Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer «bozori»dagi eng faol top klublar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xabaringiz bor, yozgi transferlar mavsumi bir-biridan qiziq voqealarga boy tarzda o‘tdi. Qu­yidagi maqola ana shu oldi-sotdilar vaqtida faollik ko‘rsatgan klublar haqida.

«YUVENTUS»

Sarfladi - 149,2 mln. yevro

Ishladi - 123,9 mln. yevro

Kelganlar: Federiko Bernardeski, Xuan Kuadrado, Blez Matyuidi, Mehdi Benatia, Voysex Shensni, Mattia De Shilyo, Rodrigo Bentankur, Dario Del Fabro, Mateus Pereyra, Ferdinando Del Sole, Duglas Kosta (ijara), Benedikt Xyovedes (ijara).

Ketganlar: Leonardo Bonuchchi, King­sli Koman, Mario Lemina, Simone Zaza, Filippo Romanya, Franchesko Kassata, Neto, Simone Gans, Kristian Paskuato, Lorenzo Rozzeti, Yunes Bnu-Marzuq, Vikintas Slivka.

Bir qarashda yozgi transferlar mavsumi «Yuventus» uchun omadsiz o‘tgandek: Dani Alvesni yo‘qotishdi, Bonuchchini prinsipial raqibga sotishdi va juda ko‘p pul sarflashdi. Biroq bu fikr noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin. Birinchidan, «Yuve» deyarli har bir chizig‘ini kuchaytirdi. Kyellini va Barzali endi yosh futbolchilar emas. Shuning uchun mudofaani kuchaytirish qarori o‘zini oqlashi mumkin. Masalan, «Keksa sinyora» «Bavariya»dan tajribali Mehdi Benatiyani sotib oldi.

Maydon markazini mustahkamlash maqsadida esa «PSJ»dan Blez Matyuidi xarid qilindi. Ikkinchidan, «Yuventus» juda yaxshi pul ishlab topdi: jamoa 12 nafar futbolchisini sotish orqali o‘z g‘aznasiga 120 millionni qo‘shib qo‘ydi. Uchinchidan, turinliklar bir mavsumlik ijara kelishuvi asosida ikki ajoyib futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishdi.

Ularning ikkisi ham Germaniya chempionatidan. «Bavariya»dan mukammal zarbalarga ega, ajoyib texnika sohibi Duglas Kosta xarid qilindi. Benedikt Xyovedes esa «Shalke-04» jamoasidan ijaraga olindi. Xyovedes o‘tgan mavsum raqibdan to‘p olib qo‘yish bo‘yicha bundesliganing eng yaxshi futbolchisiga aylangandi. Xullas, kimdir «Yuventus»ni kuchsiz deb hisoblasa, xato qiladi.

«BAVARIYA»

Sarfladi - 103,5 mln. yevro

Ishladi - 32,5 mln. yevro

Kelganlar: Korenten Tolisso, Kingsli Koman, Niklas Zyule, Serj Gnabri, Sebastyan Rudi, Xames Rodriges (ijara).

Ketganlar: Mehdi Benatia, Janluka Gaudino, Xolger Badshtuber, Renatu Sanshesh (ijara), Duglas Kosta (ijara).

Myunxen klubi katta transferlarni amalga oshirmay qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Endilikda «Bavariya» tarkibini Germaniyaning yosh iqtidor sohiblari va ko‘plab imkoniyatlarga ega futbolchilar bilan to‘ldirmoqda. Bundesliganing eng nomdor klubi bu yozda o‘zining transfer rekordini yangiladi. Korenten Tolisso 41,5 million yevro evaziga sotib olindi. Konfederasiyalar kubogi-2017 g‘olibi Niklas Zyuleni esa 20 million yevroga xarid qildi. Germaniya terma jamoa­sining yana bir futbolchisi Sebastyan Rudining transferiga alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Iqtidorli yarim himoyachining turli pozisiyalarda samarali harakat qila olishi myunxenliklarga qo‘l kelishi mumkin. Eng muhimi, «Bavariya» mazkur futbolchini tekinga qo‘lga kiritdi. Agar sotib yuborilganlar haqida gapiradigan bo‘lsak, myunxenliklar asosiy futbolchilaridan ayrilishgani yo‘q. Asosan kam o‘yin amaliyotiga ega o‘yinchilar ijaraga berib yuborildi.

«Manchester Yunayted»

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 10:50, 30.09.2017. O'qildi: 4375 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик