Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futbolidagi noodatiy qarorlar sog‘inchi

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hayot haqiqatiga munosabat nuqtai nazaridan olsak, odamlar ikki toifaga bo‘linadilar.

Ya’ni har qancha alamli, afsuslanarli bo‘lsa hamki, mavjud reallikni qabul qiladiganlar va ma’lum manfaat ilinjida haqiqatdan tonadiganlar guruhiga. Futbol dunyosi shu ikki o‘rtada yonib-qovurilmoqda.

Oliy liga 26-turidan o‘rin olgan «Navbahor» - «Buxoro» va «Paxtakor» - «Bunyodkor» uchrashuvlariga munosabat mazkur xulosaning yaqqol isbotidir.

Namangandagi futbolga muxlislik masalasini hamisha fenomen hodisa sifatida baholaganmiz va shu pozisiyada sobitmiz. Ochig‘i, muxlislikning namangancha ko‘rinishi odamlar fe’l-atvorida namoyon bo‘lishi dunyo miqyosida ham noyob voqelikdir.

Mana shunday ulkan muxlislik daryosi «Navbahor» uchun to‘lib-toshib oqadi, kerak bo‘lsa, qirg‘oqlarni buzib, o‘zanini o‘zgartiradi.

Oh, oh, bu daryo «Buxoro» ustidan qozonilgan qiyin g‘alabadan so‘ng qanchalar shodlanib to‘lqinlandi-ya?! Hammasini ta’riflashga til ojiz.

Shodon to‘lqinlanayotgan quvonch daryosiga boqib, faqat hayratlanasan kishi. Keling, shu o‘rinda namangancha muxlislik fenomeniga nisbatan tashbehni biroz o‘zgartiramiz.

Ta’bir joiz bo‘lsa, mahalliy muxlislar «Navbahor» - «Buxoro» uchrashuvi yakunini tippa-tik bezovta teraklar misoli kuzatdilar. Xo‘sh, ular nima uchun tippa-tik turdilar o‘yin oxirida? Hammani qanday bezovtalik oyoqqa turg‘azdi? Muxlislar nazarida vaqt to‘xtab qolgandek edi go‘yo.

Xullas, barcha-barcha final hushtagi yangrashini sabrsizlik bilan kutardi. Holbuki, haqiqiy muxlis chinakam futbol tomoshasi tugashini aslo istamaydi. «Navbahor» muxlislari esa uchrashuvning oxirgi lahzalarini jon hovuchlab o‘tkazishdi.

Ularning baxtiga jamoa bir amallab g‘alabani saqlab qoldi. Ha, bir amallab! Biroq bir amallashni o‘zi bo‘lmadi. «Lochinlar» o‘yin vaqtini cho‘zish - o‘tkazib yuborish, raqibni to‘psiz qoldirish va uni hujumdan chalg‘itish uchun har neki imkon bor, barini ishga solishdi.

Asosiysi, ular bu jarayonda iloji boricha qoidaga xilof ish tutmaslikka urinishdi. Oddiy ifoda etsak,  jamoa bu ishni ham muvaffaqiyatli uddaladi hisob. Bo‘ldi! Shu bilan futbol tamom! Savol tug‘iladi: kimga kerak bunday o‘yin?

Shunday yo‘l bilan qozonilgan g‘alaba muxlisga shirin tatiydimi? «Buxoro»ni shu taxlit yenggan jamoani zohiran olqishlab, g‘alabani shavqsiz nishonlayotgan muxlis botinan 1996 yilgi chempionlarini qo‘msayotganiga ishonchimiz komil. Muxlis - ishonarli va fusunkor g‘alaba tarafdori.

Qarang, «MYU» - «Tottenxem» bahsidan so‘ng Antoni Martial nima sababdan «Men - asosiy tarkib futbolchisiman!», - deya o‘zidan ketdi va hech kim undan ranjimadi?

Chunki o‘yinda jangovar ruh sezilib turdi. Zaxiradan maydonga tushgan Jessi Lingard final hushtagi chalinishi arafasida yolg‘iz o‘zi Ugo Lyoris darvozasi tomon uchib bordi. Dastlabki daqiqadan to‘p sura boshlagan Kristian Eriksen esa uni quvib yetdi.

Ikkinchi golni qo‘yib yubormaslik mas’uliyati bois, charchoq yangi kuchdan ustun! Garchi Garri Keyn maydonga tushmagan bo‘lsada, 0:2 hisobi «Tottenxem» uchun adolatsizlik sanalardi.

Skandinavcha g‘ururga ega daniyalik yigit shu adolatsizlik bo‘y ko‘rsatishiga qarshi chiqdi va buning uchun o‘zida qo‘shimcha kuch topdi. «Navbahor» ham ustunlikni lochinlarga xos shiddatli o‘yin bilan himoya qilganida edi, biz boshqacharoq mulohaza bitardik.

Mayli, qaysidir futbol maktablarida raqib jarima maydonida maxsus ko‘rsatmalar asosida ish tutish, vaqtni ataylab cho‘zish saboqlari o‘rgatilaversin.

Futbol ularni na oqlaydi, na yoqlaydi. Bunday saboqlarga jiddiy qarash - milliy va futbol qadriyatlarimizga begona. Zero, futbol - kelajak avlodni tarbiyalovchi muhim vositalardan biri.

G‘irromlik, buzg‘unchilik yo‘li yordamida g‘alabaga intilish tamoyili - vayronkor g‘oya mahsuli. Bunday g‘oya barkamol avlod ongini buzadi. Futbol vayronkor g‘oyani targ‘ib qiluvchi, buzg‘unchi ongni shakllantiruvchi vosita bo‘lishini kim istaydi? Hech kim! Ongli, aql-hushli inson buni shubhasiz, qoralaydi.

Futbol muxlisasi Bibimayram Aliyeva to‘lqinlanib va xavotir ila so‘zlaydi: «Bilasizku, «Jumong» teleserialida bosh qahramon ko‘zi bog‘langan holda kamon o‘qini nishonga bexato uradi.

Men esa shunday holatda darvozani aniq nishonga oladigan yosh futbolchilarni bilaman. Ularga nima uchun imkon berilmaydi?

Nima uchun yosh iste’dodlar katta futbolga ma’lum mablag‘ evaziga yo‘llanma olishadi? Nima uchun hattoki, «dublyorlar» tarkibiga ham pulsiz kirish qiyin? Mana, test sinovlaridagi adolatsizliklar oldini olish uchun maxsus chora ko‘rilmoqda.

Yosh iste’dodlar yo‘lidagi adolatsiz to‘siqlar qachon olib tashlanadi? Men poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan oliy liga bahslarining barchasini tomosha qilish uchun stadionlarga boraman.

Qancha-qancha adolatsizliklarga shaxsan guvohman...». Bibimayramning so‘zlari - savollarini jimgina tingladik va unga bu muammolar bir necha bor yoritilganini ta’kidladik.

Bundan 3 haftacha avval O‘FF va Sport qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qo‘shma qaror aynan shunday adolatsizlik ildiziga bolta urish maqsadini ko‘zlaydi.

Bu - kelajak uchun tashlangan qadam. Xo‘sh, bugunning ahvoli qanday kechadi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:09, 31.10.2017. O'qildi: 3837 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик