Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi OCH saralashida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Yoshlar va o‘smirlar t.j. / O‘zbekiston U-19
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonning Hisor shahrida U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “B” guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar termasi jamoasi OCH saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 31 oktyabr kuni ertalab Tojikistonga uchib ketdi.

Mazkur guruhda O‘zbekiston U-19 termasi Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun mezbon Tojikiston, Bangladesh, Shri-Lanka va Maldiv orollariga qarshi bahs yuritadi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida BAA, Serbiya, Gruziya, Belarus, Armaniston, Qatar mamlakatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazdi.

Yig‘in doirasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi. Quyida mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:

08.03.2017   BAA U-19  – O‘zbekiston U-19 – 0:2
10.03.2017   BAA U-19  – O‘zbekiston U-19 – 2:1

18.04.2017   Serbiya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:0
20.04.2017   Serbiya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:2

02.05.2017   Gruziya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 4:2
02.05.2017   Gruziya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 1:4

17.06.2017   Belarus U-19 – O‘zbekiston U-19 – 3:1
19.06.2017   Belarus U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:4

07.08.2017   Armaniston U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:1
09.08.2017   Armaniston U-19 – O‘zbekiston U-19 – 4:1

20.10.2017   Qatar U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:4

23.10.2017   O‘zbekiston U-19 – BAA U-19 – 1:0
25.10.2017   O‘zbekiston U-19 – BAA U-19 – 4:1

Yil davomida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlar va ko‘riklardan keyin Aleksandr Mochinov Osiyo chempionati saralashiga 22 nafar futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”), Obidjon Tolipov (“Bunyodkor”);

Himoyachilar: Ibrohim Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo‘ydinov (“Bunyodkor”), Nodir Kuybakov (“So‘g‘diyona”), Jasur Rahimov (“Paxtakor”), Jasurbek Eshmamatov (“Paxtakor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Rasul Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbos Jumaqulov (“Sementchi”), Alisher Salimov (“NBU-Osiyo”), Shohruxbek Abdurahmonov (“NBU–Osiyo”), Hasan Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Afzal Xolmuhammedov (“Bunyodkor”), Suxrob Izzatov (“Bunyodkor”);

Hujumchilar: Sanjar Zokirov (“Sementchi), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).  

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Tojikiston safari oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yil davomida sifatili o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazib, bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdik”, – dedi Aleksandr Mochinov O‘FF matbuot xizmatiga. Tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tdi. “Futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik va terma jamoaga munosiblarini saralab oldik. Saralash bosqichidagi har bir o‘yinga jiddiy munosabatda bo‘lib, g‘alaba qozonishni va O‘zbekistonga Osiyo chempionati yo‘llanmasi bilan qaytishni maqsad qilganmiz

Aleksandr Mochinov shogirdlari musobaqadagi ilk uchrashuvini 2 noyabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishish mumkin.

U-19 OCH saralashi
Hisor, Tojikiston
31 oktyabr – 8 noyabr 

31 oktyabr, seshanba

14:00  Maldiv orollari – Shri-Lanka
17:00  Bangladesh – Tojikiston

2 noyabr, payshanba

12:00  Shri-Lanka – O‘zbekiston
15:00  Maldiv orollari – Bangladesh

4 noyabr, shanba

12:00  O‘zbekiston – Maldiv orollari
15:00  Tojikiston – Shri-Lanka

6 noyabr, dushanba

14:00  Bangladesh – O‘zbekiston
17:00  Tojikiston – Maldiv orollari

8 noyabr, chorshanba

14:00  Shri-Lanka – Bangladesh
17:00  O‘zbekiston – Tojikiston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, U-19 Osiyo chempionatiga mezbon Indoneziyadan tashqari saralashning guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan 10 jamoa hamda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa yo‘l oladi. U-19 OCH final bosqichi 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:09, 31.10.2017. O'qildi: 4497 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик