Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qachon futbol bo‘lasan benavo o‘yin?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qo‘shma qaror ushbu savolga javob izlaydi

JCH-2018ning OFKga ajratilgan yarimta yo‘llanmasini butun qilish yo‘lida boshlangan ko‘p seriyali bahs boshlandiyu, yana yaralar yangilandi.

Ochig‘i, ilk uchrashuvda Suriya terma jamoasi ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Hammani hayrat ko‘chasiga kiritib, guruhda 3-o‘rinni egallashgani va jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashning yangi bosqichi suriyalik futbolchilar ruhiyatini butkul o‘zgartirib yuboribdi. Ularda avval kuzatilmagan yuksak mas’uliyat ko‘zga tashlandi.

Yo‘q, qadim Shom vakillari guruh raundida aynan shunday damlarni orzu qilib, astoydil to‘p surishdi, hech qachon tushkunlikka berilishmadi. Faqat bitta jihat ularni guruh bosqichidayoq mutlaqo o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p surishdan to‘xtatib turdi...

Xo‘sh, biz qaysi jihatni nazarda tutmoqdamiz? Ishonchimiz komil, zukko futbol muxlislari nima demoqchiligimizni allaqachon fahmlashdi.

Ha, Suriya termasi dastlab milliy jamoamizning og‘zidagi oshni birovga berib qo‘yishi mumkinligina ishonmadi va guruhda 3-o‘rinni egallashdan uncha umidvor bo‘lmadi.

Boshqacha aytganda, ular bir vaqtlar o‘zlariga futbol sirlarini o‘rgatishgan o‘zbekistonlik mutaxassislar tajribasiga hurmat nazari bilan qarashdi. Faqat Malayziyada Samvel Babayan shogirdlarini yenggachgina bu jamoada yo‘llanma uchun kurashish mumkinligiga ishonch uyg‘ondi.

«Pley-off»ning ilk uchrashuvidagi durang - aslida Suriya termasining katta g‘alabasi. G‘oyat qiyin va tahlikali sharoitda ham futbol o‘ynash, ma’lum maqsadlarga erishish mumkinligini Suriya futboli yana bir bora butun dunyoga isbotladi.

Agar yurakda vatan sharafi uchun o‘ynash ishtiyoqi olov bo‘lib yonib tursa, hech bir qarorsiz, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlarisiz ham o‘rtamiyona jamoa kuchli raqib bilan tengma-teng bahslashishga kuch va imkon topadi.

Avstraliya terma jamoasi - kuchli raqib. Avlodlar almashuvi jarayonidan qat’iy nazar, «sokkeruz» kayfiyatida o‘sha mashhur oltin avlod an’analari inersiyasi mavjud.

Mana, suriyaliklar shunday raqibga qarshi esankiramasdan to‘p surib, barchani yana bir marta ajablantirishdi. To‘g‘ri, javob uchrashuvida ishtiyoqdan mahoratning ustun chiqishi ehtimoli katta. Bu ehtimol haqiqatga aylangan taqdirda ham, birov suriyalik futbolchilarni ortiqcha ayblamaydi. Aksincha, ularning sha’niga olqishlar yog‘iladi.

Biz ham imkonsiz vaziyatda yangi imkonlarga ega bo‘lishgani uchun ularni olqishlaymiz. Mayli, suriyaliklar shundoq ham dunyoga doston Damashq dong‘ini futbol maydonlarida yanada baralla do‘mbira qilib chalaversinlar. Ulardan - kurash, bizdan - olqish!

Shundaymi? Nahotki, bu ko‘ngil olqish bilan cheklansa, tasanno aytishdan charchamasa?! Ishonish qiyin. Ma’lum natijaga erishgan raqibni mardona olqishlagan ko‘ngil afsusdan, alamdan yig‘lamasligiga kim kafolat beradi? Axir bosh jamoamizning oxirgi o‘yinidan so‘ng 3 kun shifoxonada davolangan ikki muxlisni yo‘qlab, ularga tasalli berganimiz rost.

Mag‘lublik alamidan sog‘lig‘ini yo‘qotib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotmagan murabbiy yoki futbolchi bu kabi muxlislar dardini qaydan bilsin?! O‘sha jonkuyar muxlislar bugun «Obod»ning ahvoliga achinish bilan boqishmoqda. «Obod» joriy mavsum oliy liga ko‘chatlarini obod qilolmadi. Holbuki, jamoa oliy liga darvozasini katta maqsadlarni ko‘zlab taqillatgandi. Muxlislar ham jamoadan halol va murosasiz bahslar kutishgandi.

Afsuski, hammasi boshqacha tugadi. Milliy jamoamizning jahon chempionatidan chetda qolgani muxlislar dilini og‘ritib, ko‘ngillarni zardobga to‘ldirgan bo‘lsa, «Obod»ning oliy ligadan chetlatilishi futbolimizni ingratdi. Qarangki, urushning qora havosidan bo‘g‘ilib nafas olayotgan Suriya futboli Avstraliyadek ko‘rkam mamlakat «kengurilari» bilan basma-bas olishayotgan bir pallada barchaga ma’lum ayblar bois, «Obod»ning elitadagi ishtiroki muddatidan avval to‘xtatildi.

Uyalish kerak! Kimdir yuragini hovuchlab vatan sharafi uchun futbol jangiga hozirlanmoqda, «Obod» esa manfaat inkanjasida to‘lg‘onmoqda. Bundaylarga boqib, «Qarshingda hasratli o‘yga tolaman, Qachon haq bo‘lasan, ey Sen - olomon?» - deya fig‘on chekkancha dunyodan o‘tdi qahramon shoir Abdulla Oripov.

Bugun buyuk zotlar ruhini shod etmoq uchun ularning munosib vorislari bo‘lishimiz zarurligini ta’kidlayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev barchamizni uyg‘oqlikka chorlamoqda. Qanchalar alamli bo‘lmasin, «Obod»ning oliy ligada ishtirok etish huquqidan mahrum qilinishi uyg‘onish sadolari mayin sasidir! Mutasaddilarning shunday keskin qarorga kelishlari oson bo‘lmagani aniq.

Lekin vaziyatni o‘nglash uchun «Obod»ga qizil kartochka ko‘rsatish shart edi va bu ish amalga oshdi. Jondan aziz Feruzasiga qarata «Seva, seva taloq qilaman!» degan Mirzo Ulug‘bek iztirobi beixtiyor yodga tushadi shunday og‘riqli lahzalarda.

Ayni chog‘da «Yolg‘onchi dunyoni rost etmoq uchun akang qarag‘aylar ko‘krak keradi» qabilidagi shijoat uyg‘otuvchi so‘zlardan sururlanasan va kelajakka umid bilan boqasan kishi. Yangi g‘alabalarsiz, umidsiz futbol muxlis uchun futbolmi? Yo‘q, aslo! Muxlis futbolimiz kelajagiga ishontiruvchi sa’y-harakatlardan kuch oladi, tetiklanadi. Shu ma’noda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojalantirish borasidagi qo‘shma qaror - ayni muddao.

Ikki mutasaddi tashkilotning birgalikdagi ezgu va ulug‘ maqsadi muxlislar qalbida oqayotgan hazin futbol daryosini xurram to‘lqinlantirdi. Demak, o‘sha hazin futbol daryosi kelajakda g‘alabalar shodiyonasidan to‘lib-toshadi.

Qo‘shma qaror garchi 2018-2023 yillar islohotini o‘z ichiga olsada, muxlislar hozirdanoq 2022 yilga astoydil umid bog‘lashmoqda. Ularning hisob-kitoblari ham o‘ziga xos. Deylik, 2018 yili 16-18 yoshga to‘ladigan futbolchi nima uchun Qatar-2022 yo‘llanmasi uchun kurashmasligi kerak?

Ba’zilar bu qaror bilan 2026 yilgi jahon chempionati ko‘zlanayotganini ta’kidlashmoqda biroz hafsalasizlik bilan. Biz esa boshqacha fikrdamiz. Yosh bilan bog‘liq eskicha qarashlarni ongu-shuurimizdan o‘chirish - mazkur qarorning bosh strategiyasi.

Hozir futbolimizda yoshni yashirish, 18 yashar yigitga milliy jamoa libosini ishonmaslik kayfiyati kuchli. Ayni shunday noxush kayfiyat sabab, 18 yoshli futbolchi bosh jamoa tarkibiga kirishni tasavvuriga ham sig‘dirolmaydi. Qo‘shma qaror shunday nojoiz qoliplarni buzish uchun kurashadi.

Mamlakatimiz rahbari yoshlarga yo‘l berish, ularga mas’uliyatli ishlarni topshirish zarurligini bot-bot qat’iyat bilan ta’kidlamoqda. Kuni-kecha Bo‘stonliqda yosh ijodkorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarimiz taniqli ustozlarning bebaho saboqlaridan ruhlanishdi.

Umid qilamizki, kelgusida yurtimizdagi eng iqtidorli yosh futbolchilar forumi ham tashkillanadi va unda chin iste’dodlar Xosep Gvardiola, Joze Mourinyo kabi murabbiylar, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu kabi mashhur yulduzlar bilan uchrashishadi.

Bu kabi uchrashuvlar 18 yoshli yigitni birdan ulg‘aytiradi... Xullas, futbolimizni yorug‘ kelajak kutmoqda. Uni o‘sha yorug‘ kelajak sari birgalikda eltaylik, azizlar!

Muhammad Vali

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:54, 13.10.2017. O'qildi: 2847 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик