Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • 5:0
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Dinamo
      • -:-
      • Andijon
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
  • La-liga
      • 13.09.2025 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Elche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3912 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1640 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      08:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      14:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      16:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      20:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      22:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      02:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      04:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 11.09.2025

      05:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Гонка преследования.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 "География спорта". Йошкар-Ола.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 "Культовые".
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия.
      18:40 "Страна спортивная".
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 "Что за спорт?".
      21:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:15 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
      00:30 "Культовые".
      01:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      03:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
  • MATCH-TV
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 6 на автодроме "Игора Драйв".
      07:00 Д/ф "Защита Валерия Васильева".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Амкал" (Москва) - "Салют" (Белгород). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Леон Сатурн" (Раменское) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:30 Смешанные единоборства. UFC 318 в Новом Орлеане, США. Макс Холлоуэй против Дастина Порье. Реванш 2.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:35 Специальный репортаж.
      03:55 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Финальный этап на трассе Монца, Италия. Гонка.
      07:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 3 в Праге, Чехия. Обзор.
      08:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      11:30 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      13:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      14:00 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      15:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 4 эп.
      23:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yosh futbolchilar so‘yilmagan qovundek gap». Mourinyo nega eng reklamabop murabbiy?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fransiyaning France Football nashri har yili eng yuqori maoshga ega bo‘lgan futbol murabbiylari ro‘yxatini havola etadi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourinyo bu ro‘yxatda yetakchilik qilishi hech kimni hayron qoldirmagani tabiiy. 2004 yilda bu ro‘yxatga qo‘shilgan portugaliyalik mutaxassis 12 mavsumda peshqadamlik qilgan. Faqat ikki marta uni ortda qoldirishgan – 2004 yilda Aleks Fergyuson va 2009 yili o‘sha vaqti «Chelsi»da ishlagan Luis Filipe Skolari. 

2016/17 mavsum yakunlariga ko‘ra Joze Mourinyo 28 million yevro maosh bilan birinchi, keyingi o‘rinlarni Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi (23.5 million), «PSJ»dagi shartnomasini bekor qilgan Loran Blan (20 million), Karlo Anchelotti (15.8 million) va Pep Gvardiola (14.5 million) band etdi.

Ushbu reytingning muhim xususiyati – bu yerda faqat klubdan olinadigan maoshlargina emas, barcha reklama huquqlari orqali topiladigan daromadlar ham hisoblanadi. Aynan mana shu omil Joze Mourinyoni yaqqol peshqadamga aylantiradi, zero ingliz matbuotining yozishicha, uning Manchesterdagi maoshi 16 million yevro, ya’ni Lippi yoki Loran Blanning daromadlaridan kamroq. Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola kabi murabbiylar ham Jozega yaqinroq maosh olsalar-da, aynan reklama tufayli Joze raqiblarini deyarli ikki barobar ortda qoldira oladi. Bu har yili shunaqa va tasodif emas. 

Waitrose tuxumlari

2007 yilning kuzida, «Rusenborg»ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida, o‘sha paytda «Chelsi»da ishlagan Mourinyo jurnalistlarga nolidi: «Bu xuddi quymoq va tuxumlar kabi, tuxum bo‘lmasa, quymoq ham bo‘lmaydi», – degandi o‘shanda Mourinyo – «hammasi tuxumning sifatiga bog‘liq. Supermarketda birinchi, ikkinchi, hamda uchinchi sortdagi tuxumlar bor. Birinchi sort tuxumlar qimmatroq, ammo ulardan shirinroq quymoq chiqadi. Ya’ni, agar birinchi sort tuxumlar Waitrose’da (Britaniyadagi yirik supermarketlar tarmog‘i) sotilsa va senda u yerga kira olish imkoniyati bo‘lmasa, bu muammo».

O‘shanda hech kim tushunmadi – bu supermarketlarning mukammal rejalashtirilgan piar-aksiyasi edimi yoki Mourinyo rostan ham quymoq tayyorlaydimi? Nima bo‘lgandayam, bu iqtibos dunyoni kezdi, keyinroq esa, Joze Mourinyoning rasmi bilan «qadrini hamma ham bilavermaydi» deb yozilgan Waitrose reklamalari paydo bo‘ldi. So‘z o‘yini ham juda mos kelgan – o‘sha «Rusenborg»ga qarshi o‘yindagi durangdan so‘ng, Mourinyo «Chelsi»dan iste’foga chiqarilgandi. 

Baribir «Waitrose tuxumlari» iborasi ingliz futbolida folklor bo‘lib qoldi va hozirgacha eslab turishadi. Bu bir narsani, Jozening haqiqatan ham tovarni reklama qila olishini, u qatnashgan har qanday tadbir munozaralarga, e’tiborga molik o‘laroq qolishini bildiradi.  

Waitrose Mourinyo go‘yoki tasodifan eslab yuborgan yagona brend emas, «Men «Aston Martin»ga ega bo‘lishni istayman, lekin siz bu uchun mendan million funt so‘rasangiz, tentak bo‘lib qolibsiz, deyman, chunki u 250 ming turadi», – 2007 yildan iqtibos.

Yoki «Chelsi»da ishlab yurgan paytida, undan Daff, Robben va Jo Koulni nega rotasiya qilib tushirayotganini so‘rashganda - «Nega doim «Aston Martin»da yuraverish kerak, axir bundan tashqari senda «Ferrari» va «Porshe» ham bor-ku?» deb javob bergandi. 

Mourinyoning chiroyli avtomashinalarga bo‘lgan mehri hammaga ma’lum – uning garajida «Aston Martin» va «Porshe» turadi. Lekin hech kim aniq bilmaydi, Joze bu gaplar orqali yashirin reklama bilan shug‘ullanyaptimi yoki bu shunchaki solishtiruvmi?

Foto: Reuters

Portugaliyalik murabbiy hech kimga o‘xshamasligini u endigina Angliyaga tashrif buyurgandayoq payqashgandi. 2004 yildagi matbuot anjumanida uning o‘zi bu haqida og‘iz ochgan: «Menda top futbolchilar bor va kechirasiz-u, ularning ustozi ham top-murabbiy. Iltimos, meni mag‘rur deb o‘ylamang, shunchaki haqiqatni aytyapman. Men Chempionlar Ligasini yutdim, osmondan tushib qolganim yo‘q bu yerga. Men – o‘ziga xos insonman».

Foto: Skysports

Special One – bu ibora butun dunyoga tarqab ketdi. Kimdir kuldi, kimdir tushunmadi, kimdir hayron bo‘ldi. Ammo hamma bu so‘zni takrorlar edi.  

Shundan buyon Jozening iqtiboslari bir necha kitob bo‘ladigan darajaga yetdi. Uning so‘zlaridan biz «Vengerning vuayerizm kasalligi borligi»ni, «kinoda Mourinyoni Jorj Kluni o‘ynashi kerakligi»ni va yana juda ko‘p «ma’lumot»larni bilib oldik. 

«Menimcha, Xudo meni zo‘r yigit deb o‘ylaydi. Aks holda, u menga bu qadar ko‘p narsa bermasdi. Menga u juda ko‘p bor yordam bergan, demak men haqimda yaxshi fikrga ega bo‘lsa kerak» – Jozening gapi. 

«Yosh futbolchilar so‘yilmagan qovundek gap. So‘yilgandan keyingina ularning yaxshi yoki yomonligini bilish mumkin» – bu ham.

«Avtobusga kech qolgan futbolchini kutgandan ko‘ra, maydonga 10 kishini tushirganim afzal».

«O‘yin oldidan matbuot anjumaniga ketayotganimda, men uchun o‘yin boshlangan hisoblanadi».

Bu iqtiboslar ham unga tegishli. 

Go‘yoki, dunyodagi boshqa barcha murabbiylar bir bo‘lib ham, birgina Jozechalik e’tiborga molik iqtiboslarni aytishmagandek, tuyuladi. «Jarima maydoni oldiga avtobus qo‘yish» – uning bu gapi futbol terminologiyasiga kirib ulgurdi. Qizig‘i, o‘shanda u raqibning himoyaga katta e’tibor qaratganidan noligandi, ammo keyinchalik, Jozening o‘zi ko‘p bora himoyaviy o‘yin ko‘rsatgach, o‘ziga ham ishlatiladigan bo‘ldi. 

Mourinyo chiroyli kiyinadi – maydon chetida ham, matbuot anjumanlarida ham, oddiy kundalik hayotida ham. Ingliz tilini yaxshi biladi – u futbol faoliyatini «Portu»da Bobbi Robsonning tarjimoni sifatida boshlagan. Qo‘shimchasiga g‘alabalar. Ikki karra Yevropa Chempionlar Ligasida, ikki karra Yevropa ligasida, o‘zi ishlagan barcha mamlakatlarda. Aktyorlarga xos tashqi ko‘rinish, aktyorlik mahorati, muvaffaqiyat, so‘zga chechanlik, yumor – brendlar undan yaxshiroq kimni ham topishlari mumkin?

Mourinyoning omma oldidagi tajovuzkor xarakteri ko‘pincha jamoaga ham foyda keltiradi. U barcha zarbalarni o‘ziga qabul qiladi, jurnalistlarni gipnoz qilib, e’tiborni butunlay boshqa tomonlarga burib yuboradi va shu orqali futbolchilarni bosimdan ozod qiladi. Uning matbuot yoki hamkasblari bilan doimiy janjallari jamoa ichkarisida «urush holatini» yaratadi. «Hamma bizga qarshi» – shu fikrni singdirish orqali futbolchilarga o‘shimcha motivasiya beradi, ularni jipslashtiradi.  

Eng muhimi, Mourinyoning bu xislatlari, avvalo, Mourinyoning o‘ziga foyda keltiradi. U o‘zidan futbol olamidagi eng taniqli qahramonlardan birini yasab oldi. Tabiiyki, juda ko‘p miqdorda homiylik takliflariga ega. «Manchester Yunayted» bilan shartnoma ko‘ra, u bonuslarni qo‘shmaganda, bir yilda 15.9 million yevo oladi. 12.1 million yevro esa, unga turli brendlar bilan shartnomalar orqali keladi. Portugaliyalik mutaxassis kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi EA Sports kompaniyasi yuzi hisoblanadi. Shuningdek, Adidas firmasi, Hublot soatlari, Jaguar avtomobil ishlab chiqaruvchilari, BT Sport kanali, Lipton choyi, Atlantis mehmonxonalar tarmog‘i bilan ham shartnomalari bor. 

O‘tgan yilning kuzidan boshlab, Heineken pivo konserni 2020 yilgacha Joze bilan hamkorlik qiladigan va buning uchun har yili 4.5 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Murabbiyning tijoriy ishlarini yuritadigan SAA agentligi ushbu kelishuvni tashkil qildi. Joze Heineken’ning mashhur Hollivud rejisseri Gay Richi suratga olgan reklama roligida ishtirok etib ham ulgurdi.  

Xo‘sh, yangi mavsumda uni bu taxtdan kim tushirib yuborishi mumkin? «Chelsi» klubi uchun rekord bo‘lgan 11 millionlik shartnomani imzolagan ehtirosli Antonio Kontemi? Ammo unda osongina reklama bozorida daromad qiladigan xarizma yetishmaydi. Albatta, Kontening sovrinlari ham ancha kam. 

Foto: Football.ua

Xosep Gvardiola? Ha, unda sovrinlar ko‘proq, lekin Joze kabi kalondimog‘lik unda yo‘q, ingliz tilini u qadar bilmaydi, atrofdagilarga ta’sir o‘tkazish borasida ham Jozening oldiga tusha olmaydi. Yillar o‘tib Pep ham o‘zgarishi mumkin, lekin xarakter jihatidan u hech qachon Joze kabi bo‘la olmasligi aniq. 

Shuning uchun ham, murabbiylar orasida Joze eng mashhuri bo‘lib qolaveradi. Hatto futbolchilar orasida ham marketing faoliyati orqali Mourinyo darajasida topadiganlar ko‘p emas. Faqat Ronaldu (35 million dollar), Messi (27 million dollar) va Neymar (22 million dollar) homiylik shartnomalari bo‘yicha Jozeni ortda qoldiradilar xolos. 

Manba: kun.uz
Kiritildi: 16:55, 29.09.2017. O'qildi: 6875 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.