki, futzalimiz Osiyoda yetakchilar safida qolishini istasak, ishni bosh-qacha yo‘lga qo‘yish lozim. Juda bo‘lmaganda, yon qo‘shnimiz Qozog‘iston yoki Rossiya birinchiligidan andoza olsak kifoya.

O‘zbekiston chempionati professio-nal tarzda o‘tkazilgan taqdirda xalqaro maydonda ham doimiy g‘alabalar kutishga haqli bo‘lamiz. Hozir yurtimizda yopiq sport inshootlari har bir viloyatda mavjud. Ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘-yilgan taqdirda futzal chempionati uchun o‘sha arenalardan foydalanish mumkin. Bu esa ichki birinchilikni «uy-safar» tizimida o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Bizning nazdimizda professional chempionat shunday o‘tkaziladi. Jamoalar avvalgidek qisqa muddat emas, balki butun boshli mavsum davomida formani ushlab turishga harakat qilishadi. Sportning asosi shu bo‘lishi kerakmasmi, aslida?!

Yuqorida Xose Mariya Mendezning o‘zbek futzaliga qo‘shgan hissasi haqida gapirib o‘tdik. Bizning sportchilarimiz tashqi olam bilan aloqani asosan u orqali olardi. Chunki ichki birinchilikda undan boshqa xorijlik murabbiy yoki futzalchi faoliyat yuritmagan. To‘g‘ri, terma jamoa tarkibida chetda o‘ynab kelganlar bor edi. Ammo ularning ko‘rgani ham nari borsa Qozog‘iston va Rossiya chempionati bo‘lgan. Janubiy Amerika yoki Yevropada ish qanday kechayotganini faqat Mendez orqali bilardik. Endi bu mutaxassis ham ketdi.

Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempio-natida «Olmaliq»ning muvaffaqiyatsizligiga ham aynan shu narsani sabablardan biri sifatida keltirish mumkin. E’tibor bersangiz, musobaqa davomida o‘z safiga legionerlarni qo‘shib olgan klublar ko‘proq zafar quchishdi. «Olmaliq»ning bevosita raqiblari - «Bank of Beyrut» va «Chonburi» safida ham xorijliklar yetarli edi.

Ayniqsa, tailandliklarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ushbu mamlakat futzali shusiz ham kuchli hisoblanadi. «Chonburi» tarkibida esa Tailand terma jamoasining asosini tashkil etadigan Jetsada, Apivat va Subxavut kabi yetakchilar bor edi.

Shunga qaramay, tailandliklar Braziliyadan taklif etilgan legioner hisobiga tarkibni yanada kuchaytirishdi. Endi o‘ylab ko‘ring, faqat mahalliy sportchilarga tayanib qolgan «Olmaliq» bunday jamoalarga qarshi o‘yinda biror imkoniyatga egamidi o‘zi?

Xalqimiz futzalni qay darajada yaxshi ko‘rishini bir yarim yil muqaddam Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ko‘rganmiz. O‘zbekistonda sportning bu turini rivojlantirish uchun yetarlicha sharoit va eng muhimi - qiziqish mavjud. Faqat buning uchun ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim, xolos. O‘shanda balki klublar o‘rtasidagi qit’a birinchiligini yurak hovuchlab kutmasmiz...

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 15.08.2017. O'qildi: 3067 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
8 Комо Niko Pas 6
9 Рома Matias Soule 6
10 Парма Mateo Pellegrino 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.