Ispaniya La ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Jirona" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga yetdi.
Kutilganidek uchrashuv, "Barselona" ustunligida o‘tdi va unda kataloniyalik 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
17-daqiqada Messining burchakdan uzatgan to‘pini Xordi Alba darvoza tomon yo‘naltiri, to‘p "Jirona" futbolchisi Aday Benites tegib, darvoza to‘ridan joy oldi.
48-daqiqada Aleish Vidalning "Barselona"ning ikkinchi golini urdi. Qiziqarlisi, ikkinchi gol ham avtogol sifatida qayd etildi va darvozabon Gorka Iraysos nomiga yozildi.
O‘yindagi so‘nggi golni esa 69-daqiqada Luis Suares kiritdi. Urugvaylik hujumchi gol urish bilan birga o‘zining "Barselona" safida 100-o‘yinini o‘tkazdi.
Uchrashuv har ikki jamoaning xavfli hujumlari bilan davom etib turdi, ammo kichik "Kataloniya derbisi"da boshqa gol kuzatilmadi va shu tariqa "Barselon"" o‘z hisobiga yana uch ochko qo‘shib Ispaniya chempionatida yetakchilikni mustahkamlab oldi.
"Jirona"– "Barselona" 0:3(0:1)
Gollar: 0:1 – 17, avtogol Aday, 0:2 – 48, avtogol Iraysos, 0:3 – 69 Suares.
Jirona - Iraysos, Xuanpe, Espinosa, Ramalyo, Aday (Moxika, 69), Portu, Aleysh Garsiya, Duglas Luis, Pons, Maffeo (Moreno, 78), Olunga (Kayode, 60).
Barselona - ter Stegen, Maskerano, Alba, Aleish Vidal (Andre Gomesh, 81), Umtiti, Serxi Roberto, Rakitich, Paulinyo (Buskets, 67), Inyesta (Denis Suares, 80), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Maffeo (23), Aday (41), Kayode (83).