Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • 0:1
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 1:0
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonda mundial o‘tkazilsa…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston futbol federasiyasiga yangi rahbariyat kelgach, FIFA tasarrufidagi musobaqalarning mamlakatimizda o‘tkazilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi.

Demak, balki yaqin yillar ichida o‘smirlar, yoshlar yoki ayollar o‘rtasidagi mundiallarga mezbonlik qilarmiz?! Axir viloyatlarimizdagi ko‘plab stadionlar zamonaviy ko‘rinish kasb etdi.

Uch tizimli sport o‘yinlari tufayli barcha hududlar markazlaridagi sport arenalari qaytadan rekonstruksiya qilindi, ayrimlari yangidan qad rostladi.

Toshkentning o‘zida ham mundialni o‘tkazish uchun yetarli infrastruktura yaratilgan. Xullas, sharoit yetarli.

Xo‘sh, so‘nggi yillarda FIFA Osiyo qit’asida qanday turnirlar o‘tkazdi? Bizni oldinda yana qaysi musobaqalar kutib turibdi? Quyida shu haqda so‘z yuritmoqchimiz.

Jahon chempionatlari(bosqichma-bosqich)

FIFA shafe’ligida erkaklar o‘rtasida 10ta, ayollar o‘rtasida 6ta xalqaro turnir o‘tkaziladi. Bundan tashqari, FIFA Interaktiv jahon chempionati ham har yili tashkil etiladi.

Mundial

JCH-2002 Janubiy Koreya va Yaponiya maydonlarida 31 may - 30 iyun sanalarida o‘tkazilgan hisob bo‘yicha 17-jahon chempionati edi. Bu mundial qit’amizda ilk bora tashkil etilgani hamda birdaniga ikkita mamlakatga topshirilgani bilan tarixda qolgandi.

Mazkur JCH uchun Janubiy Koreya ham, Yaponiya ham 10tadan, jami 20ta stadionni taxt qilgandi. Asosiy uchrashuvlar o‘tkazilgan Tegudagi «Jahon kubogi» arenasiga 68014, Yokogamadagi Xalqaro stadionga esa 70 ming tomoshabin sig‘adi.

Jahon chempionatidan so‘ng Yaponiyada bu inshootlarga muxlislar tashrifi kutilganidek ko‘paymadi. Qolaversa, Yaponiyadan Asahi Shimbun, Nippon Life Insurance, Nippon Telegraph and Telephone, Nissin Foods, Nomura Securities, Tokyo Electric Power Company, Tokio Marine and Fire Insurance, J.Koreyadan esa Hyundai Marine and Fire Insurance, KCC Corporation, Kookmin Bank, Korea Telecom, Korean Air, Lotte Hotel kompaniyalari mahalliy homiylar sifatida musobaqa bilan bevosita bog‘lanishdi.

Osiyo termalaridan J.Koreya 4-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Yaponiya 1|8 finalga yo‘l olgan jamoalar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatdi.

Xitoy va Saudiya Arabistoni mos ravishda 9ta va 12ta gol o‘tkazgan holda mundialdagi eng kuchsiz jamoalarga aylanishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra tuzilgan «Yulduzlar terma jamoasiga» J.Koreyadan himoyachi Xong Myung Bo va yarim himoyachi Yu Sang Chul kiritildi.

JCH-2022. Qit’amizda o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng ushbu turnir Germaniya (Evropa), JAR (Afrika), Braziliya (Janubiy Amerika) qit’alarini aylanib chiqdi.

Oldinda Rossiya (Evropa) va Qatar (Osiyo) mundiallari ham bor. JCH-2022 noyabr-dekar oylarida o‘tkazilishi, stadionlarda zamonaviy innovasion sovutish tizimi o‘rnatilishi bilan boshqa jahon chempionatlaridan yaqqol ajralib turadi.

Kichik mundial

Yoshlar o‘rtasidagi JCH 1977 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Unda ayni paytga kelib 24ta jamoa ishtirok etadi. Argentina ushbu maqomdagi turnirda eng ko‘p jahon chempioni bo‘lishga erishgan - 6 marta.

Osiyo qit’asida mazkur musobaqa 6 marta o‘tkazilgan: Yaponiya (1979), Saudiya Arabistoni (1989), Qatar (1995), Malayziya (1997), BAA (2003), Janubiy Koreya (2017).

1981 yilda Qatar, 1999 yilda Yaponiya ushbu turnir finaliga qadar chiqishgan. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlari dunyoga Diyego Armando Maradona, Xavyer Saviola, Lionel Messi, Serxio Aguero va Pol Pogbani taqdim etgan.

Yangi asrda 9ta mundial o‘tkazilgan bo‘lsa, unda OFKga a’zo mamlakatlardan jami 15ta terma ishtirok etgan. Qit’amiz sharafini himoya qilgan jamoalar qayd etgan eng yuqori natija - 4-o‘rin (Iroq, 2013 yil).

O‘zbekiston termasi 2003 yili Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi mundialda debyut qilgan. Umuman olganda, BAA-2003da vakillarimizdan tashqari, Burkina-Faso, Panama, Slovakiya jamoalari ham ilk ishtiroklarini o‘tkazishgan.

Shundan so‘ng yoshlarimiz 2009, 2013 va 2015 yilgi kichik mundiallarda ham munosib qatnashishgan.

JCH-2017. Mazkur chempionatni o‘tkazishga 12ta mamlakat, xususan, qit’amizdan Bahrayn va Saudiya Arabistoni ham da’vogar bo‘lishgandi.

20 may - 11 iyun sanalarida Janubiy Koreya maydonlarida o‘tkazilgan hisob bo‘yicha 21-jahon chempionatiga Cheonan, Tejon, Inchxon, Jeju, Chonju, Suvon shaharlari mezbonlik qildi.

Turnir to‘purari - Rikardo Orsolini (Italiya, 5ta gol). Qit’adoshlarimizdan Ritsu Doan (YAponiya) 3ta, Li Seung Vu, Peyk Seung Xo (Janubiy Koreya) esa 2tadan gol urishgandi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, mezbonlar 10, Yaponiya 14, Saudiya Arabistoni 15, Eron 18, Vyetnam 22-o‘rinlarni band etishdi.

«Kenja» mundial

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:24, 14.10.2017. O'qildi: 6098 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.