Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir guruh sport jurnalistlarining O‘zbekiston Futbol federasiyasi rahbariyatiga talabnomasi

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonda yangidan, O‘zbekiston futbol federasiyasidan boshqa, aytaylik, «O‘zbekiston  milliy futbol federasiyasi» tuzib, aynan shu yangi tashkilotni yurtimizda futbolni rivojlantirish uchun FIFAga a’zo organ qilishga fursat yetib kelgan, shekilli.

Bu qanday bedodlik bo‘ldiki, O‘FF xodimlari «futbol — muxlislarniki» deya, muammolarni yozib chiqqan jurnalistlarni odam o‘rnida ko‘rmay, qo‘shtirnoq ichiga olib yozib, esi past, nodon deb haqorat qilsa?!

Milliy terma jamoaning bosh murabbiyi Xalqaro press-klubda o‘tgan sessiyani inkor etib, jurnalistlar bilan uchrashuvdan qochsa?!

Rahbarlar haqida-ku, endi umuman gapirib o‘tirishning hojati yo‘q. Jurnalistlarni salkam xalq dushmaniga chiqarib yuborgan edi. (To‘g‘ri, kechirim so‘raldi va biz bu kechirimni qabul qilganmiz).

Ammo ayrim xodimlarda munosabat o‘zgarishsiz, shunisi bizni tashvishlantirayapti.

O‘zbekiston Futbol federasiyasi xalqaro bo‘limi xodimi Sherzod Igamberdiyev o‘zining «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan postida o‘zbek futbol jurnalistlarini qishloqi, va esi past, deya haqorat qildi:

«Qatarlik esi past murabbiylar Turkmanistonga qarshi kechagi uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o‘tkazishga qaror qilishibdi. Bizning mahalliy qishloqi «jurnalist»larimizdan farqli o‘laroq, ular futbolda baloni ham tushunmaydi», — deb post yozgan O‘FF xodimi.

To‘g‘ri, u postida qatarlik murabbiylarni esi past, deb atamoqda. Lekin mantiqan fikr yuritilsa, Qatar-Turkmaniston o‘yinini yopiq eshiklar ortida o‘tkazgan qatarlik murabbiylar, binobarin O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinini ham yopiq eshiklar ortida, muxlislarsiz o‘tkazayotgan O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari shtabi espi past bo‘la olmaydi, demak, esi past deb qo‘shtirnoq ichiga olingan jurnalistlarga nisbat berilmoqda.

SH.Igamberdiyev avval ham yurtimizdagi futbol jurnalistlari bilan ziddiyatga borib qolgan edi. Avval terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisov o‘z intervyularidan birida ayrim jurnalistlarni noprofessionallikda ayblaganida va unga jurnalistlar e’tiroz bildirganida Denisovning yonini olib, jurnalistlarga tashlangan edi.

Keyinroq jurnalistlar FIFAning rasmiy saytida chiqqan ma’lumotga tayanib, O‘zbekiston MTJ 6 iyun kuni Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi, Eron bilan uchrashuv oldidan noto‘g‘ri raqib tanlanganini haqida mulohaza bildirishgan edi.

Igamberdiyev, bu xabarni yolg‘on, tekshirilmagan, deya jurnalistlarni professional emaslikda ayblab, ijtimoiy tarmoqda tortishgani bilan mashhur bo‘lgan edi. Alal-oqibatda O‘zbekiston aytilgan muddat — 6 iyun kuni Toshkentda Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi. Bu o‘rtoqlik uchrashuvining nafi tegmadi va O‘zbekiston Tehronda Eronga mag‘lub bo‘ldi.

O‘shanda u milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayaning boshqaruv uslubini tanqid qilgan barcha jurnalistlarga qarata xitob qilib, uning bosh murabbiy tarafini olib,  «Babayanga haykal qo‘yish kerak» degani sport jurnalistlari o‘rtasida katta istezho keltirib chiqargan va hattoki karikaturalar chizilishiga ham sabab bo‘lgandi.

Keyinroq Championat.asia sayti Vitaliy Denisov jarohati tufayli Qatar bilan o‘yinga tua olmasligi haqida xabar berganida, SH.Igamberdiyev sayt vakillarini haqorat qilib, Denisov soppa sog‘ligi, «Lokomotiv» (Moskva) vrachi bilan gaplashgani, u o‘yinga tushishini aytib, sayt xodimlarini noprofessionallik va yolg‘onchilikda ayblangandi. Denisov esa, aytilganidek, Qatar bilan o‘yinga tusha olmagan edi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lishi ma’lum bo‘lgach, internet saytlarda bir qator futbol jurnalistlari bu muxlislar manfaatiga zid holat ekanligini ta’kidlab, o‘rinli savollarni o‘rtaga tashlab chiqishlar qilishgan edi.

O‘zbekiston Futbol federasiyasi matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizayev avvaliga bu Qirg‘iziston terma jamoasi murabbiylar shtabi talabi bilan amalga oshirilganini aytib o‘tib, so‘ngra bu qarorga O‘zbekiston Futbol federasiyasi rahbariyati kelgani, o‘yinga chipta chiqarilishi va uning TV orqali translyasiyasi FIFA talablariga zid ekanligini bildirib, tushuntirish bergan edi.

Yurtimizda qishloqda o‘sib-ulg‘ayib, katta bo‘lgan, ayni paytda yuqori davlat lavozimlarida, xalqimizga foydasi tegayotgan turli kasblarda ishlayotgan insonlar juda ko‘p. O‘FF rasmiy xodimining bu alfozda mahalliychilik bilan haqorat so‘zlarning ishlatishi (garchi shaxsiy akkauntidan bo‘lsa ham) hech qanday etika va insoniylik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi.

Yoki muhtaram, «shaharlik» Igamberdiyev federasiya hisobidan dunyoning turli davlatlariga borib kelib, issiqina kabinetlarda o‘tirib, kibrlanib, havolanib, boshqalarga past nazar bilan tashlashga o‘rganib qoldimikan? Oyog‘i yerdan uzildimikan?

O‘zi O‘FFning xalqaro bo‘limi shuncha yillardan beri biror ishni qoyil qila olmayotgani, jumladan, milliy terma jamoamizning so‘nggi bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlari bekor qilingani ham bu yerda professional, o‘z ishining ustasi bo‘lgan inson ishlamayotganidan darak bermaydimi?

O‘zini shaharlik professional, boshqa kasb egalarini espi past, qishloqi, «jurnalist» hisoblaydigan odam o‘zi avvalo bir ishni qoyil qilib qo‘yishi kerak emasmi?

Biz jurnalistlar O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mutasaddilaridan, jurnalistlarni omma oldida haqorat qilgan ushbu xodimi o‘z nomidan jurnalistlardan rasman kechirim so‘rashi va uning bu so‘zlari Federasiyaning rasmiy sayti orqali — omma oldida yoritilishi, aks holda, uning ishdan bo‘shatilishini talab qilamiz.

Federasiyadagi bu muhim lavozim esa muxlislarga va terma jamoaga, umuman, futbolimizga foydasi tegadigan, jurnalistlar bilan shaffof va ochiq munosabatda bo‘ladigan, ularning shaxsiyatiga tegib, kasbiy malakasi ustidan mazax qilib, xaqoratlamaydigan xodimga berilishi kerak, deb hisoblaymiz.

Bir guruh sport jurnalistlari.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 12:34, 25.08.2017. O'qildi: 10154 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик