Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xitoy milliardlariga Yevropa klublarining ehtiyoji bormi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yangi asr avvalida iqtisodiyot bo‘yicha katta taraqqiyotga yuz burgan Xitoy bugungi kunda eng yirik sarmoyadorlar mamlakatiga aylanib ulgurdi.

Xususan, yer yuzida bu yurt tadbirkorlari kirib bormagan hudud ham, soha ham qolmadi, hisob. Tabiiyki, xitoylik milliarderlar millionlar o‘yini - futbolga ham oshuftalar va qiziqishlari jiddiy ekanligini keng namoyish eta boshlaganlariga ancha bo‘ldi.

Mana, yaqindagina Angliya premyer-ligasi ishtirokchisi «Sautgempton»ning 80 foiz aksiyasi ishbilarmon Jisheng Gao tomonidan 210 million funt sterlingga sotib olindi.

Bu voqea yevropalik hamkasblarimizni futbol imperiyasidagi xitoyliklarga yana bir karra e’tibor qaratishga undadi...

Tumanli o‘lkaga hujum

Endilikda futbol vatani hisoblanmish Angliyaning naq 6ta klubida xitoylik ishbilarmonlar ulushi bor. Ha, bunga birdaniga ishonish qiyinroq, kimdir hattoki, matbuotni ortiqcha safsata tarqatayotganlikda ham ayblar balki. Yo‘q, bu ayni haqiqat: «Manchester Siti», «Sautgempton», «Vest Bromvich» va chempionshipdagi yana 3ta jamoa («Aston Villa», «Vulverxempton» hamda «Birmengem») aksiyalarining bir necha foizi xitoylik tadbirkorlar ixtiyorida.

Aslida ko‘pchilik nazdida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «Siti» shayx Mansur bin Zaydga tegishli. To‘g‘ri, u 2008 yili Manchesterda ikkinchi maqomda bo‘lgan klubni Tailandning sobiq bosh vaziri Taksin Shinavatradan 265 million funt sterlingga sotib olgandi. Arab shayxi keyinroq atigi 13 foiz ulushni aynan shuncha summaga pulladi. Xaridor guruh - Xitoyning Media Capital va CITIC Capital kompaniyalari.

E’tiborlisi, shayx Mansur manfaatli kelishuv yo‘lida 6 oy muzokara olib bordi. Uzoq 1919-1920 yillar mavsumida mamlakat chempioni maqomiga erishgan «Vest Bromvich» esa o‘tgan yilning ayni shu payti Chin yurti vakili qaramog‘iga o‘tdi. Klubning 88 foiz ulushi Yunyi Guokai tashkiloti nomiga rasmiylashtirilgach, mahalliy muxlislar orzusi nihoyat, ushaladigandek edi.

Biroq Xitoy kompaniyasi hozircha «Bromvich»ni raqobatbardosh jamoaga aylantirolmayapti. «Birmengem»da Xitoy ishbilarmonlari ulushi ancha oz. Ular klubning bor-yo‘g‘i 11 foiz aksiyasini sotib olishgan. Ammo «Aston Villa» va «Vulxerxempton» butunlay  «milliarder» mamlakatning milliarderlari nazorati ostida.

Li Yongxong najotkormi?

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni siyosat maydonida ketma-ket tanqidlarga uchrab, raqobatchilarga imkoniyatni boy bergani yetmaganday, uning futbol bobidagi ishlari ham chappasiga ketdi. Deylik, 3-4 yilki, «Milan» uchun Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etish orzu bo‘lib qoldi.

Jamoa hattoki, «A» seriyasi ko‘lami bo‘yicha ham o‘rtamiyona maqomiga aylandi-qo‘ydi. «Rossonerlar» klubi tashkil topganidan buyon tarix uning bu qadar ayanchli ahvolini ko‘rgan emasdi. Mana, endi yaqin o‘tmish ortda qolgandek.

Har holda, «Milan»ning yangi sahifasi ochilmoqda. «Ko‘hna qit’a»da yangi mavsum start olganiga ko‘p bo‘lmadi, «qizil-qoralar» muxlislarining esa yana yorug‘ kunlar kelishiga ishonchlari tobora ortmoqda. Sabab bor - Berluskoni 31 yillik boshqaruvdan keyin o‘z uyidek bo‘lib qolgan jamoani xitoylik ishbilarmon Li Yongxongga sotdi. Albatta, arzon-garovga emas.

Yongxong «Milan»ni Sport Investment Lux mulkiga aylantirish yo‘lida 740 million yevro sarfladi. Shunda ham klub butunlay uning ixtiyoriga o‘tmadi. Aniqroq aytsak, 0,7 foizgina ulush italiyaliklarda qoldi. Xitoyliklar «Milan» hamshahrini yolg‘izlatib qo‘yishni istashmadimi yoki «A» seriyasida kurashni yanada keskinlashtirishni o‘ylashdimi, harqalay, «Inter»ga ham «og‘iz solishdi».

«Neradzurralar» sarmoyadori - Erik Tohir esa vaziyatni paysalga solmay, klubning 68,55 foiz aksiyasini elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Suning Holdingler Groopga pulladi, 31 foizdan ko‘proq ulushni o‘zida qoldirdi.

To‘g‘ri, Chin yurti tadbirkorlari hozircha «A» seriyasiga yoppasiga e’tibor qaratishmayapti. Lekin agarda «Milan» va «Inter» joriy mavsum ishonchni oqlasa, unda Italiya chempionati ishtirokchilari ham xitoyliklar orasida talash bo‘lishi, shubhasiz.

Ikkinchi «El-klassiko»

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 10:39, 29.09.2017. O'qildi: 4061 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик