Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Parma
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 Qo‘qon-1912 5 5
11 OKMK 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Neymarning otasi haqida hamma narsa

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Transfer tarixidagi rekord kelishuv Neymarni dunyoning eng qimmat futbolchisiga, otasini esa badavlat agentga aylantirdi.

Holat-minus besh daraja

Oila boshlig‘i hisoblangan katta Neymar San-Paulu shtatining Moji-das Kruzis shahri jamoasi sharafini himoya qilgan, havaskorlik jamoa­sidagi kamtarona maoshi ro‘zg‘or tebratishga yetib-etmasdi. O‘g‘li dunyoga kelgach, katta Neymarning muammolari yanada ko‘paydi. To‘rt yildan so‘ng Rafael tug‘ilgach, sho‘rlik ota rafiqasi Nadin va farzandlari bilan o‘zi tug‘ilib o‘sgan San-Visenti shahriga yo‘l oldi.

Tabiiyki, futbol bilan xayrlashdi va mexanik sifatida ishga joylashdi. Nadin esa bolalar bilan ovora edi. «Moliyaviy holatimiz noldan pastga tushib ketdi. Hatto minus besh darajaga tushib qolgan payt ham bo‘ldi. Lekin nochorlikdan chiqib keta olishimizga ishonardik», - deya xotirlaydi katta Neymar.

Oiladagi moliyaviy taraqqiyot kichik Neymarning ko‘chaga chiqishi va noyob iqtidorini kashf etishi bilan boshlandi. Yetti yoshida «Portugeza Santista» safidan joy oldi. To‘rt yildan so‘ng bo‘lajak yulduzni «Santos» skautlari sezib qolishdi va shartnoma taklif etishdi. Akademiyadagi 6 yil Neymarning yorqin faoliyati xususidagi taxminlar va Robinyoga qiyoslash bilan o‘tdi.

Shu bois, professional kelishuv hech kimni ajablantirmadi. Hujumchi o‘sha paytdayoq natija va odob-axloqi jihatidan chinakam yulduzga aylanib ulgurgandi. Unga qarshi to‘p surgan himoyachilar ko‘pincha sariq kartochka olishga majbur bo‘lishardi. Maydonda hech kimga yon berishni istamaydigan kichik Neymar hayotda doimo oilasiga g‘amxo‘rlik qilish payi­da bo‘ldi.

Avtobiografik asarining asosiy qismi ham oilaga bag‘ishlangan. Albatta, o‘g‘lining muvaffaqiyatlarida katta Neymarning hissasi katta. Kitoblardan biriga «Otam bilan muloqot» nomi berilgani bejiz emas.

Qashshoqlar tabaqasidan chiqqan sobiq ishchi hayotning achchiq sinovlariga dosh berib o‘g‘lining saviyali futbolchi bo‘lib yetishishi uchun bor-budini ayamadi. Oxir-oqibat, u hayotda Neymarning eng yaqin maslahatchisi, futbolda esa agentiga aylandi.

Qancha pul ishlagan?

2011 yili «Santos» va «Barselona» klublar o‘rtasidagi JCHning finalida o‘zaro kuch sinashdilar. O‘shanda Neymar bilan Messining qo‘l olishishi Kataloniya grandining Gvardioladan keyingi davri ramziga aylandi. Musobaqa yakunlangach, «Barsa» muzokaralarga kirishdi, katta Neymar esa darhol o‘z shartini ko‘ndalang qo‘ydi - «xomaki» kelishuv uchun 10 mln., chinakam shartnoma uchun esa 40 mln. so‘radi.

Hujumchining 2013 yili kataloniya­liklar safiga qo‘shilishi qanchaga tushganligi haqida hanuzgacha aniq ma’lumot yo‘q. Ayrim manbalarda yozilishicha katta Neymar uchun ajratilgan 40 mln. taxminan «Santos»ga berilgan tovon puliga teng. Ko‘pchilik orasida agentni firibgar, lo‘ttibozga chiqarib qo‘yganlar ham yo‘q emas.

Braziliya klubining sobiq prezidenti Luis Ribeyroning ta’kidlashicha, katta Neymar katalo­niyaliklardan olingan daromad hisobidan Londonda dabdabali bazm uyushtirgan. 2016 yili hujumchi kamqonlik xastaligidan forig‘ bo‘lgach, «Barsa» amaldagi shartnomani uzaytirishga urindi.

Bir yoqda «MYU», «Real» bilan muzokaralar boshlandi. Oxir-oqibat, Neymar jamoada qoldi. Lekin bunga «Barsa» o‘g‘lining imzosi uchun 26 mln. talab qilgan agentning shartini bajarish orqali muvaffaq bo‘ldi.

Qizig‘i, ana shu mablag‘ni katta Neymar iyulning oxirida, futbolchi Parij safariga otlanayotgan haftada oldi. Mazkur kelishuv 450 mln.ga baholanmoqda. Tabiiyki, agent ham mo‘may daromaddan benasib qolgan emas - bu gal u 36 mln. miqdorda «cho‘tal» oldi.

Xullas, Neymar da Silva Santos Senyor 6 yil ichida 112 mln. yevroga ega chiqdi! The Sundagilarning ma’lumotiga ko‘ra, El Padre de Neymarning 2013 yildan hozirga qadar qo‘lga kiritgan mablag‘i Messining daromadlaridan ko‘proq. Ko‘pchilik mutaxassislar mazkur transfer moliyaviy «feyr-pley» qoidalariga zidligini ta’kidlashmoqda.

Nima uchun u shunday daromadlarga ega bo‘lmoqda?

Chunki u o‘ta xaridorgir mahsulot lisenziyasining sohibi. Neymar - Nike hamda Red Bullning «yuzi», Tite tasnifiga ko‘ra dunyoning eng nufuzli futbolchisi, mashhur MSN triosining bir bo‘lagi. Hujumchi bir necha yildan buyon Leo va Krishtianu taxtiga vorislik qilmoqda. Otasi esa shunday noyob iqtidor sohibini dunyoga keltirgan shaxs sifatida vaziyatdan unumli foydalanmoqda. «Bu borada juda omadim keldi.

Otam shunchaki, oddiy ota emas. U mening eng yaqin do‘stim. Albatta, ba’zan o‘ta qattiqqo‘l. Lekin nima qilishimdan qat’iy nazar, doimo oilamizni o‘ylaydi», - dedi futbolchi o‘z agenti haqida.

Ha, katta Neymar «minus besh»­dan millionlarga ko‘tarildi, qashshoq kulbadan hashamatli qasrga ko‘chib o‘tdi, kamtarin stadionlardan eng shinam arenalarga yo‘l oldi. Uning o‘g‘li futbol tarixidagi qimmatbaho qissani yozish bilan ovora. U esa futbolchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida tinib-tinchimayapti.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:59, 25.08.2017. O'qildi: 9264 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик