Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy ligada «Qo‘qon ertagi» yakunlanib borayotgan ko‘rinadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yetakchilar yoppasiga ochko yo‘qotgan, ularni ta’qib etayotgan klublar esa g‘alaba qozongan tur kimnidir befarq qoldirishi mumkinmi?

Aslo. Shu mantiq bo‘yicha qarasak, 21-turning o‘ziga jalb qiladigan jihatlari juda ko‘p. Ortda qolgan navbatdagi tur qo‘qonlik muxlislarga alam bag‘ishlagan bo‘lsa, poytaxtliklarni ancha quvontirgani tayin.

Zero, «Qo‘qon-1912» mavsum hisobidan 5-mag‘lubiyatini tan oldi. No‘’mon Hasanov jamoasi shundan 3tasini ikkinchi davrada qabul qilganini e’tiborga olsak, «Qo‘qon ertagi» yakunlanib borayotgan ko‘rinadi.

Boz ustiga, «Paxtakor» va «Bunyodkor» jamoalari sinxron ravishda g‘alaba qozonib, jadvalda vodiyliklardan baravariga o‘zib ketishdi.

Ammo turning markaziy bahsi shubhasiz, «Nasaf» va «Lokomotiv» o‘rtasida kechdi, baribir. Garchi ikki klubni ochkolar bo‘yicha kattagina farq ajratib turgan bo‘lsada, bu borada hech kim biz bilan bahslashmasa kerak...

YETAKCHILARGA «OG‘IRLIK»

Mavsumning katta qismida 2-o‘rinni egallab turgan, keyinchalik esa bronza medalining «doimiy» sohibi «Nasaf» bilan tengma-teng odimlagan «Qo‘qon-1912» jamoasi 21-turda natija masalasida ko‘ngilsizlikka uchradi. No‘’mon Hasanov tomonidan tuzilgan ishtiyoqi baland drujina «Mash’al»ni qabul qilib, 2:4 ko‘rinishida ojiz qoldi. Qo‘qonliklar shu mag‘lubiyat ortidan kuchli uchlikdan birdaniga 3 pog‘ona pastlab, 6-qatorga tushishdi. O‘z o‘rnida, Aleksandr Xomyakov jamoasining g‘alabali seriyasi 4ta va mag‘lubiyatsiz odimi 7ta o‘yinga yetganini ham aytish kerak. «Buxoro» esa 2-o‘ringa mustahkam joylashib olish imkoniyatidan foydalanolmadi. Chunonchi, Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari o‘z maydonlarida «Dinamo» darvozasiga yo‘l topa olishmadi - 0:0. Xullas, buxoroliklar o‘ta qimmatli 2 ochkodan mosuvo bo‘lishdi, shunga qaramay, jadvaldagi 2-pog‘onani saqlab qolishdi. Bu jamoaga ham mag‘lubiyatsiz seriya qo‘l kelmoqda. Biroq 7ta o‘yindan buyon yutqazmayotgan «Buxoro» mavsumni sovrinli o‘rinlarda yakunlashni istasa, qolgan turlarda bu kabi kutilmagan yo‘qotishlardan saqlanishi shart. Chunonchi, Ulug‘bek Baqoyev shogirdlarini oldinda «Paxtakor» (o‘z maydonlarida), «Lokomotiv» va «Bunyodkor» (safarda)ga qarshi kechadigan murakkab o‘yinlar kutib turibdi. Boz ustiga, keyingi tur doirasida «Mash’al» bilan Muborakda bo‘ladigan o‘yin ham salkam derbi maqomida. Ha, shularni nazarda tutsak, mavsumning yakuniy qismi «Buxoro» uchun oson kechmasa kerak-ov...

TUR YO‘QOTISHI YOKI VOQELIGI

O‘tgan haftaning markaziy bahsi shubhasiz, «Nasaf» va «Lokomotiv» o‘rtasida kechdi. Bu uchrashuv qarshiliklarning joriy mavsum ham kuchli uchlik uchun chinakamiga kurashishlari yoxud bunday imkoniyatni shubha ostida qoldirishlariga oydinlik kiritib berishi kutilgandi. «Ajdarlar» ushbu imtihondan munosib tarzda o‘tishdi, demak, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi poytaxt triosi Q «Buxoro»ga oxirigacha kurash taqdim etadi. Dragan Cheranning o‘yin boshida va oxirida urgan gollari o‘laroq, «Lokomotiv» mavsum badaliga 3-marta maydonni boshi egik holda tark etdi. Ammo «temiryo‘lchilar» chempionlik kurashida ko‘p narsa yo‘qotishganini ta’kidlash qiyin. Boisi, ular eng yaqin ta’qibchidan naq 8 ochko oldinda borishyapti, 3-o‘rindagi jamoa esa 10 ochko orqada. Shunday ekan, «temiryo‘lchilar»ning oltin medaldan mosuvo qilish uchun yana kamida 3-4ta jamoa «Nasaf» kabi jasorat ko‘rsatishi talab etiladi. Ammo hozirda buni tasavvur etishning o‘zi fantastika. Yana kim biladi...?

 

BRONZAMAT

Joriy mavsum oliy ligada asosiy kurash chempionlik emas, balki «kumush» va «bronza» uchun kechishi oydinlashganiga ancha bo‘ldi. Shunga monand 21-tur yakuniga kelib, kuchli uchlikka kirish uchun naq 7ta (!) jamoa da’vogarlik qilib turibdi va bu da’vo haqiqatga ancha mos keladigani, xolos. Zero, «Olmaliq», «Metallurg» va «Qizilqum» klublari ham kurashga qo‘shilib qolishi hech gap emas. Xullas, ketma-ket 3ta o‘yinda g‘alaba qozongan jamoaning sovrindorlar qatoriga kirib olishi endilikda yangilik sanalmaydi. Ha, mavsum oxirlagan payt chempionatda shunday yangi poyga boshlandi... Xususan, o‘tgan tur kuchli uchlikdan umidvor aksar jamoalar uchun omadli keldi. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Neftchi» bilan olishdi va «Qosimov - Abramov» dueli yana Mirjalol Qo‘shoqovich ustunligida tugadi. Xullas, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan  «qaldirg‘ochlar» o‘z ochkolari sonini 35taga yetkazib, 5-o‘ringa sakrashdi. Shuningdek, «Paxtakor» ham bir pog‘ona yuqoriladi. Shota Arveladze jamoasi bu safar «Sho‘rtan» darvozasiga 3ta javobsiz gol yo‘llab, birinchi davradagi mag‘lubiyatga munosib javob berdi. E’tiborli tomoni, Igor Sergeev bu safar ham gol urdi. To‘g‘ri, u mavsum hisobidan 9-golini nishonlamaganida ham, «Paxtakor» katta ehtimolki, 3 ochko olardi, baribir. Boisi, birinchi bo‘limda Azim Ahmedov va Vladimir Kozak bir-biridan chiroyli 2ta gol muallifiga aylanib ulgurishgandi. Umuman olganda, shu bilan «Paxtakor»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 7ta o‘yinga yetdi.

SHKVIRIN «QIZILQUM»GA QARSHI

Asosan musobaqa jadvali o‘rta qismida yurishga odatlangan jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda kutilmagan natija kuzatilmadi, hisob. Deylik, «Navbahor» Namanganda «Metallurg»ni mehmon qilib, Aziz Turg‘unboyev urgan 2ta gol evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq qo‘lga kiritilgan 3 ochko Ilhom Mo‘minjonov jamoasining jadvalda yuqorilashiga kifoya etmadi. Chunki tepadagilar ham g‘alaba qozonishdi. «So‘g‘diyona» esa «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvda qimmatli ochkolarni boy berdi. Gap shundaki, jizzaxliklar avvaliga Sanjar Rashidov goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq ikkinchi bo‘limda tajribali Akram Bahriddinovning o‘rtadagi farqni yo‘qqa chiqarishiga to‘sqinlik qila olishmadi. Bilasiz, Igor Shkvirin murabbiylik faoliyatini aynan «Qizilqum»da boshlagan edi. Endi esa «So‘g‘diyona»ni sobiq klubiga qarshi maydonga boshlab tushib, 1 ochko bilan cheklandi. Shunday bo‘lsada, jizzaxliklarning joriy mavsum oliy ligada qolish yo‘lida katta xavfga duch kelishlari ehtimoli juda past. Ammo Shkvirindek murabbiyning quyi pog‘onalarga rozi bo‘lishi ham g‘alati ko‘rinishi turgan gap.

«SENSASIYA»GA YAQIN, AMMO...

Chempionat autsayderi - «Obod»ning ishlari sira yurishmayapti-da. Aslida jamoaning o‘yini chakki emasdek, ammo natija yo‘q. Andrey Demchenko shogirdlari bu safar Olmaliqdan alam bilan qaytishdi. Axir ular nafaqat ikkinchi davra, balki oxirgi 9ta o‘yin badaliga ilk ochko ishlashga yaqin kelishgandi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Dilshod Jo‘rayev aniq zarba bilan g‘alabani «Olmaliq» tomon og‘dirdi. Vaholanki, agar Viktor Kumikov jamoasidan darvozabonning eng yaxshi futbolchi sifatida ko‘rsatilganini hisobga olsak, «Obod» hujumda ham chakki o‘ynamagandi.

TUR QAHRAMONI - «NASAF» YOXUD CHERAN

«Lokomotiv» joriy mavsum bungacha 2 martagina mag‘lubiyatga uchragandi. Mana, «temiryo‘lchilar» o‘tgan hafta yana bir bora mag‘lublik qismatini tan olishdi - «Nasaf» oldida. Esingizdami, avvaliga «Sho‘rtan» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni yengish asnosida hafta qahramoni maqomini olgandi. Keyin «Bunyodkor» ham ayni shunday ishi uchun tur qahramon sifatida e’tirof etildi. Shunday ekan, nima uchun «Nasaf»ni ham amaldagi chempion va karvonboshini taslim qilgani evaziga alohida maqtamaslik kerak? Shuningdek, 3 ochko taqdirini uzil-kesil hal qilgan «dubl» muallifi Dragan Cheran ham hafta qahramoni maqomiga munosib. Demak, tanlovni o‘z hukmingizga qoldiramiz - xohlang, «Nasaf», xohlang Cheran...

Tur iqtiboslari

- O‘yinni qanday ta’riflashga hayronman, izoh berishga ojizman. Qisqa aytganda, biz umuman futbol o‘ynamayapmiz, jamoam raqibga mutlaqo qarshilik ko‘rsatmayapti, kurash taklif etmayapti... Vadim Abramov («Neftchi» bosh murabbiyi).

- Suyunov saviyasi yuqori darvozabon. Biroq maydonga 2 nafar darvozabonni tushirish imkoniyati yo‘q. Shota Arveladze («Paxtakor» bosh murabbiyi).

- Agarda ozchilik bo‘lib gol urishimizni bilganimda, o‘yinni 10 nafar futbolchi bilan boshlardim... Rustam Mirsodiqov («Metallurg» bosh murabbiyi)

- Afsuski, «Qizilqum»ning qizil kartochka ko‘rinishidagi «sovg‘a»sidan samara chiqarolmadik... Igor Shkvirin («So‘g‘diyona» bosh murabbiyi).

Tur Statistikasi

O‘yin: 8

Gol: 19  (o‘rtacha: 2,37..)

Tomoshabin: 41975 (o‘rtacha: 5246...)

Mezbonlar g‘alabasi: 5

Mehmonlar g‘alabasi: 1

Durang: 2

Yirik hisobli g‘alaba: 1 («Paxtakor» - 3:0)

Eng  sermahsul o‘yin:  «Qo‘qon-1912» - «Mash’al» (6ta gol)

Ogohlantirish: 35 (o‘rtacha: 4,37...)

Chetlatish: 2 (o‘rtacha: 0,25)

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Navbahor» - «Metallurg» (6ta «sariq» Q 1ta «qizil»)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Buxoro» - «Dinamo» (16560)

Penalti: 2 (2tasi ham samarali)

«Dubl»: 3 (N.Pavlenko, H. Murtazoyev, «Mash’al»; A.Turg‘unboyev, «Navbahor»)

«Xet-trik»: -

 Avtogol: -

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 17:08, 19.09.2017. O'qildi: 3694 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик