Amerikaning mashhur ESPN nashri Angliya Premyer-ligasi (APL) tarixidagi eng yomon 25 ta transfer reytingini e’lon qildi. Ushbu antireytingni ukrainalik vinger Mixail Mudrikning «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga o‘tishi boshqarib berdi.
Transfer 2023 yilning qishida amalga oshirilgan bo‘lib, London klubiga taxminan 70 million yevroga tushgan edi. Bu ukrainalik futbolchilar uchun tarixdagi eng qimmat transfer sifatida qayd etilgan. Biroq Mudrik «Chelsi»ning asosiy o‘yinchisiga aylana olmadi, keyinchalik esa doping mojarosi sababli safdan chetlatildi.
Bundan tashqari, ro‘yxatdan Ukrainaning yana bir vakili — Andrey Shevchenko ham joy oldi. Uning 2006 yilda «Milan»dan «Chelsi»ga o‘tishi reytingda 17-o‘rinni egalladi. O‘sha vaqtda londonliklar hujumchi uchun qariyb 44 million yevro to‘lashgan va bu o‘sha davrda klub uchun rekord summa hisoblangan.
ESPN antireytingining kuchli uchligidan, shuningdek, Antoni va Nikolya Pepe transferlari ham joy oldi.
ESPN talqiniga ko‘ra APL tarixidagi eng yomon 10 ta transfer:
-
Mixail Mudrik — «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga
-
Antoni — «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga
-
Nikolya Pepe — «Lill»dan «Arsenal»ga
-
Ali Dia — erkin agent sifatida «Sautgempton»ga
-
Denni Drinkuoter — «Lester»dan «Chelsi»ga
-
Rikki Alvares — «Inter»dan «Sanderlend»ga
-
Romelu Lukaku — «Inter»dan «Chelsi»ga
-
Djeydon Sancho — «Borussiya» Dortmunddan «Manchester Yunayted»ga
-
Tomas Brolin — «Parma»dan «Lids»ga
-
Kalvin Fillips — «Lids»dan «Manchester Siti»ga