Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo Chempionlar ligasida hal qiluvchi palla yaqinlashdi

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

OCHLda hal qiluvchi palla yaqinlashdi - bugun «G‘arb», ertaga esa «Sharq»da yarim final bosqichiga start beriladi. Aniqrog‘i, «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) Eronning «Piruzi»sini qabul qilgan bo‘lsa, Odil Ahmedov jamoasi - «Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Urava Reds Daymonds»ga qarshi o‘ynadi.

Har ikki qarama-qarshilik shiddatli tus olishiga aslo shubha yo‘q. Har holda, Osiyo klub futboli ba’zan misli ko‘rilmagan darajada qiziqarli bo‘lishini chorak final bahslaridayoq ko‘rib ulgurdik.

Umuman, OCHL-2017 yarim finalchilarining hech biri bu bosqichga yengilgina yetib kelmadi. Agar tarozi pallasi birozgina boshqa tomonga oqqanda, bugun butkul o‘zgacha kvartet haqida gaplasharmidik...?

«G‘ARB» MINTAQASI

«Al-Hilol»ning yarim final yo‘lida «Al-Ayn» (BAA) bilan 2ta murakkab o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Tarkibida Umar Abdulrahmon, Kayo Fernandes va Duglas kabi mohir ijrochilarni jamlagan BAA klubini «Nasaf» va «Bunyodkor»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlari orqali yaxshi bilamiz. Bu futbolchilar mahoratiga hattoki, raqib jamoa muxlislari ham ochiqchasiga tan berishadi.

Ammo «Al-Ayn»ning OCHLdagi yurishi chorak finalda to‘xtab qoldi va bunda aynan «Al-Hilol»ning «aybi» katta. Bu jamoalar o‘rtasida ilk uchrashuv BAAda bo‘lib o‘tdi va unda 0:0 hisobi qayd etildi. Hammasini hal qiladigan javob o‘yini esa «Al-Ayn»ning ustunligi bilan boshlandi, ammo ko‘p o‘tmay, «Al-Hilol» yarim himoyachisi Karlos Eduardo katta sahnaga chiqdi. Umar Harbin kabi hujumchilar ishi yurishmay turgan vaqtda aynan braziliyalik yigit bor mas’uliyatni qo‘lga olib, 3ta gol urgancha jamoasini yarim final sari yetakladi.

«G‘arb» zonasidagi yana bir chorak final bahsi Saudiya Arabistoni - Eron qarama-qarshiligi («Al-Ahli» - «Piruzi») ostida kechdi. Ammo bu juftlik to‘qnashuvida saudiyaliklardan omad yuz o‘girib, yarim final chiptasi Eron vakiliga nasib etdi. Aslida «Piruzi» yurishi bu qadar cho‘zilishini ko‘pchilik kutmagandi. Chunonchi, forslar u qadar yorqin o‘yin namoyish etolmayotgandilar.

Shunga monand Erondagi dastlabki bahs 2:2 hisobida yakunlangan va javob o‘yinida 83-daqiqaga qadar ham 1:1 natijasi saqlanib turgandi. Agar hisob o‘zgarmaganida, «Al-Ahli» yarim final ishtirokchisiga aylanardi.

Biroq so‘nggi daqiqalarda xitoylik hakam Ma Ni tomonidan belgilangan 2ta penalti hammasini butunlay burib yubordi. Xullas, 3:1 ko‘rinishida g‘alaba qozongan «Piruzi» ortga yarim final chiptasi va Saudiyaning yana bir vakili bilan o‘ynash huquqini olib qaytdi.

«SHARQ» MINTAQASI

«Sharq» hududidagi chorak final raundida kuzatilgan birinchi g‘alati holat shuki, uchrashuvlarning biri Xitoy, ikkinchisi esa Yaponiya ichki derbisiga aylandi. Zero, ushbu bosqichga ikki mamlakatning 2tadan klubi yetib keldi. Musobaqa avvalida tashlangan qur’a va keyinchalik qayd etilgan natijalarga ko‘ra, «Guanjou Evergrand» Odil Ahmedov klubi - «Shanxay SIPG», «Urava Reds Daymonds» esa «Kavasaki Frontale» bilan kuch sinashdi. Natijada chorak finalning o‘zida ikkita dramatik jang guvohiga aylandik. «Shanxay SIPG» joriy mavsum boshlanishi oldidan tarkibini ancha kuchaytirgandi. Jamoaga Oskar, Xalk va Rikardu Karvalyo kabi dunyo darajasidagi yulduzlar va Odil Ahmedov taklif etildi.

Natija o‘zini ko‘p kuttirmadi, oxirgi yillarda Xitoyning eng kuchli klubi sifatida qaddini bukmayotgan «Guanjou Evergrand» chorak finalning ilk o‘yinida yirik - 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Bunaqasini tasavvur qilish ham qiyin edi. Ammo «Guanjou» anoyilardan emas. Bu jamoani braziliyalik Luiz Felipe Skolari boshqarmoqda. Xullas, javob o‘yinida vaziyatni to‘g‘rilash va raqibdan ustun kelish uchun hiyla-nayranglarning 100 xili ishga solindi.

Deylik, «Shanxay SIPG» delegasiyasiga atayin Guanjou shahrining chekka hududidagi xaroba mehmonxonadan joy ajratildi. Kamiga polisiyachilar tekshiruv bahonasida tun bo‘yi futbolchilarni bezovta qilib chiqishdi. Shu tariqa mehmonlarning yaxshi dam olishlariga imkon berilmadi. Eng katta ayyorlik esa ertasi kuni, ya’ni stadion tomon yo‘lga chiqilgan payt ro‘y berdi.

Atayinmi yoki tasodifan, ishqilib, «Shanxay SIPG» a’zolari joylashgan avtobus qaysi yo‘ldan harakatlanmasin, albatta, biror avtoto‘qnashuv sabab, mashinalar tiqilinch holatda turib qoldi. Bu esa tabiiyki, futbolchilarni asabiylashtirdi, ruhan toliqtirdi. Qolaversa, «Shanxay SIPG» stadionga vaqtida ham yetib borolmadi. O‘yinda voqealar shunga yarasha tez rivojlandi.

Birinchi bo‘lim yarimlamay turib, «Guanjou» 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Asosiy vaqt yakunlaganida esa tabloda 4:0 porlab turardi. Ammo Guanjou klubining kuchi bundan ortig‘iga yetmadi. Tomonlar qo‘shimcha bo‘limlarda bittadan gol urishdi va yangi reglamentga muvofiq, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Muhimi, Odil Ahmedov ham «lotereya» tortishda adashmadi va «Shanxay SIPG»ning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shdi.

Buni qarangki, «Urava Reds Daymonds» va «Kavasaki Frontale» o‘rtasida kechgan yaponcha jang ham drama jihatidan qolishmadi. Bu jamoalarning dastlabki to‘qnashuvida «Kavasaki» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob uchrashuvida «Urava» kutilmaganda, «uyg‘ondi» va raqibni 4ta gol bilan «siyladi». Ha, jamoa shuning barobarida o‘z darvozasidan bir marta to‘p olib chiqdi, ammo 4:1 tabiiyki, keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘ldi. Xullas, «Sharq»da OCHL chorak final raundi shunday jo‘shqin holatda o‘tdi. Endi «osmonosti o‘lkasi» va «kunchiqar yurt» vakili final yo‘lida yanada jo‘shqinroq «sahna ko‘rinishi»ni namoyish etsa, ajabmas.

YARIM FINAL

26 sentyabr (seshanba)

«AL-HILOL» (S.ARABISTONI) - «PIRUZI» (ERON)

----------------------------------------------------------

27 sentyabr (chorshanba)

«SHANXAY SIPG» (XITOY) - «URAVA REDS DAYMONDS» (YAPONIYA)

 

3ta «QIZILLAR» VA YAKKA «ETAKCHI»

«AL-HILOL»

Laqabi: «chin yetakchilar»

Tashkil topgan vaqti: 1957 yil 15 oktyabr

Stadioni: «Qirol Fahd», Ar-Riyod (sig‘imi - 70 000)

Bosh murabbiyi: Ramon Dias (Argentina)

Tarkibining umumiy bahosi: 30,8 mln. yevro

 

«PIRUZI»

Laqabi: «qizillar»

Tashkil topgan vaqti: 1963 yil dekabr

Stadioni: «Ozodi», Tehron (sig‘imi - 78 000)

Bosh murabbiyi: Branko Ivankovich (Xorvatiya)

Tarkibining umumiy bahosi: 15,1 mln. yevro

 

«URAVA REDS DAYMONDS»

Laqabi: «qizillar»

Tashkil topgan vaqti: 1950 yil dekabr

Stadioni: «Saitama 2002», Saitama (sig‘imi - 63 700)

Bosh murabbiyi: Mixalo Petrovich (Avstriya)

Tarkibining umumiy bahosi: 23,7 mln. yevro

 

«Shanxay SIPG»

Laqabi: «qizil burgutlar»

Tashkil topgan vaqti: 2005 yil 25 dekabr

Stadioni: «Shanxay», Shanxay (sig‘imi - 57 000)

Bosh murabbiyi: Andre Villash-Boash (Portugaliya)

Tarkibining umumiy bahosi: 58,3 mln. yevro

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:31, 03.10.2017. O'qildi: 6427 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.