Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 17 36
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 17 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brentford 18 26
10 Everton 18 25
11 Brayton 18 24
12 Fulhem 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 14
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Argentinada muammolar. Messi Jahon chempionatiga bormaydimi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlari doirasida oxirgi turlarga start berildi.

Ayni vaqtga kelib mundialda qatnashishi aniq bo‘lgan 8 terma jamoa bor. Mezbon Rossiyadan tashqari, Braziliya, Belgiya, Eron, Janubiy Koreya, Meksika, Saudiya Arabistoni va Yaponiya muxlislarini xotirjam qilishgan.

Argentina, Chili, Niderlandiya, Uels, Shvesiya, AQSH kabi turnirning doimiy ishtirokchilarida esa vaziyat juda jiddiy.

«Tribuna» bu bosqichdagi asosiy intrigalarni ko‘rib chiqadi.

Yevropada ikkinchi o‘rin egalari orasida kim ortiqcha?

UYEFA kvalifikasiya qoidalariga ko‘ra, saralash bosqichidagi 9ta guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoalarning 8tasiga ikkinchi imkoniyat beriladi. Guruhlarda ikkinchi o‘rinlarni egallagan terma jamoalardan 8tasi o‘zaro o‘tish o‘yinlarida qatnashadi, eng yomon natija qayd etgan to‘qqizinchi terma jamoada bunday imkoniyat bo‘lmaydi.

Hozirda eng yomon ikkinchi o‘rin egasi Uels terma jamoasi bo‘lib turibdi. Garet Beyl jamoadoshlari D guruhida 6 o‘yindan 8 ochko olgan, H guruhi vakili bosniyaliklarda ham shuncha ochko bor, ammo to‘plar nisbati sharqiy yevropaliklarda yaxshiroq. Shvesiya va Chernogoriya ham oldinga chiqib keta olmagan, bu ikki terma jamoada 10tadan ochko bor.

1. Portugaliya – 15
2. Shimoliy Irlandiya – 13
3. Italiya – 13
4. Islandiya – 13
5. Slovakiya – 12
6. Shvesiya – 10
7. Chernogoriya – 10
8. Bosniya va Gersegovina – 8
9. Uels – 8

E’tiborli tomoni shvedlar va chernogoriyaliklarda keyingi turlar uelsliklar hamda bosniyaliklarnikiga qaraganda qiyinroq raqiblarga qarshi o‘ynaydi.

(Reglamentga ko‘ra, so‘nggi o‘rindagi terma jamoa bilan o‘yinlardagi ochkolar minus qilingan, shuningdek, konkursdan tashqari ishtirok etayotgan Kosovo bilan o‘yinlardagi natijalar hisoblanmaydi)

A guruhi: Shvesiya – Lyuksemburg, Niderlandiya – Shvesiya (SHvedlar birinchi o‘yinni yutib, ikkinchi o‘yinda Niderlandiyadan yengilsa, jahon chempionatiga bora olmaydi, niderlandlar esa o‘tish o‘yinlarida qatnashishi mumkin);

D guruhi: Gurjiston – Uels, Uels – Irlandiya (uelsliklar reytingi yuqoriroq jamoa, ularda to‘plar nisbatini yaxshilab olish imkoni mavjud. Uelsliklar ikki o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ham ega chiqishi mumkin);

E guruhi: Chernogoriya – Daniya, Polsha – Chernogoriya (Bu uch terma jamoa ham ikkinchi o‘rin uchun da’vogar, ularning har biriga ochko kerak);

H guruhi: Bosniya – Belgiya, Estoniya – Bosniya (belgiyaliklar jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan, estonlar juda kuchsiz o‘yin ko‘rsatmoqda, faqat Gibraltar mag‘lub etilgan).

JCH saralash. Yevropa. So‘nggi janglar oldidan guruhlardagi vaziyat haqida

Kiyevda nima bo‘ladi?

9 oktyabr kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida Ukraina va Xorvatiya o‘ynaydi. Bu jamoalar ayni vaqtda guruhda to‘rtinchi va birinchi o‘rinlarda joylashgan.
1. Xorvatiya – 16
2. Islandiya – 16
3. Turkiya – 14
4. Ukraina – 14…

Ukrainlarda ikkinchi o‘rinni egallash va o‘tish o‘yinlariga o‘tish imkoniyati saqlanib qolgan.

6 oktyabr. Xorvatiya – Finlyandiya, Kosovo – Ukraina, Turkiya – Islandiya

9 oktyabr. Finlyandiya – Turkiya, Islandiya – Kosovo, Ukraina – Xorvatiya

Ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, Ukraina guruh yetakchisiga aylanishi ham, islandlardan keyin ikkinchi o‘rinda qolishi ham mumkin. Birinchi holda Ukraina Rossiyada o‘tadigan JCH-2018 turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Ammo Ukraina hukumati hali bu borada yakuniy qaror qabul qilmagan.

Lukaku va Levandovski Ronalduni quvib yeta oladimi?

Ayni vaqtda JCH saralashining Yevropa bosqichida to‘purarlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishda:

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 14 gol
Robert Levandovski (Polsha) – 12 gol
Romelu Lukaku (Belgiya) – 10 gol

Yana ikki futbolchi 7tadan, uch nafar futbolchi 6tadan gol urgan.

Lukakuda ushbu ro‘yxatda birinchi o‘ringa ko‘tarilish uchun real imkoniyatlar bor. Uning terma jamoasi turnir yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan va murabbiylar shtabi futbolchini erkin qo‘yishi mumkin. Romelu Bosniya va Kiprga qarshi o‘yinlarda to‘purarlik qobiliyatini namoyon etishi kerak.

Levandovskidagi vaziyat ham qiziqarli. Polyaklar Yerevanga g‘alaba uchun borishadi,  Robert bu o‘yinda ham Varshavadagi kabi g‘alaba goli muallifi bo‘lishi mumkin. Keyin Chernogoriyaga qarshi o‘yinda Levandovskida imkoniyatlar bo‘ladi.

Ronaldu Andorra va Shveysariyaga qarshi o‘yinlarda maydonga chiqishi aniq va unda gollar urish uchun imkoniyatlar yaxshi.

Chililiklar mo‘’jiza ko‘rsata oladimi? Argentina ham jar yoqasida.

Janubiy Amerikada kvalifikasiya bosqichi sensasiya taqdim etishi mumkin. Amerika Kubogi g‘oliblari va Konfederasiyalar Kubogi finalchisi bo‘lmish Chili terma jamoasi Rossiyaga kelmasligi mumkin. Hozircha bu mintaqada faqat braziliyaliklar yo‘llanmani naqd qilishgan, faqat Boliviya va Venesuela yo‘llanmadan umid uzib bo‘lgan. Reglamentga ko‘ra, 2018 yilgi jahon chempionatiga ushbu mintaqadan faqat 4 terma jamoa yo‘l oladi, beshinchi vakil Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Lionel Messi boshchiligidagi Argentina ham turnirdan qolib ketishi mumkin.
Argentinaliklar ayni vaqtda guruhda beshinchi o‘rinda joylashib turibdi. Keyingi turda Peru qabul qilinadi, ayni vaqtda bu terma jamoa to‘rtinchi o‘rinda va 1982 yildan buyon ilk marta JCHga chiqish uchun harakat qilmoqda, oxirgi tur esa Ekvadorga qarshi safarda o‘tadi, bu terma jamoa ham mundial yo‘llanmasidan umid uzmagan.

1. Braziliya – 37
2. Urugvay – 27
3. Kolumbiya – 26
4. Peru – 24
5. Argentina – 24
6. Chili – 23
7. Paragvay – 21
8. Ekvador – 20…

99 foizlik ehtimol bilan Urugvay ikkinchi o‘rinda qoladi, bu terma jamoa keyingi turlarni guruhning ikki autsayderiga qarshi o‘tkazadi. Boshqa terma jamoalar bilan esa har qanday vaziyat sodir bo‘lishi mumkin. Oltinchi o‘rindagi Chilining esa taqdiri o‘ziga bog‘liq emas. Chili beshinchi o‘rin uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi Ekvador bilan (CHilida 23, Ekvadorda 20 ochko, ekvadorliklar birinchi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan) uyda o‘ynaydi va oxirgi turda Braziliyaga boradi. Braziliyaliklarga ochko kerak emas, ammo ular o‘z muxlislari qarshisida o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak, qolaversa saralash o‘yinlarida braziliyaliklar faqat bir marta mag‘lub bo‘ldi – Chiliga qarshi safar o‘yinida. Qarzni qaytarish kerak.

Guruhning asosiy o‘yinlari:
5 oktyabr. Chili – Ekvador, Kolumbiya – Paragvay, Argentina – Peru;
10 oktyabr. Braziliya – Chili, Ekvador – Argentina, Peru – Kolumbiya.

Chili beshinchi o‘rinni egallasa, Peruni o‘zaro uchrashuvlardagi ustunlik evaziga ortda qoldirishi mumkin. Paragvay va Ekvadorda jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat juda kam.


Misr jahon chempionatiga qaytadimi?

Amalda bu ritorik savol. Misrliklar o‘z guruhida yetakchi, bu turda autsayder Kongoni yengish kifoya (kongoliklar 4 o‘yindan keyin 1 ochko olgan).

Bu jamoa mag‘lub etilgach, tarixiy voqea nishonlanishi mumkin. Misr jahon chempionatida qatnashgan ilk Afrika terma jamoasi bo‘lgan (1934 yilda) bo‘lsada, keyingi vaqt davomida turnirga faqat bir marta yo‘llanma olgan. Bunga esa 27 yil bo‘ldi. Misr keyingi o‘n yilliklarda kuchsizlangani yo‘q – 7 marta Afrika chempioni bo‘ldi, terma jamoa Olimpiya o‘yinlarida 9 marta ishtirok etgan. Ammo har safar omadsizlik tufayli misrliklar jahon chempionatidan qolib ketaverishgan.

Suriya oxirgi bosqichga yetib bora oladimi?

Ko‘pchilik Suriyani bir oy oldinoq haqiqiy ertak yaratgani haqida yoza boshlagandi. Suriyaliklar Eronga qarshi o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda iroda ko‘rsatib hisobni tenglashtirgandi – 2:2. Bu ochko tufayli ular O‘zbekistonni ortda qoldirib, to‘rtinchi bosqichga o‘tishdi. Bu bosqichda narigi guruhning uchinchi vakili Avstraliyaga duch kelindi. Bu terma jamoalarning biroz oldinroq yakunlangan birinchi o‘yinida kuchlar teng keldi. 10 oktyabr kuni Sidneyda javob uchrashuvi o‘tkaziladi va suriyaliklar bu uchrashuvda ham natijaga erisha olishsa, beshinchi bosqichga o‘tishadi. Bu bosqichda Osiyo jamoasini KONKAKAFning to‘rtinchi vakili kutadi. Ayni vaqtda bu mintaqada to‘rtinchi o‘rinni AQSH egallab turibdi.

Panama amerikaliklarni dog‘da qoldira oladimi?

Gap Qo‘shma Shtatlar haqida ketmoqda. JCH-2018 turniriga yo‘llanma olish hamon amerikaliklarning o‘z qo‘lida turibdi. AQSH Panamaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, o‘zidan bir ochko ko‘p to‘plagan holda uchinchi o‘rinda joylashib turgan jamoani ortda qoldirishi mumkin, oxirgi turda esa kuchsiz Trinidad va Tobagoga safar qilinadi.

Nazariy jihatdan Honduras ham yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi, bu terma jamoa AQSH bilan bir xilda ochko to‘plagan. Ammo hondurasliklar keyingi o‘yinlarni guruh yetakchilari Kosta-Rika va Meksikaga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yinlarda ularning imkoniyatlari nolga teng.

AQSH jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olishi, Panama esa Avstraliya bilan o‘ynashi haqiqatga yaqin.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 23:04, 05.10.2017. O'qildi: 7517 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Манчестер Сити Filip Foden 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.