Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Terma jamoamizni boshqargan so‘nggi to‘rt murabbiyning to‘rt sifati

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbek futboli hozir uzoqqa yugurish oldidan biroz tin olib turgan atletga o‘xshaydi. Gavda biroz oldinga egilgan, nigohlar yerga qadalgan va ruxsat berilgani hamono oldinga otilishga shay.

Har holda federasiya rahbariyati o‘zgargandan so‘ng hamma yaxshi yangilik kutmoqda. Eng intiq qilgan xabar esa, shubhasiz, O‘zbekiston termasi bilan bog‘liq. Milliy jamoaga qachon yangi bosh murabbiy tayinlanadi?

Asosiy masala shunda. Ammo shu bilan birga boshqa mulohaza ham bor - yaqin orada termamizni hech qanday musobaqa kutmayapti.

Shunday ekan, o‘yini yo‘q jamoaga murabbiy olib kelish shartmi? Shart bo‘lsa, ushbu vazifaga qanday mutaxassis tayinlanishi lozim?

BIZGA KIM KERAK?

O‘zbekiston termasiga qanday murabbiy darkorligi haqida gapirishdan oldin, uning qanday sifatlarga ega bo‘lishi shartligini ham ko‘rib chiqsak, zarar qilmasa kerak. Buning uchun o‘tgan yillar mobaynida milliy jamoaga ustozlik qilgan mutaxassislar nomiga murojaat etishga to‘g‘ri keladi. So‘nggi uchta bosqichda termamizni mahalliy murabbiylar boshqardi. Ular ishlagan davrda natijaga erishilmagani boshqa masala. O‘zbek futbolidan yetishib chiqqan murabbiylarning kamchiliklari bilan birga, yaxshi jihatlari ham bo‘lgani tayin. Aynan shu ikki jihatni tahlil qilish orqali, kimga nima yetishmaganini aniqlab olsak.

Demak, ishni avvalo, Rauf Inileevdan boshlaymiz. Zero O‘zbekiston terma jamoasida xorijlik murabbiylar erasi tugab, mahalliy mutaxassislarga ishonch bildirila boshlanganda «boshqaruv pulti» aynan Inileevga topshirilgan edi.

INILEEV

Rauf Inileev taktik jihatdan juda aqlli murabbiy hisoblanadi. Har holda hamma ham Osiyoning eng yaxshi murabbiyi, degan e’tirofga sazovor bo‘lavermaydi.

Aynan uning davrida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zgacha futbol namoyish etishni boshlagan edi. Inileevning g‘oyalarini futbolchilar juda yaxshi tushunishgan.

Xususan, Maksim Shaskix boshqa hech bir murabbiy qo‘l ostida bu qadar yengil o‘yin namoyish etmagandi. Ayniqsa, 2007 yilgi Osiyo kubogi hamon yodimizda saqlanadi.

Ammo shu bilan birga Rauf Talgatovichning kamchiliklari ham bis-yor edi. Uning davrida terma jamoaga «temir qo‘l» yetishmayotgani sezilib qoldi. Taktika bo‘lgani yaxshi, ammo murabbiy futbolchilarning bor imkoniyatini «sug‘urib» olmas ekan, nazariy bilimning foydasi ko‘p sezilmaydi. Inileevga aynan shu narsa yetishmadi.

U futbolchilarni har qanday holatda ham maydonga bor kuchni tashlab chiqishga majbur etolmadi. Oqibatda terma jamoa og‘ir vaziyatga tushib qolganda murabbiy ham, futbolchilar ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘-yishdi. Agar Inileev taktik bilim bilan birga biroz qattiqqo‘llikni ham o‘zlashtirganda, hozirgacha terma jamoani boshqarayotgan bo‘larmidi?!

QOSIMOV

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olganda o‘zbek futbolida eng katta hurmat va ehtiromga ega inson edi. Bu gapni hech ikkilanmay ayta olamiz. Ammo bu ehtirom yuz foiz futbolchilik faoliyati bilan bog‘liq. O‘zbekiston futbol federasiyasining ishonch bildirishiga ham aynan shu omil sabab bo‘lgan.

Xullas, Mirjalol Qosimov futbolchilik davrida orttirgan obro‘-e’tibori bois O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga tayinlandi. Va shu narsa katta muammolarni keltirib chiqardi.

Har qanday sohada mas’uliyatli lavozimga tayinlanadigan inson, avvalo, bunga munosib bo‘lishi lozim. Shu joyda ishlashga haqli ekanini yillar davomida isbotlashi shart. Aks holda, muvaffaqiyatga erishishi juda qiyin kechadi.

Mirjalol Qosimov futbolchilik faoliyati davomida ko‘p murabbiylar qo‘l ostida ishlagan va ularning uslubi bilan yaxshi tanish edi. Ammo unga bir narsa yetishmas edi - tajriba. Qosimovga terma jamoadagi birinchi davri mobaynida aynan shu omil pand berdi.

Mirjalol Qosimov - talabchan murabbiy. Ammo o‘z qarashlarini futbolchilarga yetkazib berishda muammolarga duch keldi. Terma jamoadagi ikkinchi davri mobaynida ancha samarali ishladi.

JCH-2014ga chiqish uchun yetmay qolgan ikkita golni hozirga qadar eslaymiz. Biroq murabbiyning qo‘l ostidagi futbolchilarni yaxlit jamoa sifatida birlashtira olmagani ham ayni haqiqat.

ABRAMOV

Shunga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi boshqa murabbiy - Vadim Abramov davrida yaxlit kuch bo‘lib birlasha oldi. Darhaqiqat, ungacha va undan keyin bunaqa jamoani boshqa ko‘rmadik. Abramov terma jamoaga kelgandan so‘ng futbolchilar ko‘zida paydo bo‘lgan olov shu vaqtgacha ham, keyinchalik ham kuzatilmadi.

2011 yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi fikrimizga yaqqol isbot vazifasini o‘tashi mumkin. O‘sha musobaqaning ochilish marosimida Qatarga qarshi kechgan bahs Vadim Karlenovichning terma jamoadagi faoliyatini ta’riflash uchun tashrif qog‘ozchasidir.

Abramov har bir futbolchini tushuna oladigan murabbiy. U jamoaga eng yaxshi sharoit yaratib berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Ushbu mutaxassis faoliyat yuritgan davrda futbolchilar terma jamoani nafaqat klub, balki o‘z manfaatidan ham ustun qo‘ya oldi.

Aytishlaricha, bir safar u hatto futbolchilarning oila a’zolari uchun ham alohida yig‘ilish o‘tkazib, terma yig‘ini davomida ortiqcha bezovta qilmasliklarini so‘ragan ekan. «Agar oilada birorta muammo tug‘ilsa, futbolchilarga emas, menga qo‘ng‘iroq qiling.

Har qancha yordam kerak bo‘lsa, tayyorman. Faqat o‘yinchilarning xayolini bo‘lmanglar. Ularning fikru-zikri oilaviy masalalar yechimi emas, balki terma jamoa o‘yinida bo‘lishi kerak», - degan edi murabbiy. Bu gapdan o‘zingiz xulosa chiqarib olavering.

Ammo Vadim Abramov ham o‘ziga yarasha kamchiliklardan xoli emasdi. U eng mas’uliyatli o‘yinlarda ko‘p bor taktik xatolarga yo‘l qo‘ydi. Osiyo kubogi yarim finalida Avstraliyaga qarshi kechgan bahsni (0:6) eslash kifoya bo‘lsa kerak.

Murabbiyning milliy jamoa boshqaruvidagi oxirgi o‘yini ham yana bir misol. Eron termasi bilan Toshkentda o‘tgan o‘sha bahsda (0:1) Karlush Keyrush aynan murabbiylik mahorati evaziga Vadim Karlenovichni mag‘lub etgan edi.

SAMVEL BABAYAN

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 09:42, 25.09.2017. O'qildi: 4826 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.