«Tottenxem» sobiq futbolchisi Jeymi O′Xara Roberto De Dzerbi boshqaruvida klub keyingi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurasha olishiga ishonmoqda.
Hozirda «shporlar» APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va xavfli hududdan (jon saqlab qolish zonasi) atigi bir ochko oldinda.
— Endi bizda haqiqiy murabbiy paydo bo‘ldi. Bu balki juda katta bayonot bo‘lib tuyular, lekin agar biz Roberto De Dzerbi bilan APLda qolsak, keyingi mavsumda xavfli jamoaga aylanamiz va Chempionlar ligasiga chiqa olamiz.
— Xavfli deganda nimani nazarda tutyapsiz?
— Bu degani, hozir tepamizda haqiqiy murabbiy turibdi. Menimcha, biz Chempionlar ligasida bo‘lamiz.
— Top-10 talikdami?
— Top-10 nima degani?
— Hozir sizlar 17-o‘rindasizlar.
— Yo‘q, keyingi mavsumda biz Chempionlar ligasida bo‘lamiz, yevrokuboklarda o‘ynaymiz. Quloq soling, men buni aytyapman, lekin avvalo o‘z o‘rnimizni saqlab qolishimiz kerak. Keling, bu haqda hozircha unutaylik, biz ligada qolishimiz kerak, ammo keyin yuqorida bo‘lamiz.
— 17-o‘rindan keyingi mavsumdayoq Chempionlar ligasigami?
— Ha, De Dzerbi hammasini to‘g‘ri qiladi.
— Agar keyingi mavsumda YECHLga faqat 4 ta jamoa chiqsa-chi?
— APLdan doim beshta jamoa chiqadi, — deya ta’kidladi O′Xara.