Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • OChL-2
      • 06.11.2025 15:00
      • Makartur
      • 2:1
      • Kongan Hanoi
      • 06.11.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 1:2
      • Bangkok Yunayted
      • 06.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 1:1
      • Tampines Rovers
      • 06.11.2025 17:15
      • Beyjing Guoan
      • 0:0
      • Tay Po
      • 06.11.2025 17:15
      • Selangor
      • 2:3
      • Persib
      • 06.11.2025 17:15
      • Pathum Yunayted
      • 2:1
      • Kaya–Iloilo
  • Superliga
      • 07.11.2025 18:00
      • OKMK
      • -:-
      • Navbahor
      • 07.11.2025 18:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Neftchi
      • 08.11.2025 16:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Paxtakor
      • 08.11.2025 17:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Dinamo
      • 08.11.2025 18:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Mash’al
  • «A» Seriya
      • 08.11.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.11.2025 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Kalyari
      • 08.11.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Verona
      • 08.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 08.11.2025 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.11.2025 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Alaves
      • 08.11.2025 20:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Osasuna
      • 08.11.2025 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Levante
  • APL
      • 08.11.2025 17:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.11.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Fulhem
      • 08.11.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Byornli
      • 08.11.2025 22:30
      • Sanderlend
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

Navbatdagi o'yinlar.

07/11/25 OKMK - Navbahor
07/11/25 Buxoro - Neftchi
08/11/25 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
08/11/25 Bunyodkor - Dinamo
08/11/25 Nasaf - Mash’al
09/11/25 Qizilqum - Andijon
09/11/25 Xorazm - So‘g‘diyona
09/11/25 Surxon - Sho‘rtan

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2984 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Арам Задоян.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.11.2025

      05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "КОПА 71".
      09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      16:35 "Страна спортивная".
      16:55 LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция.
      18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд.
      23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд.
      00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары.
      04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.11.2025

      05:00 "Эволюция спорта".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "География спорта". Астрахань.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:25 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция.
      21:55 LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция.
      00:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала.
      11:00 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа.
      21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа.
      21:55 LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция.
      23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Paulinyo: «Braziliyaga boshqa futbol o‘ynamaslik o‘yida qaytgandim»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

U Barselonadagi mo‘’jazgina sportzalda joylashgan eskiroq divanga o‘tirdi. Joze Paulo Bezerra Masiel Junior bu yerda o‘zini uyidagidek his qilmoqda va hech qayerga shoshilmayapti.

U soatiga ham, smartfoniga ham qaramay, bor e’tiborini «Kamp Nou»ga qilingan uzoq sarguzashtlar bilan bog‘liq biroz g‘amgin xotiralarga qaratdi.

Zero, bu yerda paydo bo‘lish unga turli murakkabliklarni taqdim etgandi. Shunga qaramay, 29 yil avval San-Pauluda tavallud topgan yigitcha hozir Messi bilan yonma-yon to‘p suryapti, qolaversa, Braziliya termasi sardori hisoblanadi.

Xorijlik hamkasblarimiz Paulinyoni suhbatga chorlab, turli mavzudagi savollarga javob olishdi.

- Faoliyatingiz qanday boshlangan?

- Besh yasharligimdan beri futbol ichidaman. Dastlab hudud futzal jamoasida o‘ynadim, keyinroq esa boshqa bir mini-futbol klubi - «Portugesa»ga o‘tdim. Mazkur jamoalarda 11-12 yil to‘p surdim, ba’zan katta maydonlarda ham o‘zimni sinab ko‘rardim. San-Pauludagi «Pan-di-Asukar» klubida ham faoliyat yuritdim.

Ota-onam kelajagimga ishonishgani bois doim men bilan birga bo‘lishar, futbolchilik faoliyatimni davom ettirishim uchun kecha-yu kunduz ishlash kerak bo‘lsa, har qanday yumushga tayyor turishardi. Ammo kelajagim mavhumligicha qolaverdi. Shunga qaramay, ertaga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, futbolni sevdim, o‘ynashda davom etdim.

- Va sizni Litvaga chaqirishdi...

- Ha, bu 2006 yilda sodir bo‘ldi. O‘shanda 17 yoshda edim va «Pan-di-Asukar»ning yoshlar jamoasida «volante» pozisiyasida (Janubiy Amerikadagi termin, markaziy yarim himoyachi ma’nosini anglatadi) to‘p surardim. Bir umr shu chiziqda o‘ynadim. Ayrim hollarda murabbiylar himoyaga qo‘yishgan bo‘lsa-da, doim hujumlarda ishtirok etishni istardim.

- Nima uchun ketib qoldingiz?

- Katta imkoniyat tug‘ilgandi. Hali bola edim. Vilnyusdagi jamoada braziliyaliklar ko‘p bo‘lib, ancha oldin kelib, mahalliy muhitga moslashishga ulgurishgandi ham.

Men uchun esa hammasi yangilik, haqiqiy sarguzasht edi. Boz ustiga, yosh bo‘lsam-da, ketishim kerakligini yaxshi anglardim va bu ota-onamga iqtisodiy tomondan ko‘maklashish imkonini yaratishini bilardim. To‘g‘ri, uyda och qolmasdik, lekin ko‘p ishlashimizga to‘g‘ri kelardi. Otam San-Paulu prefekturasida 30 yil mehnat qilgan, o‘z ishining ustasi edi.

Uning dam olishini xohlardim, ammo ishini sevganidan nafaqaga chiqishni istamasdi. Onam supermarket va kollejlar ma’muri edi. Ularga yordamlashishga astoydil bel bog‘lagandim, boisi Litvada Braziliyadagidan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashardi.

- Bunday qaror qabul qilishingizga hali juda erta emasmidi?

- Balki shundaydir, biroq Braziliya tashqarisida ham o‘zimni sinab ko‘rishni, futbol o‘ynashni istardim. Pul hech qachon asosiy maqsadim bo‘lmagan. Litvada, keyin Polshada to‘p surganimda, hali yosh ekanligimga qaramay, vatandan olisda yashaganman. Vilnyusga yolg‘iz keldim, boshqa braziliyaliklar bilan yashasamda, yolg‘izlikni his qildim. Oiladan, do‘stlarimdan, San-Pauludagi men uchun aziz sanalgan barcha narsalardan uzoqda yashadim... Bu o‘ta og‘ir davr bo‘lib, 6-7 oy davom etdi. Keyin irqchilik bilan bog‘liq bir nechta hodisa yuz berdi va men Polshaga yo‘l oldim.

- Qanday voqealar?

- O‘shanda asta-sekin jamoaga moslashib borayotgandim, Vilnyusda 8 nafar braziliyalik bor edi, hamma narsadan ko‘nglim to‘lardi. Bu irqchilik bilan bog‘liq voqealar yuz berguncha davom etdi. Ular menga nima de-yishdi? Shunday vaziyatlarda nima de-yishlari o‘zingizga ma’lum. Ammo turli kamsitish va tahqirlar bir umrga yuragimda qoldi.

Bu kabi hollar nafaqat men, balki vatandoshlarimga nisbatan ham domimiy ravishda yuz berardi. Irqchilikdan nafratlanardim. Polshaga yo‘l olarkanman, «Bu yerda ham shunga o‘xshash voqealar yuz bersa, hammasidan voz kechib, Braziliyaga qaytaman», - deb o‘z-o‘zimga so‘z berdim.

XXI asrda bunday harakatlarning sodir etilayotgani -  sharmandalik. Shunchaki, barchamiz insonligimizni, bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz kerakligini aytmoqchiman, xolos.

- Bunga qanday qarshilik qildingiz?

- Irodam kuchli, xarakterim bor, umuman, inson o‘z or-nomusini himoya qilishi uchun kerak bo‘ladigan hamma narsaga egaman... Men - juda kuchli shaxsman. Shu bois, qarorimdan qaytarishning imkoni yo‘q.

O‘z prinsiplarimga doim sodiq qolaman, lekin xayriyatki, Litvadagi kabi salbiy holatlar Polshada takrorlanmadi. U yerda menga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishdi.

- Vatan sog‘inchi ham qiynagandir?

- Albatta. Ba’zida: «Bu yerga nega keldim? Nima qilyapman? Buning kimga keragi bor..?», - kabi savollar tinchlik bermasdi. Yolg‘iz edim va bu meni juda qiynardi. Yonimda ota-onam ham, akam ham yo‘q edi. Ortga qaytish haqida ko‘p o‘ylardim. Aynan shu narsa tezroq ulg‘ayishimga ko‘maklashdi.

Ammo Polshada boshqa muammolar paydo bo‘ldi: klub o‘z majburiyatini bajarmagach, Braziliyaga qaytishga qaror qildim. Shartnoma nihoyasiga yetishini kutdim. O‘rnimda boshqa birov bo‘lganida, maosh to‘lamaganliklarini bahona qilib, mavsum o‘rtasidayoq ketib yuborardi. Lekin men shartnomaning so‘nggi kunigacha sabr qildim, o‘ynadim.

- Oxir-oqibat, Braziliyaga qaytdingiz...

- To‘g‘ri, ortga qaytdim va oldimga aniq maqsad qo‘ydim: «Boshqa hech qachon futbol o‘ynamayman! Hech qachon!» Nimaga? Polshada men tushib qolgan vaziyat millionlar o‘yinidan butkul sovutib yuborgandi. Axir, men - odamman, qolganlar kabi tinch-xotirjam, ertangi kun umidi bilan yashaydigan, haq-huquqlarini himoya qila biladigan insonman.

Polshada o‘z majburiyatimni bajardim, ular esa yo‘q. Shu bois, vatanga qaytgach, futboldan ketish haqida o‘ylab qoldim. «Pan-di-Asukar» - sobiq klubim yana futbol o‘ynashimni xohlardi. Men esa, xayolan «Polsha ham, «Pan-di-Asukar» ham endi yo‘q», derdim. Mehribon ota-onam, vatanim bor, yana nima kerak? Hammasiga nuqta qo‘yib, faoliyatimni yakunlashni istardim.

- Ammo baribir, yana futbolga qaytdingiz...

- Oilamda qiz farzand tug‘ildi. Sobiq rafiqamga ichimdagini to‘kib soldim: «Boshqa futbol o‘ynashni istamayman!» U esa: «Xo‘sh, boshqa qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lasan, qo‘lingdan nima keladi? Axir futbol sen ajoyib tarzda uddalaydigan narsalar orasida birinchi o‘rinda-ku», - deb javob qildi. Ota-onam ham shu fikrda edilar. Men esa ahdimdan qaytishni istamasdim. Shunda sobiq turmush o‘rtog‘im: «Bu qaroring ota-onang, ular sen uchun qilgan barcha ishlarga nisbatan hurmatsizlik emasmi? Axir shuncha yil ishlashdi, qo‘llab-quvvatlashdi-ku. Nahotki, yaqinlaringning besh yasharligingdan beri qilgan mehnatlarini unuta olsang?», - qabilida gapirdi.

- Va sizni fikringizdan qaytara bildi...

- Ha. Ammo buning uchun yana ikki hafta kerak bo‘ldi. O‘shanda San-Pauluda edim, uydan chiqmasdim, mashg‘ulotlarda qatnashmasdim... Umuman, hech narsa qilmasdim. Menga «Pan-di-Asukar» boshqaruvchisi qo‘ng‘iroq qilib, ko‘ndirishga urindi: «Iltimos, fikringni o‘zgartir. Shunchaki, qaytishga harakat qil, ko‘ngling to‘lmasa, unda bilganingni qilaverasan». Men esa qat’iy ravishda «Yo‘q», - dedim.

Boz ustiga, Polshada oladigan maoshim bilan bu klub taklif qilayotgani o‘rtasidagi farq ham katta edi. Alal-oqibat, yangi dunyoga kelgan qizim haqqi, ota-onam va sobiq turmush o‘rtog‘im maslahatlariga quloq soldim. Klubdan oilam uchun uy ajratib berishlarini so‘radim. Talabim qondirildi.

- Shu tariqa yana futboldasiz.

- Ha, ammo o‘shanda Braziliya 4-divizionida ishtirok etardim. Vaqt o‘tgani sari dilimdagi og‘riqlar unutildi, yana futboldan lazzat ola boshladim. Biz terseraga chiqdik, yana bir mavsumdan keyin esa - segundaga. Eng qizig‘i, o‘shangacha Braziliyada professional futbol o‘ynamagandim.

Bolaligimda «Portugesa»da, 2004-2006 yillarda «Pan-di-Asukar» yoshlari safida to‘p surdim, lekin futbolchi sifatida Vilnyusda shakllandim. O‘zimni maydon va uning tashqarisida qanday tutishni o‘rgandim. Boshqa sportchilar umuman to‘qnashmagan salbiy illatlarga duch keldim. Futbol o‘ynash oddiy hayotdagi kechmishlardan ancha oson ekanini tushunib yetdim.

- «Pan-di-Asukar»dan yuqori divizion vakili - «Bragantino»ga, keyin «Korintians»ga o‘tdingiz.

- Barcha klublarda bir narsaga tez-tez duch kelardim: ko‘pchilik mening qobiliyatim, o‘yinim to‘g‘risida gapirar-        di-yu, o‘zim haqimda hech narsa bilishmasdi. Tarjimai holim, tariximdan bexabarlarning faoliyatim xususida gapirishlari menga juda og‘ir botardi.

Bunday vaziyatlarga «Korintians»da ham duch kedim. «Bragantino»dan ketayotganimda ham meni rosa tanqid qilishdi. Ammo bunday munosabatga beparvo qaradim. Oilamning yaxshi yashashi uchun ko‘proq ishlashga intildim. Menga bundan boshqasi qiziq emasdi.

- «Korintians»da ilk muvaffaqiyatga erishdingiz ham...

- Ha, aynan Tite yuksak yutuqlarga erishish imkonini taqdim etdi. U bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Menga katta yordam qilgan, masalan, 2011 yilda. Ixtiyorimda bir nechta takliflar bor edi. Agentim qo‘ng‘iroq qilganidan keyin, «Korintians» mashg‘ulotlar markaziga bordim. «Inter»dan taklif tushdi, - dedi agentim.

- Hozirning o‘zidayoq javob berishing shart». Ko‘zim to‘la yosh bilan kiyim almashtirish xonasiga kirsam, jamoadoshlarimdan biri so‘radi: «Nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsan?». «Yaqin 5 daqiqa ichida «Inter»ga qanday to‘xtamga kelganimni aytishim kerak», - dedim. Keyin Titedan maslahat oldim. «Bu - sening qaroring bo‘lishi kerak.

Hozir boshqa klubga o‘tish vaqti emas, ammo hammasini o‘zing hal qilishing lozim», - dedi ustozim. Ko‘zim to‘la yosh bilan ortga qaytdim, ammo bir qarorga kelib bo‘lgandim: «Qolaman». Tezda kiyimlarimni almashtirdim-da, mashg‘ulotlarga kirishdim. Maydonga tushgach, Titega bosh barmog‘imni ko‘rsatib, «Korintians»da qolishimni bildirdim.

- Juda to‘g‘ri qaror.

- Men uni 5 daqiqa ichida qabul qildim va aslo achinmadim. Biz barcha sovrinlarga ega bo‘ldik, o‘zim esa «Korintians» tarixidagi eng chiroyli o‘yinlarni ko‘rsatdim. 2013 yilda bir yo‘la ikkita jamoa - «Roma» va «Tottenxem»dan chaqiruv oldim. O‘shangacha Braziliyada barcha narsaga erishgandim. Angliya - mening tanlovim bo‘ldi, boisi murabbiy Villash-Boashni yoqtirardim.

- Keyin Xitoyga yo‘l oldingiz.

- Chin yurtiga borsam, jahon futboli nazaridan chetda qolishimni bilardim, ammo nima xohlayotganim o‘zimga ayon edi: maydonga tushishim shart, buning qayerda amalga oshirilishi esa ahamiyatsiz.

Felipao (Skolari)dan ishonch bildirgani uchun minnatdorman. Zero Angliyadan qochmagandim, shunchaki, futbolchi sifatida dunyoga qayta kelishim shart edi. Xitoyda juda chiroyli tarix yozdim - 6ta sovrin yutdim, eng muhimi, mahalliy muxlislar qalbini zabt eta oldim.

- So‘ngra «Barsa»dan taklif tushdi.

- Bu ajoyib imkoniyat edi. Skolariga barchasini ochiq aytdim: «Barsa» darajasidagi boshqa biror klub Xitoydan o‘yinchi xarid qilmaydi. Yo hozir ketaman yoki bu ish hech qachon amalga oshmaydi». U meni tushundi, klub «Barsa» tarkibiga o‘tishimga ruxsat bermasa, katta adolatsizlik bo‘lishini angladi.

Shu tariqa, mazkur o‘tish amalga oshmay qolish xavfi tug‘ilgan palla - Xitoydagi transferlar oynasining so‘nggi kunida Kataloniya klubi a’zosiga aylandim.

- Yana bir muammoli holat.

- Boshimdan o‘tkazgan ko‘plab qi-yinchiliklar oldida bu muammo bilan meni yiqitish oson bo‘lmasdi. Hayotiy tajribam barchasini yengib o‘tishimda yana qo‘l keldi.

Umrim davomida ko‘plab chorlovlar guvohiga aylandim. Qiyinchiliklarsiz futbol esa - futbol emas. Doimo hammasini yaxshi uddalashga intildim, begonalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z yo‘limdan qaytmadim.

- Bu muzokaralarga qadar boshqa rasmiy murojaatlar ham bo‘lgandir?

- Ha, bo‘lgan (kuladi). Iyunda Argentinaga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvimizda Villian va yana qaysidir jamoadoshim bilan jarima to‘pi tepishga tayyorgarlik ko‘rayotgandim.

Shunda Messi yonimga kelib: «Barselona»ga o‘tasanmi yoki yo‘qmi?», deb so‘rab qoldi. Aynan zarba yo‘llash oldidan aytdi bu so‘zlarni. Unga qanday javob berdim? «O‘tishimni istasang, olib ketishing mumkin.

Bajonidil boraman». O‘shanda shu qadar asabiylashgandimki, Villianga «Jarimani o‘zing tepaqol!», degandim. O‘yindan so‘ng Leo bilan futbolkalarimizni almashtirdik.

O‘shanda u jarima to‘pi tepishimga imkon bermagandi, ammo men hozir Kataloniyadaman, jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri bilan yonma-yon to‘p suryapman.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 16.10.2017. O'qildi: 6661 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.