Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 30.06.2025 01:00
      • Flamengo
      • 2:4
      • Bavariya
      • 30.06.2025 23:59
      • Inter
      • 0:2
      • Fluminense
      • 01.07.2025 06:00
      • Manchester Siti
      • 3:4
      • Al-Hilol
      • 01.07.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Yuventus
      • 02.07.2025 06:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Monterrey
  • Superliga
      • 30.06.2025 20:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Surxon
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 Navbahor 14 26
4 Bunyodkor 14 24
5 Neftchi 13 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Andijon 14 17
9 Surxon 14 17
10 Mash’al 14 15
11 Xorazm 14 14
12 Qizilqum 14 14
13 So‘g‘diyona 14 13
14 Buxoro 14 12
15 Qo‘qon-1912 14 12
16 Sho‘rtan 14 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xorazm 2-3 Andijon
14-тур Qo‘qon-1912 2-3 Dinamo
14-тур Nasaf 2-2 Paxtakor
14-тур Navbahor 6-0 Mash’al
14-тур Qizilqum 1-1 Neftchi
14-тур Bunyodkor 3-2 So‘g‘diyona
14-тур Buxoro 3-1 Sho‘rtan
14-тур OKMK 0-1 Surxon

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Истанбул Башакшехир".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/64 финала. "Эстремадура" - "Жирона".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Дженоа" - "Реджана 1919".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Газиантеп".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Кубок Испании. 1/64 финала. "Лас-Росас" - "Севилья".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Кубок Италии. 1/32 финала. "Сассуоло" - "Читтаделла".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Истанбул Башакшехир".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/64 финала. "Эстремадура" - "Жирона".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Дженоа" - "Реджана 1919".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      09:20 "Регби. Сибириада". Специальный репортаж.
      09:40 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      12:30 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Финал.
      16:20 Д/с "Век нашего спорта".
      16:50 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 1.
      18:15 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 2.
      19:40 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      21:00 "Страна спортивная".
      21:20 "Вопреки всему".
      21:50 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      00:30 Д/с "Век нашего спорта".
      01:00 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Финал.
      04:40 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 1.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Дзюдо. Fonbet Российский профессиональный тур. Этап в Челябинске.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Профессиональный бокс. Артуро Гатти против Микки Уорда.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани.
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      20:30 LIVE Футбол. Betboom Братский кубок. ЦСКА (Россия) - "Партизан" (Сербия). Прямая трансляция.
      23:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 Смешанные единоборства. UFC 317 в Лас-Вегасе, США. Илия Топурия против Чарльза Оливейры.
      02:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Д/ф "КОПА 71".
      04:40 Специальный репортаж.
      04:55 Профессиональный бокс. Артуро Гатти против Микки Уорда.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.07.2025

      07:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      09:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      10:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 1. Флоренция - Римини.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 4. Пинероло - Валлуар.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 5. Сен-Жан-де-Морьен - Сен-Вюльба.
      18:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 9. Труа - Труа.
      21:30 Велоспорт. "Велошоу".
      22:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап в Зальцбурге, Австрия. Обзор.
      23:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Кингстоне, Ямайка. День 3.
      00:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 4 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Обзор.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 9. Труа - Труа.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 5. Сен-Жан-де-Морьен - Сен-Вюльба.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Huvillagan «Kamp-Nou» yoki 1 hafta oldinga qaytamiz

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kataloniyadagi referendum sabab «Barselona»-«Las-Palmas» uchrashuvi muxlislarsiz o‘tkazildi. Andrey Yarmolenko Dortmundning «Borussiya»siga navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritishda ko‘maklashdi. Devid Bekxem yangi imidji bilan muxlislarini lol qoldirdi. Fransiyaning Amyen shahridagi stadiondagi noxush hodisa sabab ishqibozlar jarohatlanishdi. E’tiboringiz markazida dam olish kunlari ro‘y bergan shu va boshqa muhim voqealar tafsiloti.

Angliya. «Manchester Siti» chempionni yengdi

APLning navbatdagi turida markaziy bahs amaldagi chempion «Chelsi» va «Manchester Siti» o‘rtasida kechdi. «Shaharliklar» qatorasiga uchta o‘yinda g‘alaba qozonishgan, Serxio Aguero ajoyib sport formasiga kirib borayotgandi. Biroq Londondagi o‘yinda argentinalik hujumchi qatnashmadi: muhim uchrashuv arafasida avtohalokatga uchrab, jarohatlandi.

Shunga qaramay, Gvardiola shogirdlari usiz ham amallashdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Kevin de Bryuyne tomonidan kiritilgan to‘p o‘yin taqdirini hal qildi. E’tiborlisi, belgiyalik yarim himoyachi so‘nggi 11ta golidan 9tasini jarima maydoni tashqarisidan urdi. Pep esa o‘yindan so‘ng murabbiylik faoliyatida ilk marotaba «Stemford Bridj»da g‘alaba qozonganini ta’kidladi.

Biroq «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alaba «MYU»dan o‘zib ketish uchun yetarli bo‘lmadi. Joze Mourinyo boshchiligidagi «qizil iblislar» yaqqol autsayderga qarshi bahs yuritishdi. Bu paytga kelib nafaqat g‘alaba, balki gol urish nimaligini bilmay kelgan «Kristal Pelas» bu safar ham o‘z darvozasidan javobsiz to‘rtta to‘p o‘tkazib yubordi.

Tarkibdagi rotasiya tufayli jarohatdan tiklanib, safga qaytgan Maruan Fellayni «dubl» qayd etib, uchrashuv qahramoniga aylandi. Darvoqe, ushbu o‘yin­ni bevosita stadiondan kuzatish maqsadida tashrif buyurgan Devid Bekxem o‘zining yangi imidji bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi.

O‘z navbatida, «Tottenxem» ham 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Premyer-liganing yangi vakili «Xaddersfild Taun» raqibning saviyali ijrochilarini to‘xtatishga ojizlik qildi. Har doimgidek, «shporlar» safida Xarri Keyn eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish etdi.

«Liverpul» futbolchilari YECHL doirasidagi bahsdan so‘ng biroz charchab qolishgan chog‘i, yana ochko yo‘qotishdi. Safarda Rafael Benites boshchiligidagi «Nyukasl» bilan murosa ko‘chasi tanlandi. E’tiborlisi, ispaniyalik mutaxassis olti yil mobaynida (2004-2010) «Liverpul»ni boshqarib, 2005 yili «qizillar» bilan YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Ispaniya. Siyosat soyasidagi futbol

Yuqorida ta’kidlanganidek, Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum sabab «Barselona» o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qildi. Chunki La-liga mazkur bahsning boshqa muddatga qoldirilishiga qarshi chiqqandi.

Garchi «ko‘k-anorranglilar» raqibni 3:0 hisobida yengishsada, xayollari futbol maydonidan tashqarida bo‘lgani aniq. Xususan, Jerar Pike final hushtagi yangragach, ko‘ziga yosh olib, kimdir uni milliy jamoa sharafini himoya qilishga loyiq emas, deb hisoblasa, termadan ketishga tayyor ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, «Real» ishqibozlari Barselonaning boshqa bir klubi - «Espanyol»ga qarshi kechgan bahsda vatanparvarliklarini ko‘rsatishga urinishdi: 12-daqiqada hamma boshi uzra Ispaniya bayrog‘ini ko‘tardi. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, «Qirollik klubi» Iskoning «dubl»i evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.

Bu paytga kelib, «Malaga»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Sevilya» turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytdi. Chunki «Atletiko» safarda kamtarona «Leganes» darvozasiga yo‘l topa bilmadi. Bu ham yetmagandek, Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa «Atletik» bilan bahsda bazo‘r 3 ochkolik bo‘lgan «Valensiya»ni ham oldinga o‘tkazib yubordi. «Real Sosyedad» esa «Betis» bilan gollarga boy o‘yin namoyish etib berdi: har ikki jamoa to‘rttadan to‘p kiritishga erishishdi.

Italiya. Videotakrorlarning yangi sarguzashti

«Yuventus»ning «qoqilishi» va peshqadamning almashishi «A» seriyaning 7-turida kuzatilgan eng asosiy voqeaga aylandi. «Atalanta» uyiga safar uyushtirgan «Keksa sinyora» osonlikcha g‘alaba qozonadigandek tasavvur uyg‘ongandi.

Chunki o‘yinning 24-daqiqasiga kelib nomdor mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi. Biroq maydon egalari tez orada birinchi javob to‘pini kiritishdi.

O‘yin taqdiri ikkinchi bo‘lim boshlarida to‘liq hal bo‘lishi mumkin edi. Ammo Mario Manjukich tomonidan urilgan gol bosh hakam Antonio Damato videotakrorlarga murojaat etganidan so‘ng bekor qilindi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tib esa «Atalanta» hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida VAR tizimi endi «Yuve»ga foyda berdi. Yozuvlarni ko‘rib chiqqan referi mezbonlar futbolchisi qo‘l bilan o‘ynaganini aniqlab, penalti belgiladi. Ammo chempionatning eng yaxshi to‘purari Paulo Dibala Etrit Berisha qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilolmadi.

Qizig‘i, uchrashuvdan so‘ng «Yuventus» ustozi Massimiliano Allegri norozi ohangda videotakrorlar o‘yinni cho‘zib yuborganini ta’kidladi.

«Verona» ham 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, aynan VAR tizimi evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Torino»ga qarshi kechgan bahsda hakam dastlab ofsayd tufayli golni inobatga olmadi, keyin esa turinliklar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Jampaolo Passini aniq amalga oshirdi. Uch ochkoni boy bergan jamoa bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich o‘yindan so‘ng hakamning haqligini tan oldi.

O‘z maydonida «Kalyari»ni yengib, qatorasiga yettinchi g‘alabasini tantana qilgan «Napoli» endilikda yakka peshqadamga aylanib oldi. Safarda «Benevento»ni Marselo Brozovichning «dubl»i evaziga 2:1 hisobida yenggan «Inter» esa to‘plangan ochkolar bo‘yicha «Yuve» bilan tenglashdi. O‘z navbatida, «Milan» prinsipial qarama-qarshilikda «Roma»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikki to‘p 70-daqiqadan so‘ng urildi. Garchi ushbu mag‘lubiyatdan keyin ham «rossoneri» rahbariyati Montellaga ishonishini bildirsada, «Bavariya»dagi ishidan bo‘shagan Karlo Anchelottining Milanga qaytishi haqidagi gap-so‘zlar tinmayapti.

Germaniya. «Bavariya»ning navbatdagi «qoqilishi»

Myunxenliklar Anchelotti ketganidan keyingi dastlabki uchrashuvda «Gerta»ni mag‘lub eta olishmadi. Mazkur bahsga jamoani bosh murabbiy vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Villi Sanyol boshlab tushdi. Agar matbuotga ishonadigan bo‘lsak, yaqin orada jamoani Tomas Tuxel qabul qilib olishi mumkin. Mats Xummels va Robert Levandovskining gollaridan so‘ng myunxenliklarda muammo yo‘qdek tuyulgandi, lekin «Bavariya» raqibga qandaydir olti daqiqa ichida ikkita to‘p kiritish imkonini yaratib berdi. Bu ham yetmagandek, Frank Riberi tizzasidan jarohat olgach, uning o‘rniga Kingsli Koman tushirildi.

«Bavariya»ning ochko yo‘qotishi peshqadam «Borussiya» (Dortmund)ning asosiy raqobatchisidan besh ochko ilgarilab ketishiga zamin yaratdi. Vaholanki, «qovog‘arilar» ham «Augsburg»ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Hattoki, «Borussiya» ustozi Peter Bosh bu bahsni shogirdlarining mavsumdagi eng yomon o‘yini, deb atadi.

Qiyin vaziyatda dortmundliklarning yangi a’zosi ukrainalik Andrey Yarmolenko tovoni bilan chiroyli gol urib, jamoasi joniga oro kirdi. «Augsburg» muvozanatni tiklashga erishgandi, ammo bo‘lim o‘rtalarida ukrainalik futbolchi Shinji Kagavani samarali uzatma bilan ta’minladi.

Fransiya. Amyendagi noxush hodisa

Liga 1ning navbatdagi turi Amyendagi stadion tribunasining qulashi bilan esda qoldi. Shu kuni mahalliy «Amyen» «Lill»ni qabul qilayotgandi. 16-daqiqada mehmonlar to‘p kiritishdi, jamoa muxlislari esa ushbu voqeani nishonlash maqsadida o‘zlarini tribuna to‘siqlariga urishdi. Natijada inshoot odamlarni ko‘tara olmay quladi. Xayriyatki, qurbonlar kuzatilmadi.

27 kishi jarohatlangan bo‘lsa, ulardan 5 nafari og‘ir ahvolda ekanligi haqida xabar berildi. O‘yindan so‘ng Amyen prokuraturasi mazkur ish yuzasidan tergov ishlarini boshladi.

Klub prezidenti Bernar Joannen esa barchasida mehmon jamoa muxlislarini aybladi. O‘z o‘rnida, «Lill» rahbarlari «Amyen»ning muxlislar uchun xavfsizlikni ta’minlay olmaganligini ta’kidlashdi.

«PSJ» «Monako» bilan o‘rtadagi farqni yana oshirdi. Bir tur oldin parijliklar maydonida durang o‘ynagan «Monpelye» bu safar monegasklardan ochko tortib oldi. Sulaymon Kamaraning 92-daqiqada urgan goli uchrashuvning durang qayd etilishini ta’minladi.

«PSJ» esa «Bordo»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 6:2. Neymar ikkita to‘p kiritib, bir golga assistentlik qildi. «Bordo» darvozasi tomon penalti belgilangan vaziyat muxlislarni sergak torttirdi.

Chunki «nuqta»ga kim yaqinlashishi ko‘pchilikka qiziq tuyulayotgandi. Yakunda ushbu vazifani Neymar bajardi. O‘yindan so‘ng parijliklar ustozi Unai Emeri ikki yulduzning penaltilarni galma-galdan tepishlarini belgilab qo‘ygani oydinlashdi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:26, 07.10.2017. O'qildi: 5900 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 Бунёдкор Luis Kachorri 6
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.