Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

23 yoshida oliy liga jamoasiga bosh murabbiylik qilgan iste’dod egasini taniysizmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

23 yoshida oliy liga jamoasiga bosh murabbiylik qilgan iste’dod egasini taniysizmi? U o‘zidan yoshi anchagina katta futbolchilarni o‘z izmiga bo‘ysundira oldi, so‘zini o‘tkazdi.

Jarohat sabab butsalarini muddatidan ancha avval mixga ilgan Bobur Zuhriddinov futboldan yiroqlashib keta olmasdi. Shu bois o‘zini murabbiylik sohasida sinab ko‘rishga qaror qildi, aniqrog‘i, Toshkentning «Obod» jamoasida ish boshladi.

Avvaliga ikkinchi, keyin esa birinchi ligada muvafaqiyatga erishgan klub kuchlilar safida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. «Obod» ana shu yo‘lni yosh murabbiy Bobur Zuhriddinov bilan birga bosib o‘tdi.

Aynan shu mutaxassis klubni oliy ligaga olib chiqdi. Keyinchalik bu klubda bosh murabbiy vazifasini Rauf Inileev, Ja’far Irismetov bajarishdi.

Zuhriddinov esa Sergey Lushanning taklifiga ko‘ra «Bunyodkor»ga ko‘chib o‘tdi. Bobur «qaldir-g‘ochlar»ning ikkinchi ligadagi jamoasida ishladi.

Hozir esa klub akademiyasining 8 yoshlilar guruhiga ustozlik qilyapti. Muxlislar iste’dodli murabbiyni bir zumga yo‘qotib qo‘yishdi. Biz Bobur Zuhriddinov bilan uchrashib, undan ayni mavzu yuzasidan intervyu oldik.

- Bobur, futbol muxlislari bir zumga iste’dodli murabbiyni yo‘qotib qo‘yishdi. Bugungi kunda nimalar bilan mashg‘ulsiz?

- Avvalo, bizni unutmaganingiz uchun rahmat. Faoliyatimga keladigan bo‘lsam, bugungi kunda «Bunyodkor» akademiyasida murabbiylik qilyapman. Sakkiz yoshlilar guruhiga millionlar o‘yini sir-asrorlarini o‘rgatyapman. Albatta, bolalar bilan ishlashning o‘ziga yarasha qi-yinchiliklari bor ekan. Ularning xarakteri turlicha bo‘ladi, shu bois murabbiydan katta sabr talab qilinadi. Kerak paytda kichkintoylarning injiqliklariga chidash kerak. Ba’zida qattiqqo‘llikni ham unutmaslik lozim. Bu yoshdagilar o‘yinqaroq bo‘lishadi. Asosiysi, ularga futboldan saboq berish shaxsan menga huzur bag‘ishlayapti. Umuman olganda, hozirgi ishimdan to‘liq qoniqyapman.

- «Obod»ni boshqargan paytingizda xorijlik hamkasblaringizning ish uslublarini o‘rganishga harakat qilardingiz. Intervyularingizda ko‘proq Andre Villash-Boash, Joze Mourinyoning faoliyatini kuzataman, degandingiz. Aynan shu narsani, ya’ni xorij metodikasini bolalar futboliga ham tatbiq etyapsizmi?

- Bugungi kunda «Bunyodkor» akademiyasida bolalar futbolini yangicha tizimga o‘tkazish bo‘yicha ish olib borilyapti. Tabiiyki, bunda o‘rgatish jarayonida o‘quv metodlari ham o‘zgaradi. Akademiyadan boshlab to asosiy jamoagacha piramida shaklida bir tizimga o‘tkaziladi.

- Hozirda hatto 3 yoshdan ham bolalarni futbol maktablariga qabul qilishyapti. Zamonaviy futbol tendensiyalaridan kelib chiqqan holda xohlovchilarni necha yoshdan to‘garaklarga qabul qilgan ma’qul, deb hisoblaysiz?

- Shaxsiy fikrimcha, eng maqbul variant - 6 yosh. «Bunyodkor» akademiyasining eng yosh guruhi ham shu yoshdagi bolalardan iborat. Bunday davrda shogirdingiz siz o‘rgatgan narsalarni qabul qilishda qiynalmaydi. Uch yasharlilar esa hali o‘zi nima qilayotganini bilmaydi. Balki siz aytgan guruhlarda o‘yinga asoslangan noan’anaviy usullardan foydalanish orqali bolada futbolga bo‘lgan mehrni uyg‘otishayotgandir?! Lekin shaxsan men bu yoshdan futbol bilan shug‘ullanishni tavsiya qilmasdim. «Bunyodkor» akademiyasi murabbiylari mash-g‘ulot chog‘ida bolalarning bir joyda turib qolmasliklari uchun harakat qilishadi. Tarbiyalanuvchilar bir yarim soatli mashg‘ulot paytida muntazam ravishda harakatda bo‘lishlari shart. Biz murabbiylar shu narsani ta’minlashga e’tibor qaratyapmiz.

- Dastlab hamma xohlovchilar futbol guruhlariga qabul qilinadi. Ulardan futbolchi chiqish yoki chiqmasligini aniqlash uchun qancha vaqt talab etiladi?

- Yuqorida «Bunyodkor» akademiyasiga 6 yoshdan bolalarning qabul qilinishini aytib o‘tdim. Ular bu yerda ikki yil mobaynida 8 nafar murabbiydan futbol sir-asrorlarini o‘rganishadi. 8 yoshga to‘lgach esa imtihon topshirishadi. Bu jarayonda eng yaxshi 25 nafar bola saralab olinadi. Shundan so‘ng eng kuchlilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish davom etadi.

- 23 yoshingizda «Obod» bosh murabbiyi sifatida oliy ligada debyut qilgansiz. Bu davrda o‘zidan yoshi anchagina katta futbolchilarni maydonga boshlab tushish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Umuman, bu chorlovni qanday qabul qilgansiz? Hayajon, bosim bo‘lgandir?

- Albatta, bo‘lgan. Birinchi ligada «Kosonsoy» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda bosh murabbiy sifatidagi debyutimni nishonlaganman. Bilasizmi, birinchi bo‘lim yakunlanganidan so‘ng stadiondan chiqib ketmoqchi bo‘lganman. Chunki bosim juda kuchli edi. Shunda klub rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi sabab fikrimdan qaytganman. Ular «Hammasi yaxshi bo‘ladi, biz senga ishonamiz», deyishgan. Bu esa menga juda qiyin vaziyatda dalda bo‘lgan. O‘sha mavsumni yuqori notada o‘tkazib, oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritganmiz. Muvaffaqiyatimiz zamirida juda ahil jamoaning shakllangani mujassam edi. Futbolchilar bir-birlarini tushunib harakat qilishardi. Klub rahbarlari har tomonlama yordam berishgan. Muhimi, futbolchilarning aksariyati yosh bo‘lib, eng kuchga to‘lgan, jismonan baquvvat va ayni yuguradigan payti edi. Ana shu men sanab o‘tgan omillar tufayli oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritganmiz.

- Elitadagi birinchi o‘yin qanday kechgan?

- Ilk uchrashuvni hech qachon esdan chiqarmayman. Mehmonda «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi kechgan. Stadionga juda ko‘p muxlis kelgandi. O‘sha bahsda biz 0:1 hisobida yutqazganmiz. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, menga o‘yin ma’qul kelgandi. Futbolchilar kuchli raqibdan hech ham hayiqmay harakat qilishgan. Oliy liga harorati qanchalik yuqori ekanligini birinchi uchrashuvdayoq sezganman. Quyi diviziondan katta farq qilishini tushunib yetdim. To‘g‘risini aytsam, o‘yin boshlanishi oldidan hayajon bo‘lmagan. Faqat bir narsadan qo‘rqqanman, u ham bo‘lsa noto‘g‘ri qaror chiqarib qo‘yishdan. Chunki bunday holat ro‘y bersa, futbolchilar meni aslo kechirishmasdi.

- Mashg‘ulot chog‘ida o‘yinchilarning munosabati qanday bo‘ldi? Chunki futbolchilarning ayrimlaridan yosh jihatidan kichik, ba’zilari bilan tengdosh bo‘lgansiz. Ular topshiriqlaringizni jiddiy qabul qilishganmi yoki mensimaslik holatlarini ham sezganmisiz?

- Yo‘q, bunday holatlar kuzatilmagan (kuladi). Ahil jamoa yig‘ilgani uchun ishlash osonroq kechgan. Noqulay vaziyatlarga zamin yaratmaslik uchun har bir mashg‘ulotni qiziqarli o‘tkazishga harakat qilganman. Ularning hatto gapirishlariga ham fursat bermasdim. Birinchi va ikkinchi mashqning o‘rtasida umuman nafas rostlashga vaqt qoldirmasdim. Jismoniy yuklamalar juda ham kuchli bo‘lgan. Balki shungadir, mashg‘ulotdan so‘ng gaplashishga vaqt topilmasdi. Umuman olganda, futbolchilarimizning hammasi professional bo‘lib, o‘z ishlariga to‘g‘ri yondashishardi. Ular bilan maydondan tashqarida do‘st, uning ichida murabbiy sifatida gaplashardim. Futbolchilarning o‘zlari ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishardi.

- Sir emaski, o‘zbek futbolida murabbiylar ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka emas, aksincha, to‘p bilan muomalaga e’tibor qaratishadi. Buning natijasida futbolchilarimiz 90 daqiqa bir maromda o‘ynay olishmaydi. Milliy terma jamoamiz bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mag‘lubiyatga uchragan o‘yinlarida asosan 85-daqiqadan so‘ng o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Shaxsan siz murabbiylik faoliyatingizda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratasiz?

