Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Devid Glennon: "MakGregorning texnikasi yaxshi bo‘lgan"

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / kurash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda aralash janglar ustasi Konor Makgregor boks ustasi Floyd Meyvezerga qarshi ringgga chiqdi. Jangning 10-raundida texnik nakautga uchragan Konor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

E’tiborli tomoni, Makgregor bir paytlar futbolchi bo‘lishni istagan ekan. Buni Irlandiyaning «Luders» jamoasi ustozi Devid Glennon rossiyalik jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

- Keling asosiy masaladan boshlaymiz: nahotki, Konor Makgregor jiddiy tarz­da futbol o‘ynagan bo‘lsa?

- Ha, bu haqiqat. Britaniyada futbol eng ommabop sport turi. Bolalar ko‘chalarda to‘p tepishni kanda qilishmaydi. Konor ham shular jumlasidandir. Avvaliga boshqalar kabi u ham ko‘cha maydonchalarida o‘ynagan. Keyin esa bizning futbol seksiya­mizga tashrif buyurgan.

- Makgregorni shug‘ullantirgan klub haqida ko‘proq ma’lumot bersangiz...

- Klub «Luders Seltik» deb ataladi. Aniqrog‘i, bu bolalar va o‘smirlar futbol maktabi. Bizning katta jamoamiz bo‘lmagan. Asosiy maqsad irlandiyalik yosh futbolchilarni tayyorlash bo‘lgan.

- «Luders Seltik»ning shaxsiy homiylari bo‘lganmi yoki klub davlatnikimi?

- Bu Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi loyihasi. Ular har yili ma’lum miqdorda pul ajratishadi va butun Irlandiya bo‘ylab iqtidorlarni topishni talab qilishadi.

Kelajakda ular «Yunayted»ning asosiy tarkibida o‘ynashga qodir bo‘lishlari kerak. Bunday birinchi loyiha Fergyuson tug‘ilgan Shotlandiyada paydo bo‘lgandi. Ke­yinchalik Irlandiya, Daniya, Portugaliya kabi mamlakatlarda ham bunday maktablar ishga tushdi.

- Konor o‘z intervyularida «Manchester Yunayted»ga muxlislik qilishini aytadi. Endi tushunarli.

- 90-yillar va 2000-yillarning birinchi yarmida Fergyuson jamoasi butun Britaniyada mashhur bo‘lgan. Jamoa hammadan ko‘p Angliya chempionligiga erishgan, Chempionlar Ligasida zafar quchgan va albatta, jamoa tarkibida ajoyib futbolchilar o‘ynardi.

Konorning «Yunayted»ga muxlislik qilishining asosiy sababi klub filialida o‘ynagani bilan bog‘liq bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Uning bunga Kin, Giggz, Bekxem, Van Nistelroy kabi futbolchilarning o‘yinlari majbur qilgan, hoynahoy.

- MMAning bo‘lajak yulduzini tarbiyalash qanday bo‘lgan?

- O‘shanda Makgregorning MMAda bunchalik nom qozonib, jahon darajasidagi yulduzga aylanishini hech kim xayoliga keltirmagandi. «Luders»da Konor kamtar yigit edi.

Lekin o‘shandayoq uning ko‘p o‘qishga, shug‘ullanishga ishtiyoqi baland edi. Futbol taktikasi borasida ko‘p savollar berardi. Hattoki, mashg‘ulotlardan keyin qolib, zarbalarni mashq qilardi.

- Konor qaysi pozisiyada o‘ynardi?

- Makgregor strayker bo‘lgan. Uni hamisha hujumga qo‘yardik va ko‘p gollarni urardi. U chempionatda «Luders» to‘purari bo‘lgan.

- Nimaning hisobiga o‘z gollarini urardi?

- Makgregorning texnikasi yaxshi bo‘lgan. Albatta, Ronaldinyonikiga o‘xshamasdi. Biroq Irlandiya darajasida ajralib turardi. Bizning futbolchilar atlet bo‘lishadi, pressing va bosh bilan o‘ynashni yaxshi o‘zlashtirishadi.

Konorda ham bunday jihatlar yaxshi rivojlangandi. Qo‘shimchasiga u to‘p bilan binoyidek muomala qilardi. Men Makgregorni Aleks Fergyusonning «Manchester Yunayted»i uchun tayyorlardim. Lekin buning o‘rniga u jang va «qafas»ni tanladi.

- Konor Makgregorning «MYU»ga emas, balki MMAga yo‘l olishiga kim sababchi?

- Uning o‘zi kuchini shu sport turida sinab ko‘rishga qaror qildi. Avvaliga «Luders» va yakkakurash mashg‘ulotlarini teng olib borishga harakat qildi. Bu esa futbolga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi.

U mashg‘ulotlarga kam kela boshladi. Keyinchalik Konorning to‘p­urarlik xususiyati pasayib ketdi. Natijada bittasidan voz kechishga qaror qildi.

- Makgregorning futbolni tugatishini qachon his qildingiz?

- U haftada bir marta mashg‘ulotlarga kelishni boshlaganida. Konorning oilasi boy bo‘lmagan. Otasi sportni tashlab, o‘qish va ishlashini talab qilgan. Keyinchalik shunday ham bo‘ldi.

Makgregor ishlashni boshladi va nafaqat futbol, balki yakkakurashlarni ham tashlab qo‘ydi. Vodoprovodchi bo‘lib ishlayotganida shunchaki o‘zi uchun zalda shug‘ullanardi. Futbol uchun esa vaqti va kuchi qolmagandi.

- U futbolni tashlab, MMAga o‘tib to‘g‘ri qaror qabul qilganmi?

- Menimcha, ha. Chunki u bo‘lmaganida hozir meni izlamagan bo‘lardinglar.

- MMA Irlandiyadan terma jamoa futbolchisini o‘g‘irlab oldimi?

- To‘g‘risi, bu savolga javob berish qiyin. Konorning Irlandiya terma jamoasi darajasidagi futbolchi bo‘lib yetishishi yoki yetishmasligini oldindan aytib bo‘lmasdi. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq edi. Ammo ishonchim komilki, u Irlandiya chempionatida bemalol o‘ynagan bo‘lardi.

- Makgregor futbol o‘ynaganida qiziqarli voqealar bo‘lganmi?

- Biz safarda juda qo‘pol jamoa­ga qarshi to‘p surganmiz. Burchakdan to‘p tepilayotganda, raqib hujumchisi darvozabonimizga atayin tashlanib, unga jarohat yetkazdi. Konor shu zahoti undan qasdini oldi.

Unga yana uch nafar raqib futbolchisi tashlandi. Ularni ham yer tishlatdi. O‘shanda Makgregor yakkakurashlarga jiddiy e’tibor qaratib, futbolni deyarli tashlab qo‘ygandi. Esimda, o‘yinda bir nechta qizil kartochkalar ko‘rsatilgan.

«Luders»da «Terminator» o‘ynayotgani to‘g‘risidagi xabar boshqa jamoalarga ham tez yetib bordi. O‘shandan keyin safar o‘yinlarini bemalol o‘tkazardik. Chunki raqiblar bizdan cho‘chib qolishgandi.

- Ayni paytda u futbolni kuzatib boradimi?

- Albatta. O‘tgan yili Irlandiya terma jamoasining Yevro-2016ga ketishidan oldin maxsus videomurojaat yo‘llagandi. Agar futbolni kuzatmaganida bu rolik uchun vaqtini sarflamasdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:40, 16.09.2017. O'qildi: 3822 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.