Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Neymarning narxiga nimalar sotib olish mumkin

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Neymarning fantastikadek tuyulgan transferi amalga oshgach, o‘ziga xos «izlanish»larga yo‘l ochildi: «PSJ» tomonidan to‘lanadigan 222 million yevroga aslida yana nimalar xarid qilish mumkin?

Xususan, football.ua sayti xodimlari ham marketing bo‘yicha bilimlarini ishga solib, shuncha pul qanday qimmatbaho narsalarga egalik qilish imkonini berishi yoki nimalarga yetishi masalasida qiziqarli ro‘yxat tuzib chiqishdi.

1. 5ta AH-64 Apache vertolyoti

AH-64 Apache — AQSH armiyasi faxri. Ushbu harbiy texnika shuningdek, Isroil, Gollandiya va Yaponiya armiyasida ham bor. Bitta vertolyotning narxi modifikasiyasiga qarab, 44-51 mln. yevroga teng.

2. 555ta Lamborgini Aventador avtomobili

Aventador 6,5 litr hajmga ega 12 silindrli dvigatel bilan jihozlangan va uning quvvati 700 ot kuchiga teng. Ushbu model atigi 4 ming dona ishlab chiqarilgan, xolos. Avtomobil sur’atini soatiga 350 kilometrga oshirish mumkin. Uning 100 kilometr|soat tezlik olishi uchun esa 2,9 soniya kifoya qiladi. Lamborgini Aventador narxi - chamasi 400 000 yevro.

3. 3ta Boeing 737-70 yo‘lovchi samolyoti

Ushbu samolyot yaqin va uzoq masofalarga mo‘ljallangan tor fyuzelyajli reaktiv havo kemasidir. 1996 yildan Boeing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 737NG sig‘imi bo‘yicha 4 xil variantda: 110 nafardan 210 nafargacha yo‘lovchi oladi. 2014 yilning 16 iyul kuni bahosi 67,5 mln. yevroni tashkil qiluvchi Boeing 737-70ning yubiley - 5000-nusxasi foydalanishga topshirildi.

4. «Shaxtyor» va «Ayaks»ning to‘liq tarkibi

Transfermkt.de portali ma’lumotlariga ko‘ra, Ams-terdamning «Ayaks» klubi trakibidagi barcha futbolchilarning umumiy bahosi 111,2 mln. yevroga teng.

E’tibor bering, gap avvalgi mavsum YEL finalida «MYU»ga qarshi to‘p surgan jamoa haqida ketyapti. Doneskning «Shaxtyor» klubi vakillari esa umumiy hisobda 107,9 mln. yevroga baholangan. Demak, Gollandiya va Ukraina grandlari jami 219 million yevrolik tarkibga egalar.

5. Neymarning 2 960 000 dona yangi futbolkasi

Parijliklar «PSJ» rasmiy do‘konida orqasiga «Neymar» yozuvi tushirilgan klub futbolkalarini sotuvga chiqarib bo‘ldilar. Ushbu formaga egalik qilishni xohlagan kishi 75 yevro to‘lasa, bas.

6. Arsen Vengerning «Arsenal» boshqaruvidagi 25 yillik maoshi

«Kanonirlar»ning abadiydek ustozi ayni payt yiliga 8,9 million funt miqdorida maosh oladi. Shunday ekan, 222 mln. yevro fransuz mutaxassisini 25 yil davomida uzluksiz ish haqi bilan ta’minlashga yetadi.

7. 132 shisha eng qimmatbaho konyak

Henri IV Dudognon yer yuzidagi eng qimmatbaho konyak va alkogol ichimligi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. 2009 yili Dubayda uning bir shishasi uchun 1,7 million yevro to‘langan.

8. 2ta Vodafone Arena stadioni

Vodafone - Istanbulda qad ko‘targan yangi stadion va u «Beshiktosh»ga tegishli. Loyihaning taxminiy bahosi - 104 million yevro. 41 903 muxlisni sig‘diradigan stadion 2016 yilning 10 aprel kuni rasman foydalanishga topshirilgan.

9. «Park de Prens» stadioni VIP-lojasi uchun 84 539 dona abonement

1 dona abonementning bahosi - 2686 yevro. Oddiy sektorlar uchun chiqarilgan yillik abonementni esa chamasi 500 yevroga xarid qilish mumkin.

10. 100 million donadan ko‘p eng qimmatbaho shokolad

Chocopologie by Knipshildt - bu sayyoramizdagi eng narxi baland shokolad. Shirinliklar biznesida 100 yillik tajribaga ega kompaniya 453 grammli mahsulotini 2200 yevroga sotadi.

11. Ukraina premyer-ligasida 20ta jamoani 2 mavsum davomida ushlab turish

Ukraina chempionati mezonlari bo‘yicha bitta jamoaning mavsum davomidagi xarajati o‘rtacha hisobda chamasi 5 million yevroga teng. Demak, bitta mavsumda 100 «limon» evaziga 20ta klubni bemalol moliyalashtirish mumkin.

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:52, 21.08.2017. O'qildi: 8383 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик