Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • 0:0
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • 3:2
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • 0:0
      • Qo‘qon-1912
      • 22.11.2025 14:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 22.11.2025 16:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Qizilqum
  • La-liga
      • 22.11.2025 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Levante
      • 22.11.2025 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Selta
      • 22.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 22.11.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 22.11.2025 17:30
      • Byornli
      • -:-
      • Chelsi
      • 22.11.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.11.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Brentford
      • 22.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 22.11.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 22.11.2025 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 22.11.2025 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Manchester Siti
  • «A» Seriya
      • 22.11.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Jenoa
      • 22.11.2025 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Bolonya
      • 22.11.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 29 57
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 29 39
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Andijon 29 32
12 Qo‘qon-1912 29 31
13 Mash’al 29 30
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 29 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf
29-тур Mash’al 0-0 Navbahor
29-тур Andijon 3-2 Xorazm
29-тур Dinamo 0-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diyorbek Mirzaboyev: «Mash’al»da profesionallar ishlashadi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

“Millionlar o‘yini”da nom qozongan murabbiylarning aksariyati o‘z faoliyatini bolalar futboli orqali boshlashgan. Lekin hamma mutaxassislar ham yosh futbolchilar bilan ishlashni xohlashmaydi. Shunday murabbiylar borki, klubda faolyatini boshlashi bilan darhol unga kerakli bo‘lgan yulduz futbolchilarning ro‘yxatini taqdim etadi. Chunki, ularga yosh futbolchilardan ko‘ra, tajribali o‘yinchilar bilan ishlash osonroq-da.

Ammo shunday murabbiylar borki, ular yulduzlarsiz yaxshi jamoani shakllantira olishadi. Diyorbek Mirzaboyev ham shunday mutaxassislar sarasiga kiradi. Farg‘onalik murabbiy faoliyati davomida yoshlar bilan ishlab yaxshi natijalarga erishgan. Ayni damda “Mash’al-2” jamoasini boshqarayotgan 32 yoshli mutaxassis birinchi liganing eng yosh murabbiyi bo‘lib turibdi. Muborakliklar ham mavsumni yomon o‘tkazishayotgani yo‘q.
Diyorbek Mirzaboyevning Farg‘onaga kelganidan unumli foydalanib u bilan qisqacha suhbatlashdik.

—  Diyorbek, Farg‘onada yaxshi bir jamoani shakllantirib, uni viloyat chempioni qilganingiz va bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritganingizni bilamiz. Joriy mavsumda esa “Mash’al-2”da ish boshladingiz. Muborakka borish tarixi bilan o‘rtoqlashsangiz?
—  Mavsum boshida “Mash’al-2”dan taklif tushdi. Ular ma’lum vaqt mening faoliyatimni o‘rganishgan ekan. Klub rahbariyati, xususan, jamoa boshlig‘i Ilhom Qurbonovning o‘zi meni jamoaga taklif etdi. Shu tariqa, “Mash’al-2”da ish boshladim. Kezi kelganda shuni aytishim joizki, klub rahbariyati menga katta ishonch bildirgani uchun ulardan minnatdorman. Birinchi liganing eng yosh murabbiyi bo‘lishimga qaramay, klub rahbariyati menga ishonch bildirib, meni qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

—  “Mash’al-2”da qisqa faoliyatingiz haqida gapirib o‘tsangiz?
—  Avvalo shu ta’kidlashni istardimki, men professional murabbiy sifatida bor kuchimni “Mash’al”ga berishga tayyorman. Men jamoaning haqiqiy muxlisman. Uning g‘alabalaridan xursand bo‘laman.

“Mash’al-2” haqida gapiradigan bo‘lsam, bu yerda ahil bir jamoa shakllangan. Jamoaning asl maqsadi – “Mash’al”ning Oliy liga va o‘rinbosarlari, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoalariga futbolchi yetkazib berishdir.

“Mash’al” klubining akademiyasi mamlakatimizda o‘z nomiga ega desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Lutfulla To‘rayev, Fozil Musayev, Sanjar Quvvatov, Sardor Rahmonov, Shahzod Shaymanov kabi O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilari aynan mana shu dargohda tahsil olishgan. Bundan keyin ham bu yerdan yulduz futbolchilar yetishib chiqishiga ishonaman.

To‘g‘ri futbolda natija ham kerak. Ayniqsa yosh futbolchilarda aynan shu g‘alabalar orqali o‘ziga bo‘lgan ishonch ortib boradi.

—  Siz birinchi liganing eng yosh murabbiyi bo‘lib turibsiz. Birinchi liga borasida qanday fikrlarni bildira olasiz.
—  Birinchi liga o‘yinlari shiddatli tarzda kechishi hammaga ayon. Ayniqsa, joriy mavsumda Oliy liga yo‘llanmasi uchun kurash juda qizg‘in kechmoqda. Jamoamiz ham musobaqada imkon qadar yaxshi natija qayd etishga harakat qilmoqda.
Menga akademiyaning tajribali mutaxassislari Dilshod Andayev va Zoir To‘raqulovlar yordam berish kelishmoqda. Biz barchamiz bir jamoa sifatida o‘zbek futbolida yangi yulduzlarni kashf etish borasida yeng shimarib ishga kirishganmiz. Bu borada bizda barcha sharoitlar yetarli.

—  “Mash’al” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov sizlarning mashg‘ulotlaringizni ko‘zatib boradimi?
—  Yuqorida aytib o‘tganimdek, bizning asosiy maqsadimiz – “Mash’al”ga futbolchi yetkazib borishdir. Shunday ekan,  Aleksandr Xomyakov jamoamizga befarq emas. O‘z navbatida biz ham  “Mash’al” bosh murabbiyi bilan maslahatlashgan holda faoliyat olib boramiz. O‘yinchilarimizni ushbu murabbiy falsafasiga mos ravishda tarbiyalab boramiz.
Yana bir gap “Mash’al”da hamma o‘z ishining professionalidir. Shofyordan tortib klub rahbarlariga qadar. Barcha— barcha o‘z ishining o‘stasi.  

—  Tan olish lozim, siz yosh futbolchilar bilan ishlab yaxshi natijalarga erishgansiz. Lekin hamma murabbiy ham yoshlar bilan shug‘ullanishni xohlamaydi.
—  O‘zingiz ta’kidlab o‘tganingizdek menga yoshlar bilan ishlash yoqadi. Ayrimlar yulduz futbolchilar bilan ishlash osonroq deyishadi. Menda esa buning aksi. “Mash’al-2”ning falsafasi menga juda mos keladi. “Mash’al-2”dan bo‘lajak yulduzlarining porlab chiqishini istayman va bu borda tinimsiz mehnat qilishga tayyorman.

Muallifdan
Ayni damga kelib, Diyorbek Mirzaboyevning ko‘plab shogirdlari Oliy va yoshlar ligasida to‘p surayotganini aytish o‘rinli. Masalan, “Neftchi” safida to‘p surayotgan Xurshid Asqaraliyev, Islom Toshpo‘latov, Ibrohim No‘’monov, Elomon Karimov,  Mirjamol Ne’matov, Shodiyor Xojimatov shular jumlasidandir.
Bundan bir necha yil oldin Diyorbek Mirzaboyev “FarDU— Futbol info” jamoasi bilan yuqori natijalarga erishgan.

Ma’lumot uchun:
Diyorbek Mirzaboyev 1985 yil 16 may kuni Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Farg‘ona futbol internatida tarbiyalanuvchisi.

Futbolchilik faoliyati davomida
2002 yil “Sementchi” futbol klubida o‘zining debyut  o‘yinini o‘tkazgan
2004— 2005 yillarda “Paxtakor” o‘rinbosarlari safida to‘p surgan.
2006— 2007 yillar “NBU— Osiyo” safida faoliyatini davom ettirgan va 2008 yil “Shahrixon”klubida o‘ynagan.

Murabbiylik faoliyati:
2009— 2014 yillarda Farg‘ona futbol maktibida murabbiy bo‘lib ishlagan.
2013— 2015 yillar davomida “FarDU— Futbol info” jamoasida bosh murabbiy bo‘lgan. Shuningdek, “Neftchi” o‘rinbosarlarida ham ishlagan.
2016 yilda “Roshidon FK” klubini boshqargan.

Erishgan yutuqlari
2015 yil – “FarDU—  Futbol info” jamoasi bilan Farg‘ona viloyati chempioni, viloyat kubogi sohibiga aylangan.

Abror Dehqonov suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:31, 25.08.2017. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 19
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.