Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Top Rank” Fazliddin G‘oyibnazarovga “engilmas raqib”ni ro‘baro‘ qilmoqda...

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avvalroq, o‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov joriy yilning 9 dekabr kuni faoliyatidagi to‘rtinchi jangidagi raqibi o‘zgarganligi haqida xabarbergandik.
Aslida rejaga ko‘ra, G‘oyibnazarovning shu kundagi raqibi rossiyalik Andrey Klimovga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Lekin kutilmaganda 35 yoshli Klimov hamda uning jamoasi rejasini o‘zgartirib, Fazliddin bilan jang o‘tkazmasligini ma’lum qilgandi.
Ammo taniqli boks promouteri Bob Arum boshchiligidagi “Top Rank” kompaniyasi Fazliddin G‘oyibnazarovga yangi raqib topib berdi. Unga ko‘ra, Fazliddin 9 dekabr kuni amerikalik 24 yoshli bokschi Stiven Ortizga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Stiven Ortiz faoliyati davomida 7 marta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ikki bor raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Shuningdek, Ortiz so‘nggi jangini shu yilning 24 iyun kuni Tayrom Jonsga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alabaga erishgandi.
Fazliddin G‘oyibnazarov va Stiven Ortiz o‘rtasidagi 8 raundlik jang AQSHning Nyu-York shahrida qad rostlagan Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi.
Tahririyatimiz barcha boks muxlislari nomidan Fazliddin G‘oyibnazarovga omad tilaydi!
Olg‘a, Fazliddin!

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 20:21, 09.10.2017. O'qildi: 28402 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик