Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirabror Usmonov: "Birgina armon bilan ketyapman"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Nihoyat, orziqib kutilgan sana ham yetib keldi. 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federasiyasi nizomiga muvofiq, ushbu tashkilotning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi «Radisson BLU» mehmonxonasida tashkil etilgan tadbirni juda ko‘pchilik kutayotgandi. Chunki aynan shu marosimdan so‘ng o‘zbek futbolida yangi davr boshlanishi kerak edi.

O‘FF prezidenti lavozimidagi 12 yillik faoliyatdan so‘ng Mirabror Usmonov o‘z xohishiga ko‘ra, saylovga nomzodini qo‘ymaslikni lozim topdi.

Mirabror Zufarovichning o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston futboli taraqqiyoti yo‘lida ulkan hajmdagi ishlarni amalga oshirganini bugun hech kim inkor eta olmaydi.

Tarix uchun qisqa fursat ichida aytishga arzigulik yutuq va muvaffaqiyatlarga erishildi. O‘zbekiston futbolini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan qator Qaror va Farmonlar e’lon qilindi. O‘smir va yoshlar termalarimiz bir necha bor jahon chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etishdi.

Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi qit’amizning yetakchi jamoalarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Futzal bo‘yicha termamiz tarixda ilk bor jahon chempionatida qatnashdi. Nogiron-amputantlar termamiz bir emas, uch marotaba sayyoramizning tengsiz jamoa­si nomini qo‘lga kiritdi.

Ravshan Ermatov Osiyoning besh karra eng yaxshi referisiga aylandi. Ikkita mundialda jami 9ta o‘yinda hakamlik qilib, bu boradagi rekordni yangiladi va nasib qilsa, kelasi yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘z natijasini yanada yaxshi­laydi. Bundan tashqari, yurtimizda jahon talablariga javob beradigan stadionlar bunyod etildi, mavjudlari rekonstruksiya qilindi.

Professional futbol bilan parallel ravishda havaskor hamda ommaviy futbol rivojiga ham katta e’tibor qaratildi. Bugungi kunda yurtimizda biror mahalla yo‘qki, u yerda futbol maydonchasi bo‘lmasa.

Mahalla yoshlari, bolalar bu mo‘’jaz inshootlarda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishyapti.­ Shu tariqa sog‘lom turmush tarzini yanada qaror toptirish ham ta’minlanyapti. Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi islohotlarning amalga oshirilishi, professional futbolda qo‘lga kiritilgan yutuqlarda Mirabror Usmonov­ning hissasi va xizmati katta bo‘ldi.

Bu hech qanday balandparvoz gaplar emas. Haqiqatan ham, 12 yil mobaynida katta hajmdagi ishlar qilindi. Ha, birgina milliy termamizning jahon chempionatiga chiqa olmagani dillarni xira qilyapti.

Buni Mirabror Zufarovich o‘z so‘zida ham aytib o‘tdi. Hattoki, mazkur holatni o‘zining armoni sifatida ham qabul qildi. Ushbu mavzuga keyinroq yana to‘xtalamiz.

Endi ana shu boshlangan ishlarni mantiqan davom ettirish kerak. O‘ylaymizki, O‘FFning yangi rahbariyati bu vazifani uddalaydi.

Har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan hisobot-saylov konferensiyasida oliy liga klublari vakillari­, murabbiylar, viloyat futbol federasiyalari mutasaddi­lari, OAV xodimlari, umuman, keng futbol jamoatchiligi jam bo‘ldi.

Tadbir boshlanishidan oldin tashkil etilgan kofe-breykda delegatlar bir-birlari bilan O‘FFning yangi prezidenti kim bo‘lishini o‘zaro muhokama qilishdi.

Nihoyat, zalga Mirabror Usmonov boshchiligida O‘zbekiston­ Paralimpiya assosiasiyasi hamda «Paxtakor» klubi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, «Paxtakor» jamoasi prezidenti Bobur Shodiyev, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, «Bunyodkor» klubi bosh direktori Murod Aliyev kirib kelishdi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Kun tartibidan ma’muriy masalalar, prezident murojaati, O‘FF prezidentining o‘tgan yillar mobaynida olib borgan ishlari hisoboti, moliyaviy va buxgalterlik hisobotlari, Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra mustaqil auditorlarni tayinlash va eng asosiysi, O‘FFning yangi prezidenti, vise-prezidentlari va ijro­qo‘m a’zolarini saylash kabi masalalar o‘rin oldi.

An’anaga muvofiq, O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayev­ tadbirni boshlab berdi. Sardor Hamidullayevich­ o‘z so‘zida anjumanga FIFA va OFKdan ham vakillar kelishganini ma’lum qildi.

Aynan shu ikki rasmiy vakil xalqaro kuzatuvchi vazifasini bajarishdi. Saylov konferensiyasida jami 80 nafar delegatning ishtirok etishi rejaga kiritilgan bo‘lib, ulardan 76 nafari yetib kelishdi.

Qolgan 4 nafari uzrli sabablarga ko‘ra tadbirda qatnashishmadi. Dastavval, O‘FF revizion komissiyasi raisi G‘ulomjon Musayev­ federasiyaning o‘tgan yillardagi buxgalterlik balansi, daromad va xarajatlar haqida ma’lumot berdi. Musayev federasiya ishini moliyaviy jihatdan ijobiy baholadi.

Lekin bu mutasaddi ruscha nutqi mobaynida biror marta muayyan sonlar, ya’ni summalar haqida gapirmadi. Aslida, hisobot O‘FFning aynan moliyaviy masalalariga taalluqli edi.

Mayli, pul masalasi har doim nozik bo‘lgan va shu kabi yig‘ilishlarda uni chetlab o‘tishga urinishgan. Bu safar ham ayni holat takrorlandi.

Sardor Rahmatullayev «Sizlarga bu haqda ma’lumot berilgan», deganda jurnalistlarni nazarda tutmagani aniq. Chunki bundan biz mutlaqo bexabarmiz. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, federasiyaning so‘nggi yildagi xarajatlari 70 mln. dollarni tashkil qilgan.

Shundan so‘ng so‘z navbati delegatlarga berildi. Ular nomidan Buxoro viloyati futbol federasiyasi vise-prezidenti To‘ra Qo‘ldoshev, «Nasaf» klubi bosh murab­biy­i­­,­ Mustaqilligimizning 26 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoni bilan taqdirlangan Ro‘ziqul Berdiyev so‘zga chiqishdi.

To‘ra Qo‘ldoshev: - Mirabror Usmonov rahbarligi mobaynida Buxoro viloyati futbolida ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Buxoro shahrida mintaqaviy futbol akademiyasi qurilishi boshlandi.

Shu kunlarda «Buxoro»­ klubi qoshida akademiya tashkil etish jarayoni davom etmoqda. Klub stadioni shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Bularning barchasida Mirabror Zufarovichning xizmatlari katta bo‘lgan.

Fursatdan foydalanib, ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yangi ish boshlash arafasida turgan federasiyamiz prezidenti va uning yordamchilariga esa kuch-quvvat tilayman.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Men ham, birinchi navbatda, Mirabror Zufarovichga sog‘lik tilayman. Biz murabbiylar hamda futbolchilar hamisha sizning ishonchingizni his etib kelganmiz.

Ha, yutuqlar bilan birga o‘ziga yarasha kamchiliklar ham kuzatildi. Lekin muvaffaqiyatlarimiz qo‘yilgan tarozining bir pallasini baribir bosadi.

Birgina Qashqadaryo futboli misolida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda o‘zgarishlarni aytib o‘tish kifoya bo‘lsa kerak. O‘zbekiston - iqtidorlar yurti va biz murabbiylardan ularni o‘z vaqtida aniqlab, salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish talab etiladi.

Shundan keyin so‘z navbati O‘FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolovga berildi. Futbolimiz faxriysi ham o‘z so‘zida Mirabror Usmonov manziliga iliq fikrlar bildirdi.

Jalolov bu so‘zlarning shunchaki yaxshi ko‘rinish maqsadida, ya’ni laganbardorlik ma’nosida aytilmayotganiga alohida urg‘u berdi.

Nihoyat, konferensiyaning eng asosiy mavzusiga nav­bat yetib keldi. O‘FFga yangi rahbar saylandi. Prezidentlikka ko‘rsatilgan yagona nomzod - Umid Ahmadjonov ekanligi e’lon qilindi. Unga 76 nafar delegatning bari o‘z ovozini berdi.

Shundan so‘ng «Bunyodkor» bosh direktori Murod Aliyev so‘zga chiqib, Umid Ahmadjonov­ sport kishisi ekanligi, u bilan ko‘p yillar birga ishlagani va uning salohiyatiga ishonch bildirayotganini ta’kidladi.

Faoliyatini Bahodir Maxsitov sport vaziri bo‘lgan davrda boshlagan Ahmadjonov shu kungacha turli lavozimlarda ishlab keldi. O‘FFning yangi prezidenti­ o‘z so‘zida bildirilgan ishonchni oqlash va yangi marralarni birgalikda zabt etishga va’da berdi.

Umid Ahmadjonov: - Avvalambor, ishonch bildirganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. O‘z o‘rnida o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqishga va’da beraman. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar yetarli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida barcha sohalar kabi, sportga, xususan, futbolga katta e’tibor qaratilyapti. Futbolimizni yanada yuksaltirishga harakat qilaman.

Shundan so‘ng federasiyaning yangi vise-prezidentlar­i ham tayinlandi.

O‘FFning birinchi vise-prezidenti etib O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi Achilbay Jumaniyozovich­ Ramatov, vise-prezident lavozimlariga esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Razzoqovich­ Bobojonov hamda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti rektori Shoakram Xolmatovich Isroilov saylandi.

To‘lagan Isoqov O‘FF tarkibiga faxriylardan Narimon­ Jalolovni qo‘shishlarini talab qildi. Isoqov­ faxriylarni nazardan chetda qoldirmaslikni so‘rab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning faxriylarni qo‘llab-quvvatlash, ulardan doim maslahat olish kerak, degan gaplarini keltirib, O‘FFga kichik e’tiroz bildirdi. Uning iltimosi va talabi ham inobatga olindi. Narimon Jalolov O‘FFning ijroqo‘m a’zoligiga kiritildi.

Shuningdek, O‘FF ijroiya qo‘mitasining yangi a’zolari ham saylandi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

Qurbonov Rustam Javdatovich - O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi

Shodiyev Bobur Kabulovich - «Paxtakor» PFK prezidenti­

Aliyev Murod Boqiyevich - «Bunyodkor» PFK bosh direktori­

Rajabov Mansur Qo‘chqorovich - «Lokomotiv» PFK prezidenti

Yarashev Komil Dehqonovich - O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti prorektori

Jalolov Narimon Jalolovich - O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi

Tadbir davomida O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror­ Usmonov ham so‘zga chiqdi.

Mirabror Usmonov: - Hozir barchaning so‘zini ting­ladim. Yutuqlar haqida gapirdinglar, lekin kamchiliklar ham juda ko‘p. Men O‘FF prezidentligiga kelganimda terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqishga va’da bermaganman.

Chunki o‘sha paytda bunday poydevor bo‘lmagan. Yangi rahbariyat tanqiddan qochmasdan, ularga quloq tutsin. Jurnalistlar doim to‘g‘ri tanqid qilishadi, ularni eshitish kerak. Tanqidlar ham har xil bo‘ladi va ularning ko‘pi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

Ishlagan odamni tanqid qilishadi. Birgina armonim bor. U ham bo‘lsa terma jamoamiz men ishlagan davrda jahon chempionatiga chiqa olmadi. O‘ylaymanki, bu vazifani yangi rahbariyat amalga oshiradi. Ularga omad tilayman.

Shundan so‘ng nutq so‘zlagan Rustam Qurbonov ba’zi muammo va kamchiliklar haqida to‘xtaldi. Ayniqsa, viloyat­lardagi futbol internatlari, maktablari, xususan, bolalar futbolidagi kamchiliklar haqida gapirib o‘tdi. Tadbir so‘nggida Rustam Qurbonov Sport qo‘mitasi nomidan Mirabror Usmonovga milliy an’analarimizga muvofiq, zarbof to‘n kiydirdi.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 14:08, 17.09.2017. O'qildi: 8417 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.