Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov BAA Futbol Uyushmasi rahbariyati bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugunDubayda Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmasi vise-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va BAA futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash orqali o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari orasida futbolni yanada ommalashtirish uchun amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbat olib bordilar.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Abdulla Nosir al-Junaybiy O‘FF va BAA Futbol Uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum O‘zbekiston va BAA terma jamoalari va klublariga turli yosh toifalarida o‘rtoqlik o‘yinlari va musobaqalar,o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilish va o‘tkazish, ikki mamlakat terma jamoalarining murabbiylari o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, futbol, ayollar futboli, futzal,bolalar-o‘smirlar futbol maktablarida faoliyat olib boradigan murabbiylarni o‘qitish va malakasini oshirish, murabbiylar, hakamlar va sport medisinasi xodimlarini o‘qitish va malaka oshirish kurslariga yuborish kabi katta imkoniyat eshiklarini ochib beradi.

Umid Ahmadjonov Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashuvda BAA Futbol Uyushmasining xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish tajribasini o‘zlashtirish haqida gapirar ekan, 2018 va 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 2019 yilgi Osiyo Kubogi tashkiliy qo‘mitasiga bir guruh O‘FF mutaxassislarini malaka oshirish uchun yuborish masalasini ham alohida muhokama qildi.

“O‘zbekiston Futbol Federasiyasi kelajakda BAA kabi FIFA va OFK turnirlarini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor bo‘lishi uchun ham biz kadrlar tayyorlash dasturi doirasida ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratdik”, - deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga. “O‘FFda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bor, lekin biz FIFA va OFK tadbirlarini O‘zbekistonga olib kelmoqchi ekanmiz, katta tajribaga ega mutaxassislarni tayyorlash birlamchi vazifaga aylanadi. Shuning uchun ham Osiyoning yetakchi federasiyalari bilan o‘zaro tajriba almashinuviga erishish oldimizdagi katta vazifalardan biri hisoblanadi”.

Memorandum, shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston va BAA futbol ligalari doirasidagi o‘yinlarga ikki mamlakat hakamlarini taklif qilish, xalqaro tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda O‘FF va BAA Futbol Uyushmasi xodimlarining o‘zaro tajriba almashishiga imkoniyat yaratib beradi.

Ta’kidlash kerakki, bu Umid Ahmadjonov O‘FFga prezident etib saylanganidan beri xorijga amalga oshirgan ikkinchi safaridir. Bungacha Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashib, O‘zbekiston FIFAning xalqaro musobaqalari va tadbirlariga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:57, 01.10.2017. O'qildi: 4407 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик