Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: «Barselona» transfer siyosatidagi 4 xato

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» yozgi transferlarda inqirozli holatga tushdi. Jamoani asosiy yetakchilardan biri Neymar tark etdi, uning o‘rni to‘ldirilmadi, rahbariyatning qarorlaridan norozi bo‘lgan boshqa yetakchi futbolchilar, Lionel Messi va Andres Inyesta ham ketish taraddudiga tushishgan. Jamoa muxlislari esa rahbariyatdan, ayniqsa, Bartomeuga norozilik bildirib, unga qarshi petisiya boshlagan.

NEYMARNING KETISHI

Shartnomasiga «atigi» 222 million tovon puli yozilgan yulduz futbolchiga bo‘lgan munosabatning shunga mos bo‘lmagani muammoni keltirib chiqardi. «Barselona» bu pulga boshqa Neymarni sotib ololmaydi. Klubning ushbu transferga bo‘lgan qarashi, o‘zini tutishidan bemalol bilish mumkinki, kataloniyaliklar Neymarni qo‘yib yuborishni aslo istashmagan. 

«Barselona» futbolchi bilan muzokaralar olib borishi, yangi shartnoma tuzishi mumkin edi. Neymarning fonida «Real»ning Garet Beylni qanday qilib hali ham ushlab tura olayotganiga tahsinlar o‘qish mumkin. (Beyl xuddi Neymar kabi, boshqa yulduzlar soyasida qolyapti, buning ustiga Madridda unga nisbatan salbiy munosabatlar juda ko‘p, Beylda zaxirada o‘tirib qolish xavfi bor - ammo baribir «Real» uni jamoada qolishga ko‘ndirishning uddasidan chiqa olyapti).

Yoki vaziyat qo‘lga olinishi va ushbu transfer yordamida foydali kelishuvlarga erishish mumkin edi. Masalan, Marko Veratti. «Barselona» ushbu futbolchiga anchadan beri qiziqib keladi. Uni yoki Di Mariyani, balki ikkovini Neymarning transferiga jalb etib, klub bu transferdan yuta olardi. Shunchaki, Neymarni biroz sabr qilishga undash va vaziyat hokimiga aylanib, o‘z manfaatlarini ilgari surish lozim edi xolos. Yoki transferning e’lon qilinishini kechiktirish orqali, Neymarning o‘rnini bosadigan nomzodlar transferi ustida ishlash uchun vaqt qo‘lga kiritish ham mumkin edi. Neymar ketib bo‘lgach, klubda katta pul borligini va Neymarning o‘rniga baribir futbolchi sotib olishga majbur ekanini bilgan holda, klublar juda katta narxlar qo‘ya boshlashdi. 

Qaysidir pallada klub vaziyatni qo‘ldan chiqardi va faqat pul bilan qolib ketdi. Bu voqea klubning imijiga ta’sir ko‘rsatdi va ojiz boshqaruv sifatida futbol olamida namoyon bo‘ldi. «Barselona»ga o‘tishni istayotgan Verattining Parijda qolishga qaror berishi ham aynan Neymarning transferidagi tomonlarning ambisiyasi ahamiyat kasb etdi. Qaysidir nuqtada Parij klubi «Barselona»dan qudratliroq ko‘rinib qolgandek edi go‘yo... 

TOR DOIRA BILAN CHEKLANISH

Klub Neymarning ketishi hamono, o‘z maqsadini oshkor qildi - Usmon Dembele va Filip Koutinyo. Dembelening transferi bir oyga cho‘zildi, Koutinyo esa, oqibatda «Liverpul»da qoladigan bo‘ldi. 

Bilasizmi, bunday uzoq muzokarali transferlarni ko‘p kuzatamiz. Farq shundaki, aksariyat hollarda har ikki klub bir biri tomon qadam tashlagan, faqat narxlarni kelishish qolgan bo‘ladi xolos. Bir taraf narxni tushirish, ikkinchi taraf esa, o‘z istaganini olish uchun ba’zida vaqtni cho‘zishadi. Beyl transferini eslasak, ikki oyga cho‘zilgandi. «Tottenhem» futbolchini sotishga rozi bo‘lgan va o‘z narxini qo‘ygan. «Real» uelslik futbolchi bilan kelishib olgan bo‘lsa-da, so‘nggi kunni, futbolchining narxi pasayishini kutdi. Inglizlar Beyl o‘rnini to‘ldirish uchun o‘yinchilar sotib olishda, «Real» esa Beylga yo‘l ochish uchun futbolchilarni sotishda davom etaverdi. Ziddiyat faqat pulning qanchaligida qolgan edi xolos, judayam «pojar» bo‘lib qolganda, tomonlardan biri o‘sha ma’lum summaga rozi bo‘lishi mumkinligidan xotirjamlik hukm surardi. 

Mana shu tarafdan Koutinyoning ham, Dembelening ham transferi xavfli edi - ya’ni sotuvchi klublar «Barselona» tomon qadam tashlamagandilar. Sotishni istamayotgandilar. Koutinyo bilan bo‘lganidek, so‘nggi daqiqada vaziyat teskari ketib qolish e’timoli saqlanib qolayotgandi. 

«Barselona» bu faktorni e’tiborga qolgan holda, faqat mana shu ikki futbolchi bilan cheklanmasdan, bir necha yo‘nalishda ish olib borishi maqsadga muvofiq edi. Eden Azar, David Silva, Anxel Di Mariya, Mesut O‘zil yoki yana boshqa futbolchilar ustida ham ishlashga kim xalaqit berdi? Sanchesni Venger raqobatchi klublarga berishni istamagani uchun olib qoldilar, u ham bemalol «Barselona»ga qo‘yib yuborilishi mumkin bo‘lgan, menimcha. So‘nggi kuni «Barselona» xaridor bo‘lgan Tomas Lemar uchun bir oy oldin 50-60 million ustida savdolashilgani esingizdadir? Faqat Bakoyokoning sotilishi «Monako»ning futbolchini sotish fikridan qaytardi va narx oshib ketdi. Ya’ni, «Barselona» o‘z vaqtida boshqa variantlar ustida ham ishlashi taqozo etilardi. 

MUZOKARALARDAGI NO‘NOQLIK

Ingliz klublari, «Bavariya» va «PSJ» so‘nggi yillarda bir qator yirik transferlarni amalga oshirdilar. O‘sha transferlarga e’tibor bering - aksariyat hollarda, har tomonlar bunday rozi, kelishuvlar ijobiy ruhda amalga oshirilgan. 

«Barselona»ning ushbu darichadagi barcha nishonlari - Koutinyo, Dembele va Veratti janjalli tus olganiga alohida e’tibor qaratish mumkin. Bularning barchasida qandaydir janjalli holat yuzaga keldi. Qarshi klub bilan samimiy muzokaralar stoliga o‘tirish, kerak bo‘lganda, klubning buyukligi va badavlatligini ilgari surgan holda, tashabbusga erishish va tezda hal qilish mumkin bo‘lgan vaziyatlarda ham, agentlar bilan yashirin kelishuvlar, futbolchilarni o‘z klubiga qarshi qo‘yish kabi noto‘g‘ri usullar qo‘llandi. Bu esa, futbolchiga egalik qilayotgan klublarning badtar jahlini chiqardi va futbolchini sotmaslikni prinsipial ahamiyatga olib chiqdi. Normal muzokaralarda Koutinyo ham, Veratti ham bemalol «Barselona» libosini kiyishlari mumkin edi, nazarimda.  

ORTIQCHA FUTBOLCHILAR

Neymarning o‘rniga futbolchi olib kelish mana shunday shoshilinch ko‘rinish olganinining sababi bor. «Barselona» so‘nggi yillarda dunyodagi eng kuchli to‘rt hujumchidan uchtasinining egasi ekani, qaysidir ma’noda jamoa zarariga ham ishladi. Mana shu yillarda kelajagi porloq bo‘lgan yosh yulduzlarni klubga olib kelish qiyinlashib ketdi. Sababi futbolchilar baribir «Barselona»da asosiy tarkib uchun kurashish imkonsiz ekanini bilib turishardi. (Misol uchun, o‘sha Usmon Dembele bilan ham klub qiziqqan, ammo Dembele «Borussiya»ni tanlab, bir yil oldin atigi 15 millionga nemis klubiga o‘tgan)

Natijada, klub so‘nggi 3 yildagi transferlar bilan maqtana olmaydi. Menimcha, «Plan B» uchun zaxirada o‘tirishga rozi bo‘ladigan o‘rtacha, ambisiyasi pastroq futbolchilarni yig‘ish o‘rniga, qisqa muddatli loyihalarga qo‘l urilsa bo‘lardi. Mario Gomes, Robin van Persi, Zlatan Ibrahimovich va boshqa bir nechta variantlar borki, yulduz maqomidagi tajribali futbolchilar qisqa muddatli shartnomalar bilan kelib, jamoaning aniq muammosini yecha olishar, zaxirada o‘tirishga ham rozi bo‘lishar edi. O‘z vaqtida «Barselona» bunday yechimlarga ko‘p bor murojaat qilgan - Xenrik Larsson yoki Tyerri Anrini eslang.  

Hozirda Pablo Alkaser, Arda Turon, Tomas Fermalen, Denis Suares, Andre Gomish kabi noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan transfer qurbonlari ko‘p. Bu vaziyatda nafaqat futbolchilar, klubning o‘zi ham «qurbon» bo‘lib qolmoqda. Afsuski, klub bu yo‘nalishda ham ko‘ngildagidek ish olib borolmadi va ortiqcha futbolchilarning hech bo‘lmasa, ijara shartnomalari asosida qutulishning uddasidan chiqa olmayapti. Bu ham klubda ortiqcha «bagaj»ga aylanib qolayotgani, transfer siyosatini chalg‘itayotgani tabiiy hol.   

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 07:35, 04.09.2017. O'qildi: 6981 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.