- O‘zimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, hujumkor futbolni yaxshi ko‘raman. Birinchi ligada ishlab yurgan kezlarim «Obod»ning bosh shiori hujum bo‘lgan. Shu sabablimi, raqib jamoalarni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etganmiz. Elitaga chiqqanimizdan so‘ng fikrim biroz o‘zgardi va buning natijasida o‘yin taktikasiga ham o‘zgartirish kiritdik. Yaxshi himoyaga ega bo‘lmagan jamoaning hujumkor o‘yin namoyish etishi mantiqsizlikdan o‘zga narsa emasdi. Futbolda har bir uzatma aniq bo‘lishi shart. To‘pni to‘g‘ri nazorat qila oladigan jamoaning muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ortadi. Bizda aynan shu jihatlarda oqsash kuzatilyapti. Futbolchilar ko‘proq to‘psiz harakat qilishgani bois, bahsning so‘nggi daqiqalariga borib charchab qolishyapti. Demak, jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratish lozim. Bu mening shaxsiy fikrim. Tajribali murabbiylarning futbol qarashlari biroz boshqacha bo‘lishi ham mumkin.

- O‘ylashimcha, futbolchilarimiz to‘pni tezroq o‘zlaridan soqit qilishga intilishadi, hujumga o‘tishga qo‘rqishadi. Bu borada fikringiz qanday?

- Futbolchilarimizning harakatlari va bunga murabbiylarning qanday munosabat bildirishi xususida nimadir deya olmayman. Ammo o‘zimning qarashlarim va kuzatishimdan kelib chiqib shaxsiy fikrimni bildiraman. Siz aytgan holatning hammasi mashg‘ulotdagi ishtirok bilan uzviy bog‘liq. Agar futbolchi shug‘ullanish jarayonida hujumkor taktikaga asoslangan harakatlarni bajarsa, o‘yin vaqtida istasa-istamasa, shunga o‘rganadi. Ya’ni faqat oldinga intiladi. Mabodo, aksi bo‘lsa, bellashuv chog‘ida ham o‘sha manzaraga guvoh bo‘lamiz. Demak, futbolchining qanday taktika asosida o‘yin ko‘rsatishi murabbiyga bog‘liq. Futbolchi har doim jamoa ustozining ko‘rsatmalariga tayanadi.

- O‘z mashg‘ulotlaringizda aynan hujumkor futbol tarafdori bo‘lgansiz, shundaymi?

- Ha. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Agar buning aksi bo‘lsa, maydonga chiqmagan afzal.

- Elitada ishlashni qo‘msayotgan bo‘lsangiz kerak?

- Albatta. Xohish juda baland. Oliy va birinchi liga jamoalarida ishlash istagidaman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, bunga hali ulguraman.

- Murabbiylik kurslarida tahsilni davom ettirasizmi?

- Hozir menda «S» lisenziyasi bor. Nasib qilsa, bir oylardan so‘ng «V» guvohnomasi uchun o‘quv kurslari boshlanadi. Navbati bilan «A» hamda PROga ham o‘qish niyatim bor.

- Xorijlik hamkasblaringizdan kimlarni kuzatib borasiz?

- Italiyalik murabbiylarning ish uslubiga befarq emasman. Boisi, ular har bir narsani mayda detallarigacha o‘ylab, keyin qaror chiqarishadi. Mashg‘ulotlari ham shu asosda tuzib chiqiladi.

- Xitoy termasiga qarshi kechgan bahsda Marchello Lippining harakatlari va o‘yinga tanlagan taktikasi fikringizga tasdiq bo‘la oladi...

- Menga o‘sha uchrashuvda Lippining bir qarori ma’qul keldi. U ham bo‘lsa, birinchi navbatda, milliy jamoamiz sardori Odil Ahmedovni zararsizlantirishga e’tibor qaratdi. Shu tariqa termamiz o‘yini kuchsizlandi. Natija esa o‘zingizga ayon. Xullas, murabbiyning topqirligi xitoyliklarga qo‘l keldi.

- Shu o‘rinda o‘zingizning murabbiylaringiz haqida ham ma’lumot bersangiz...

- Futbolning ilk saboqlarini Krasnogorov Nikolay Vasilyevichdan o‘rganganman. Bu insondan bir umr minnatdorman. Keyinchalik Aleksandr Volkov, Vadim Shokirjonovichdan saboq oldim. Afsuski, 20 yoshimda jarohat sabab futbolchilikdan ketdim.

Faoliyatimning asosiy qismi «Bunyodkor»da o‘tdi. Birinchi liga, o‘rinbosarlar jamoasida to‘p surdim. Lekin elitada o‘ynash nasib qilmadi. Murabbiylik faoliyatim juda qiziq boshlangan. Kattagina zavod jamoasida murabbiylik qilardim.

Bu muassasa «Obod» stadioni yaqinida joylashgani uchun bir kun klub mutasaddilari ko‘rib qolishdi. Mashg‘ulotlarni qiziqarli tarzda olib borayotganim uchun meni ishga taklif qilishdi. O‘shanda Doniyor Hasanov bosh tashabbuskor bo‘lgandi.

Baxtli tasodif tufayli murabbiylik faoliyatim boshlandi. Keyinchalik Doniyor qo‘l ostimda futbol o‘ynadi. Bugungi kunda u «Qo‘qon-1912» jamoasida to‘p suryapti.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:51, 28.09.2017. O'qildi: 5677 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик