Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 17 39
2 Manchester Siti 17 37
3 Aston Villa 17 36
4 Chelsi 17 29
5 Man. Yunayted 18 29
6 Liverpul 17 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brayton 17 24
10 Everton 17 24
11 Nyukasl 18 23
12 Brentford 17 23
13 Fulhem 17 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 17 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 17 18
18 Vest Xem 17 13
19 Byornli 17 11
20 Vulverhempton 17 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ugo Lyoris: «Har bir uchrashuv alohida imtihon!»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ispaniyaning yetakchi sport nashri - As sayti ijodkorlari Yevropa CHL guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan «Tottenxem» - «Real» o‘yini arafasida London klubi hamda Fransiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Lyorisni maxsus suhbatga chorlashdi.

Ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak, ikki klubning o‘zaro qarama-qarshiligi «taqachilar» foydasiga hal bo‘lishida (Madridda  - 1:1, Londonda - 3:1) faxriy kiper bosh rollardan birini bajardi.

- Avvaliga odatiy savol: darvozabonlikni qalb amri bilan tanlaganmisiz yoki...?

- Nima desam ekan? Ochig‘i, sport men uchun tennis raketkasi vositasida boshlangan. O‘sha vaqt 5 yoshli bolakay edim va futbol haqida umuman o‘ylamagandim ham. Keyinchalik do‘stlarimdan ortda qolmaslik uchun to‘p tepa boshladim.

Negadir birinchi kunlardanoq darvozada turishni yoqtirib qoldim. Balki bunga tavakkalchilikni xush ko‘rishim sababdir? Har holda, to‘pni egallab olish uchun raqiblar oyog‘iga tashlanish menga o‘zgacha rohat bag‘ishlardi.

- Boshqacha aytganda, darvoza daxl­sizligini ta’minlash asosiy vazifangiz emasdi, shundaymi?

- Yo‘q, ko‘cha futbolida gol qo‘yib yubormaslik, natijaga mas’uliyat tushunchasini bilmasdim, shunchaki, zavq­lanish uchun o‘ynardim. Mas’uliyat hissi ulg‘ayganim sari o‘z-o‘zidan shakllandi.

- Professional darvozabonlar harakatini o‘sha paytlardanoq alohida kuzatgan bo‘lsangiz kerak...

- Golkiperlarga ilk marta JCH-94 o‘yinlarida jiddiy e’tibor qaratdim. Ayniqsa, Braziliya va Italiya termalari o‘rtasidagi final bahsi, darvozabonlar - Klaudio Taffarel va Janluka Palyuka harakatlari xotiramda muhrlangan.

Shuningdek, Shvesiya termasining «masxaraboz» posboni ham yaxshi taassurot qoldirgandi, biroq hozir uning familiyasi eslolmayapman (Tomas Ravelli nazarda tutilyapti)...

- Yaxshi, endi aytingchi, faqat kiperlarni kuzatganmisiz yoki futbolchilarga ham e’tibor qaratgansiz?

- Albatta, hujumchilar o‘yiniga ham befarq emasdim. O‘sha vaqt natija aynan darvozabonlar va hujumchilarga bog‘liq, deb o‘ylardim.

Biri gol urishga intiladi, ikkinchisi uning urinishlarini yo‘qqa chiqarishga. Darvoqe, o‘zim ham maydonda ba’zan markaziy hujumchi rolini bajarardim,  o‘ylashimcha, risoladagidek...

- Aynan qaysi vaqtda?

- 8 yoki 9 yoshda edim. Faqat 10 yoshga to‘lgach, amplua bo‘yicha yakuniy to‘xtamga keldim. «Nissa» va «PSJ» klublari hamda Fransiya termasi posboni Dominik Baratelli haqiqiy kumirimga aylangandi.

- Bolaligingizdan baland bo‘ylimisiz?

- Yo‘q, aksincha. Ya’ni bo‘yim ancha past edi.

- Demak, tezroq bo‘y cho‘zishni orzu qilgansiz...

- Bu masala meni hech qachon xavotirga solmagan. Chunonchi, 13 yoshgacha bo‘yim ancha o‘sdi. Shunisi borki, tennisdan uzil-kesil voz kechmagunimcha professional futbol haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman.

O‘sha davr haftasiga 5 marta mashg‘ulotlarga qatnardim, dam olish kunlari esa o‘yin o‘tkazilardi. Xullas, ikki sport turi bilan baravariga shug‘ullanishning iloji bo‘lmay qoldi.

Futbolni tanlashimning asosiy sababi - jamoaviy harakatlar. Zero, tabiatan atrofimdagilar bilan hamfikr bo‘lish, taassurotlarimni o‘rtoqlashishga moyilman.

- Biroq darvozabon jamoaning boshqa a’zolaridan yaqqol ajralib turadi. Masalan, formasi va qo‘l­qopi bilan...

- Ha, to‘g‘ri. Men uchun eng ahamiyatli jihati ham shu - darvozabonda yashirinish, boshqa futbolchilar galasida ko‘rinmaslik imkoniyati yo‘q. U doimo barchaning ko‘z o‘ngida.

Qolaversa, hamisha hushyor turishi, nafaqat raqiblar, hattoki, o‘zi bilan ham kurashishi lozim. Xullas, kiper nechog‘li o‘ynamasin, hamisha diqqat markazida turadi. Uning uchun eng qiyin o‘yin - keyingisi! Har bir uchrashuv - jiddiy imtihon!

- Ayrim darvozabonlar alohida dastur bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishadi. Sizchi?

- Oldinlari shu tushunchaga amal qilardim. Lekin hozir yakka tartibda shug‘ullanishdan tashqari, umumiy mash­g‘ulotlarda ham qatnashaman. Shu asnoda to‘p bilan ishonchli odimlash, darvozadan oldinga chiqqanda cho‘chimay o‘ynashni o‘zlashtirish mumkin.

Maurisio Pochettino darvozabonlarga doimo qo‘shimcha topshiriqlar beradi. Uning talablariga muvofiq kelish uchun mashg‘ulotlarda maydon o‘yinchilari kabi harakatlanishga urinishim shart.

- Oxirgi 10 yillikda golkiperning jamoa o‘yinidagi roli jiddiy o‘zgardi. Aynan qaysi jihatga alohida e’tibor qaratdingiz?

- Ha, nazarimda, zamonaviy futbolda aynan darvozabonlar evolyusiyasi yaqqolroq ko‘zga tashlandi. Avvallari biz darvoza tomon yo‘llangan to‘pni ushlash yoki qaytarish bilan cheklanardik.

Endi esa himoyachilar bilan kombinasiya uyushtirish va hujum tashkillashda faol ishtirok etishimiz talab  qilinmoqda. Bu borada o‘ta ehtiyotkorlik va hushyorlik zarur. Aks holda, arzimas xato achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

- Qo‘yib yuborilgan gollarda o‘zingizni nechog‘li aybdor his qilasiz? «Darvozabon har qanday vaziyatda ishonchliroq o‘ynashi mumkin» qabilidagi tushunchaga qo‘shilasizmi?

- Darvozamga urilgan gollarga doimo aybdorlik hissi bilan qarayman. To‘g‘ri, har bir gol mening xatolarim hosilasi emas, lekin aybni o‘zimdan qidiraman, baribir. Demakki, «Yaxshiroq o‘ynashim mumkin edi-ku» fikri tinchlik bermaydi.

Menimcha, Iker Kasilyas va Janluiji Buffondek mohir ampluadoshlarim ham o‘zlariga shu savolni qayta-qayta berishadi, shu asnoda izlanishdan to‘xtab qolishmaydi. Ularning yuksak saviyadagi faoliyatlari siri shu.

- Faoliyatingiz davomida mash­g‘ulotlarni yoqtirmaydigan darvozabonlarni ham uchratganmisiz?

- Bir gapni aniq aytaman - bundaylar toifasiga kirmayman. Umuman, mashg‘ulotlarni xuddi rasmiy o‘yinlardek yaxshi ko‘raman. Yuksak saviyani saqlab qolishni istagan sportchi talab darajasida shug‘ullanishi shart.

Mana, Maurisio Pochettino va Toni Ximenes («Tottenxem» darvozabonlari murabbiyi) bilan hamkorlik qila boshlagach, sport zalida ko‘proq shug‘ullanyapman. Maqsad - jismoniy holatni yanada yaxshilash.

- Kuniga 100 martalab maydonga yiqilish og‘riqlidir...

- Ertalab uyg‘onganim zahoti bilamanki, mashg‘ulot jarayonida 100 martadan ham ko‘proq yiqilishimga to‘g‘ri keladi. Muhimi, bu men uchun odatiy holga aylanib ulgurgan.

Axir bolaligimdan tinmay to‘p yo‘liga tashlanishga ko‘nikkanman. Xullas, yiqilaverishdan og‘riq yoki noqulaylik sezmayman. To‘g‘ri, ba’zan bosh­qalarda bo‘lgani kabi og‘ir kunlarga ham yuz tutaman.

- Bunday pallalarda Toni Ximenes qandaydir yengillik beradimi?

- Ha, mashg‘ulot jarayoniga ayrim o‘zgarishlarni kiritishi mumkin.

- Ba’zan kun og‘ir kechishini oldindan his etgan holda, to‘shakdan turishni istamasligingiz ham mumkinmi?

- Nimani nazarda tutayotganingizni fahmladim. Ota-onam bergan ta’limga ko‘ra, bir ishni zimmasiga olgan kishi hech qachon ortga chekinmasligi shart.

Ya’ni har bir inson bor kuch va g‘ayratini o‘z vazifasini ado etishga qaratishi lozim. Faqat shu yo‘l orqali qandaydir natija va qoniqishga erishish mumkin.

- Maurisio Pochettinoning «Tottenxem» boshqaruvini qo‘lga olgani shaxsan sizga qanday yangi ishtiyoq bag‘ishladi?

- Vaqtida Fransiyaning eng kuchli jamoasi sifatida CHLda g‘oliblik uchun da’vogarlik qilgan «Lion» safiga qo‘shilganimda, asosiy tarkibdan joy olish orzusi qo‘shimcha kuch bag‘ishlagandi. Keyin yanada yuksakroq cho‘qqiga ko‘tarilish ishtiyoqi tug‘ildi.

Ayni shu payt «Tottenxem»dan taklif oldim - yangi chempionat, nufuzli sov­rinlar uchun kurashish imkoniyati. Ikki yildan keyin yana nimadir yetishmayotgandek tuyuldi. Shu pallada Pochettino bilan ilk marta suhbatlashdim.

O‘sha muloqotdayoq jamoada ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga ishonchim ortdi. Menimcha, barcha jamoadoshlarim xuddi shunday fikrga borishgan. Natijani ko‘rib turibmiz - «Tottenxem» Angliyaning eng kuchli jamoalari qatoridan joy oldi.

- Murabbiyga birdaniga ishonish uchun qanday asos bor edi?

- Ha, o‘sha vaqt jamoamiz o‘rtamiyonalar safida edi. Pochettino bir yil muhlat so‘radi. U boshidan g‘ayrati va tashabbuskorligi bilan barchamizni rom etdi. Muhimi, falsafasining samarasi ham tezda ko‘rindi.

- Yosh jamoani «Santyago Bernabeu»ga boshlab tushayotib, nimalarni his qildingiz?

- Asosiysi, o‘yindan keyin stadiondan mag‘rur chiqib ketdik. «Tottenxem» qanday raqib ekanligini ko‘rsata olganimizdan mamnun edik. Angliya­da allaqachon hurmatimizni joyiga qo‘ya boshlashdi. Xorijda esa jiddiy e’tibor qaratishmasdi.

Mana, «Borussiya» D. va «Real»ga qarshi munosib o‘ynadik, endi biz bilan durustroq hisoblashishlari aniq. Aytgancha, bungacha «Lion» tarkibida Madridda 3 marta o‘ynagan va stadionning o‘ziga xos muhitidan xabardor edim.

- Madridda oxirgi uchrashuvdan qanday saboq oldingiz?

- Uchrashuv «Real» uchun o‘ziga xos «syurpriz» bo‘lgandir. Albatta, faqat g‘alaba uchun maydonga tushadigan dunyoning eng kuchli klubiga qarshi shaylanish oson emas. Lekin nimalarga qodirligimizni yaxshi bilardim.

Avvaldan agar hamjihat harakatlansak, maqsadga erishishimizga ko‘zim yetib turgandi. Shunday ekan, Madriddagi jang biz uchun saboq emas, balki ishonchni mustahkamlash vositasi bo‘ldi.

- O‘yin arafasida ko‘proq nimani o‘yladingiz - Ronaldu tepgan to‘plarni qaytarishnimi yoki uning umuman zarba yo‘llamasligini?

- Darvozaga kim zarba yo‘llashi ahamiyatsiz. Mening vazifam aniq - to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lib, uning to‘rga tushmasligini ta’minlash.

- Ayniqsa, Benzema zarba yo‘llagach, ko‘rsatilgan «seyv» hayratlanarli chiqdi...

- Karim katta tezlikda yaqinlashib qolgandi. Bunday payt gandbolcha taktika qo‘llash talab etiladi. Buning uchun qo‘l va oyoqlar, gavdaning barcha a’zolari yordamida to‘p yo‘nalishini to‘sish lozim.

Bunday «seyv»ni mash­g‘ulotlarda o‘rganishning iloji yo‘q. Faqat omad yordam berishi mumkin. Demak, o‘sha lahzada omad menga kulib boqdi!

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:56, 11.11.2017. O'qildi: 1877 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Брайтон Denni Uelbek 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.