Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolni qanday ko‘taramiz? - O‘FF bayonoti

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi rahbariyati mamlakatda futbolni tubdan isloh qilishning yangi rejalarini ishlab chiqmoqda. Federasiya prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruhi 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini ishlab chiqish asnosida futbolni ko‘tarib turadigan to‘rtta asosiy tamoyilga e’tiborni kuchaytiradi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida tashkilotga yangi prezident etib saylangan Umid Ahmadjonov mamlakat futbolini birgalikda ko‘tarishiga umid bildirgan edi.

“Ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa keyingi xalqaro musobaqalarda va Olimpiya o‘yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda, o‘zbek futbolini ko‘tarishga va’da beraman. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko‘taramiz degan umiddaman”.

Umid Ahmadjonov

O‘FF Prezidentining futbolni ko‘tarish haqidagi nutqida futbolni rivojlantirishning 4 ta ustunini ko‘rish mumkin.

Birinchi ustun bu musobaqalar bo‘lib, O‘FF bayrog‘i ostidagi musobaqalar o‘tkazilishi saviyasini OFK standartlari holatiga olib kelish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish birlamchi vazifa qilib qo‘yiladi.

Ikkinchi ustun esa, texnikaviy rivojlantirish masalalar bo‘lib, unga bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbol, ayollar futboli, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi vazifalar kiradi.

Uchinchi ustun esa PFL va hududiy federasiyalar faoliyatini kuchaytirish bo‘lib, unda asosiy e’tibor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalarini o‘tkazish tizimini tubdan isloh qilish, O‘FFning a’zolari hisoblangan 14 ta hududiy federasiyaning mamlakat futbolini rivojlantirishdagi roli va dahldorligini oshirishga qaratiladi.

To‘rtinchi ustun esa, xalqaro munosabatlar bo‘lib, bu jabhada asosan FIFA, OFK, UYEFA va boshqa konfederasiyalar, hududiy federasiyalar, milliy federasiyalar bilan o‘zaro hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Federasiyaning yangi rahbariyati ushbu 4 ustunga eltadigan zinapoyalardagi boshqa sohalarni ham takomillashtirish yo‘lidan boradi. Bu hakamlar, jamoatchilik bilan aloqalar, moliya, yuridik va xizmat ko‘rsatish masalalari kabi uzviy bog‘liq sohalardir.

 

BUGUNGI KUNDAGI USTUVOR MASALALAR

Federasiyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor.

Birinchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir. Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilamiz.

Ikkinchisi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishdir. O‘FF strukturasida futboldagi korrupsiyani oldini olish uchun ma’sul bo‘lgan maxsus bo‘linma, shuningdek, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘lim va yangi qo‘mita ish boshlaydi. Bu bo‘linma va qo‘mita faoliyatini O‘FF Prezidenti shaxsan nazorat ostiga oladi.

Uchinchisi, bolalar va o‘smirlar futbolini qing‘irliklardan tozalash bo‘lib, yoshlarning futbol maktablari va klublariga joylashishida, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka yo‘l qo‘yilmasligi va sport prinsiplarining birlamchi bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Bundan tashqari, futbolchilarning yoshlarini soxtalashtirish kabi illatga qarshi kurashish bo‘yicha ham yangi chora-tadbirlar belgilab olinadi. Federasiyaning “Har bir bolaga bittadan to‘p” nomli yangi rivojlantirish dasturi ishga tushiriladi.

To‘rtinchisi,federasiya ishining shaffofligini ta’minlash va shu orqali fuqarolarning federasiyaga ishonchini ortishiga erishishdir. Aksariyat murojaatlarda federasiya xalqning mablag‘ini suiste’mol qilganlikda ayblanadi. Fuqarolarda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri tasavvurni yo‘qotish uchun federasiya moliyalashtirish uchun mablag‘ni qayerdan olib, qayerga sarflashini shaffoflashtirishni ta’minlaydi.

Beshinchisi, terma jamoalar, chempionat, kubok va birinchilik o‘yinlariga elektron chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yish orqali ishqibozlar chiptalarni o‘z narxida va teng taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yishdir. Bu bilan chiptalar savdosiga chayqovchilarning ta’sirini kamaytirish, hududlardagi ishqibozlarning o‘z uylaridan turib o‘yinlarga chipta sotib olishini ta’minlash kabi qulayliklarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan.

O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu haftada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashadi. Keyingi haftada esa O‘FFda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar yuzasidan futbol jamoatchiligiga axborot beriladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:13, 19.09.2017. O'qildi: 6731 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик