«Yuventus» klubi Italiya chempionatining ushbu mavsumida ketma-ket to‘rtinchi g‘alabaga erishdi. Turinliklar bugun «Sassuolo» mehmoni bo‘lishdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Yuve» safida o‘zining 100-o‘yinida maydonga tushgan Paulo Dibala xet-trikka erishishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik futbolchi bahsning 16, 49 va 63-daqiqalarida o‘z hisobiga gollar yozib qo‘ydi. Mezbonlar bitta gol bilan javob qaytara olishdi.
"Inter" va "Yuventus" klublari 12 ochko bilan A seriya jadvalini boshqarib borishmoqda.
Italiya A seriyasi, 4-tur
Sassuolo – Yuventus 1:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 16 Dibala, 0:2 – 49 Dibala, 1:2 – 51 Politano, 1:3 – 63 Dibala.
Sassuolo – Konsili, Letsxert, Kannavaro, Adjapong, Acherbi, Sensi, Massitelli (Dankan, 58), Politano (Raguza, 64), Manyanelli (Matri, 78), Lirola, Falchinelli.
Yuventus – Buffon, Rugani, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Bardzali, 72), Kyellini, Kuadrado, Matyuidi, Pyanich, Manjukich, Dibala (Bernardeski, 85), Iguain (Duglas Kosta, 78).
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (31), Adjapong (56), Bernardeski (86).