Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga 25-tur uchrashuvlariga oid qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+-1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

20-21 oktyabr kunlari Oliy Ligada 25-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida bir qator qiziqarli tarzda o‘tishi kutilayotgan bellashuvlar mavjud.

Quyida tur start olishidan avval uchrashuvlarga oid ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Oliy Liga, 25-tur

20 oktyabr, juma

“Olmaliq” (Olmaliq) – “Mash’al” (Muborak)

Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), SH. Nasibullayev (Namangan).

Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent)

PFL vakili: V. Shtern

25-turda musobaqa jadvalining 8- hamda 9-pog‘onalarini egallab turgan “Olmaliq” va “Mash’al” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Mazkur ikki klub Oliy Liga doirasida shu paytgacha 17 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 9tasida muborakliklar, 4tasida esa olmaliqliklar g‘alaba qozonishgan. Yana 4ta bahs durang natija bilan yakunlangan. To‘plar nisbati – 18-22 “gazchilar” foydasiga.

Birinchi davradagi o‘yin: 0:0 (durang)

 

 

“So‘g‘diyona” (Jizzax) – “Metallurg” (Bekobod)

Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi).

Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent)

PFL vakili: B. Haydarov.

Musobaqa jadvalida “xavfli zona”dan biroz tepada borayotgan “So‘g‘diyona” bu turda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Qiziq jihati shundan iboratki, bu safargi o‘yin jamoalar uchun navbat bo‘yicha 32-match bo‘ladi va unda g‘alaba qozongan klub o‘zaro uchrashuvlarda kichik ustunlikka ega bo‘ladi. Boisi tomonlar hozirga qadar 31 marta bahs yuritishgan va 12 martadan g‘alabaga erishishgan. 7ta o‘yinda esa g‘olib aniqlanmagan – durang. Raqib darvozasini ishg‘ol etish bobida esa jizzaxliklar biroz oldinda – 45-43.

Birinchi davradagi o‘yin: 1:3 (“Metallurg” g‘alaba qozongan)

 

 

“Nasaf” (Qarshi) – “Dinamo” (Samarqand)

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), S. Ulfatov (Toshkent vil.), E. Tursunov (Buxoro).

Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent)

PFL vakili: R. Chernikov.

Oliy Ligada 2-o‘rinni band etib turgan Qarshining “Nasaf” klubi 25-turni o‘z uyida “Dinamo”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu jamoalarning o‘zaro bellashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Nasaf” o‘tkazilgan 37ta o‘yinning 19tasida g‘olib bo‘lgan. “Dinamo” esa 7ta matchda zafar quchgan. 11ta bahsda esa g‘olib nomi aniqlanmagan – durang. “Nasaf” futbolchilari samarqandliklar darvozasini 52 bor ishg‘ol etishgan. “Dinamo” vakillari esa 35 bor muvaffaqiyat qozonishgan.

Birinchi davradagi o‘yin: 1:1 (durang)

 

 

“Qizilqum” (Navoiy) – “Lokomotiv” (Toshkent)

Hakamlar: T. To‘xtasinov (Andijon), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), K. Rasulov (Qarshi).

Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)

PFL vakili: N. Lutfulin.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” hozirda 54 ochko bilan musobaqa jadvalining peshqadami bo‘lib turibdi. “Temiryo‘lchilar” 25-turda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi maydoniga safar uyushtirishadi. Ta’kidlash joizki, bu ikki klub hozirgacha milliy chempionatlarimiz doirasida 25 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. O‘yinlarning 14tasida “Lokomotiv”, 7tasida “Qizilqum” zafar quchgan, 4ta bahsda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 18-36 “Lokomotiv” foydasiga.

Birinchi davradagi o‘yin: 0:2 (“Lokomotiv” g‘alaba qozongan)

 

 

21 oktyabr, shanba

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Sho‘rtan” (G‘uzor)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. To‘ychiboyev (Farg‘ona).

Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)

PFL vakili: F. Magametov.

Musobaqa jadvalida “kuchli uchlik”ka kirishga urinayotgan “Bunyodkor” bu turni o‘z uyida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubiga qarshi o‘tkazadi. “Sho‘rtan” bilan o‘yinlarda ancha muvaffaqiyatli o‘ynaydigan “qaldirg‘ochlar” hozirga qadar ushbu klubga qarshi bellashuvlarning 19tasidan 13tasini o‘z foydalariga hal etishgan. G‘uzorlik futbolchilar esa “Bunyodkor”ni faqat 2 marta mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan. Yana 4ta uchrashuv durang natija bilan nihoyasiga yetgan. To‘plar nisbati 35-4 toshkentliklar foydasiga.

Birinchi davradagi o‘yin: 0:1 (“Sho‘rtan” g‘alaba qozongan)

 

 

“Buxoro” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent)

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po‘latov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus).

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

PFL vakili: SH. Rajabov.

25-turning markaziy bahsi Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa jadvalining yuqori pog‘onalari uchun bahs olib borayotgan ikki jamoa o‘zaro to‘qnash keladi. Qayd etish joizki, “Buxoro” hamda “Paxtakor” qarama-qarshiligi milliy chempionatimizdagi eng ko‘xna to‘qnashuvlardan biri sanaladi. Mazkur jamoalar hozirgacha 49 ta o‘yin o‘tkazishgan. Bu safargi match yubiley – 50-qarama-qarshilik bo‘ladi. 36ta o‘yinda “Paxtakor” futbolchilari g‘alabaga erishishgan. 6ta match esa buxoroliklar foydasiga hal bo‘lgan. 9ta o‘yin esa durang natijasi bilan tugagan. To‘plar nisbati 34-105 “Paxtakor” foydasiga.

Birinchi davradagi o‘yin: 1:2 (“Paxtakor” g‘alaba qozongan)

 

 

“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Navbahor” (Namangan)

Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).

Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).

PFL vakili: A. Frolov.

25-tur doirasida Qo‘qonda “Vodiy derbisi” bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa jadvalining 6- hamda 7-o‘rinlarida borayotgan “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Anchagina qiziqarli tarzda o‘tishi kutilayotgan mazkur uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlasak, “Navbahor” hozirgacha o‘tkazilgan 23ta o‘yinning 15tasida g‘alaba qozongan. Qo‘qonliklar esa 4ta matchda 3 ochkoga ega chiqishgan. Yana 4ta o‘yin durang bilan yakunlangan. O‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar nisbati 25-50 namanganliklar foydasiga.

Birinchi davradagi o‘yin: 1:1 (durang)

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:14, 19.10.2017. O'qildi: 5095 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик