Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brayton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Azizov: «Kuchliroq chempionatda o‘ynamoqchiman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

«Paxtakor»dagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini o‘ziga qarata olgan hujumchi Alisher Azizov «Dordoy» klubi safida Qirg‘iziston kubogi sohibiga aylandi.

O‘sh shahrining «Oloy» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida omad Alisher Azizov jamoadoshlariga kulib boqdi.

Joriy mavsum avvalida ushbu mamlakatning bir necha karra chempioni bilan bir yillik shartnoma imzolagan hamyurtimizning o‘zi jarohati sabab maydonga tusha olmadi.

Biz final bahsidan so‘ng Alisher bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Alisher, sovrin muborak bo‘lsin. Bu kubokning avval qo‘lga kiritgan sovrinlaringizdan farqi bormi?

- Men uchun har bir sovrin qadrli. Faqat bu galgisini legioner sifatida qo‘lga kiritganim boshqalaridan ko‘ra qadrliroq tuyuldi. Afsuski, final o‘yinida maydonga tusholmadim.

- Final nomiga yarasha o‘tdimi?

- Albatta. Unda Qirg‘izistonning ikkita kuchli jamoasi to‘qnash keldi. Bu ikki klubning finaldagi o‘zaro uchinchi o‘yini bo‘ldi. «Dordoy» 8 marotaba mamlakat kubogini qo‘lga kiritib, bu borada rekord qayd etgan ekan. Taqqoslaydigan bo‘lsak, «Oloy» faqat bir bor kubok sohibiga aylangan. Vaholanki, klub 6 bor hal qiluvchi bahsda o‘ynagandi.

- Asosiy vaqtda g‘alaba qozonish uchun jamoangizga nima yetishmadi?

- Sodda qilib aytganda, gol yetishmadi. O‘yinning asosiy vaqtida biz ustunlikka erishdik. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa o‘shlik futbolchilar yaxshiroq harakat qilishdi va bizga nisbatan xavfli vaziyatlarni ko‘proq yuzaga keltirishdi. Agar o‘zimiz yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirganimizda, qo‘shimcha bo‘limlarga hojat qolmasdi. Albatta, raqibning kuchini ham tan olish kerak. «Oloy» Qirg‘izistonning amaldagi chempioni hisoblanadi. Tarkibi deyarli bir necha yildan beri o‘zgarmay kelyapti. Lekin bu jamoani texnik-taktik jihatdan kuchli deya olmayman. «Oloy» kuchli ishtiyoq evaziga o‘ynaydigan klublar sirasiga kiradi. Boshqa tomondan, finalda tomonlar ochiq futbol namoyish etmay, ehtiyotkorlikka urg‘u berishdi.

- O‘yinni maydon tashqarisidan kuzatish qiyin kechgandir?

- Albatta. Maydonda bo‘lganingizda 10 daqiqalardan so‘ng hayajon tar-qab ketadi. Lekin maydon tashqarisidan o‘yinni kuzatish va jamoadoshlarga yordam bera olmaslik - bu juda ham og‘ir. Ustiga-ustak, tarkibimizda hujumchi yo‘q edi. Shu jihatdan ham bizga final nisbatan qiyinroq kechdi.

- Jarohatni qaysi o‘yinda orttirib olgandingiz? Qancha muddatga safdan chiqqansiz?

- Bitr tur avval chempionat doirasidagi «Abdish-Ota» klubiga qarshi kechgan o‘yinda tizzamdan jarohat olgandim. Shifokorlar qo‘ygan tashxisga ishonsak, bir oy maydonga tusha olmayman. Hozir bu muddatning 10 kuni ortda qoldi.

- Kubok qo‘lga kiritildi. Endi chempionat uchun ham jamoa oldiga vazifa qo‘yilganmi?

- Peshqadamdan 15 ochko ortda qolib ketganmiz, yetib olishning deyarli imkoni yo‘q. Ikkinchi o‘rin OFK kubogida qatnashish huquqini bermaydi. Shu bois ham bor e’tiborni kubokka qaratgandik. Faqat shu sovrinni qo‘lga kiritish orqali qit’a miqyosidagi turnir yo‘llanmasiga ega bo‘lardik. Bu qiyin vazifani futbolchilarimiz sharaf bilan bajarishdi. Shaxsan o‘zimga kelsak, jarohat olgunimga qadar chempionat to‘purarlari poygasida birinchi o‘rinda edim. Mavsum yakunlanishiga uchta tur qoldi. Menimcha, afrikalik legioner bu borada mendan o‘zib ketsa kerak.

- Demak, siz uchun mavsum yakunlandimi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Balki so‘nggi ikki turda maydonga tusharman. Chunki FIFA kunlari munosabati bilan Qirg‘iziston terma jamoasining ikki haftalik yig‘ini boshlanadi. Bu orada asosiy guruhda yugurishni ham boshlayman.

- Umuman, Qirg‘izistondagi holatingizdan ko‘nglingiz to‘qmi?

- Mavsum uchun qo‘yilgan minimum vazifa bajarildi - mamlakat kubogi qo‘lga kiritildi. Jami 20ta gol urdim. Shulardan 11tasi chempionat doirasidagi o‘yinlar, qolgani esa OFK kubogi hamda mamlakat kubogi bahslariga to‘g‘ri keldi. Endi yanada kuchliroq chempionatda o‘ynash istagim bor. Yoki xorijga yo‘l olaman yo O‘zbekistonga qaytaman. Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya klublaridan qiziqishlar bor. Hozircha chempionat yakunlanishini kutaman.

- «Dordoy» bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif olmadingizmi?

- Shartnomam dekabr oyining oxirida yakuniga yetadi. Hozircha klub rahbariyatidan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha taklif bo‘lmadi. Ular ham chempionat yakunlanishini kutishayotgan bo‘lsa kerak. Jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlangandi. Balki uning yangi mavsum uchun o‘z rejalari bordir.

- Oliy liga o‘yinlari, xususan, sobiq jamoangiz - «Paxtakor» ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, O‘zbekiston chempionatini muntazam ravishda kuzatib kelyapman. Shubhasiz, «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlarga befarq emasman. Mehmonda «Lokomotiv» mag‘lub etildi. Bu bilan jamoa hali chempionlik uchun ham kurasha olishini isbotladi.

- Milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralashidagi ishtiroki bo‘yicha umumiy fikr va xulosalaringiz qanday bo‘ldi?

- Bizga mundialga chiqish uchun bitta gol yetishmadi. Hujum chizig‘ida ishlarimiz yurishmayotgan ekan, boshqa futbolchilarga imkoniyat berish kerak edi. Lekin murabbiy o‘zi tanlagan yo‘ldan oxirigacha borishga qaror qildi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:55, 03.10.2017. O'qildi: 3506 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик