Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Darko Gojkovich: «Qo‘qonda ko‘p yillar qolishga tayyorman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan «Qo‘qon-1912» jamoasi joriy yil No‘’mon Hasanov boshchiligida mazmunli o‘yin namoyish etyapti.

To‘g‘ri, qo‘qonliklar ikkinchi davrada kutilganidan ko‘proq ochko yo‘qotishdi. Lekin umumiy hisobda, baribir, klubning yutuqlari alohida e’tirofga sazovor.

Ushbu muvaffaqiyatlarda legionerlarning ham hissasi salmoqli bo‘lmoqda. Biz bir yarim yildan beri «Qo‘qon-1912» sharafini himoya qilib kelayotgan serbiyalik himoyachi Darko Gojkovich bilan suhbat uyushtirib, uni sizga ham ilinishni lozim topdik.

- Darko, keling, suhbatimiz avvalida O‘zbekistonga kelishingiz tarixi haqida ma’lumot bersangiz. Bunga kim sababchi bo‘ldi?

- Jamoamiz bosh murabbiyi No‘’mon Hasanovning taklifi bilan O‘zbekistonga keldim. Murabbiy qo‘ng‘i-roq qilib, yana kamida bir mavsum jamoaga yordam berishimni so‘radi.

Aslida 2016 yilgi chempionatning ikkinchi davrasidan «Qo‘qon-1912» safiga qo‘shilgandim. Musobaqa yakunlanganidan so‘ng Serbiyaga qaytdim. Ta’til kunlarining birida Hasanov men bilan bog‘lanib, ish taklif qildi.

Jamoaning himoya chizig‘ida muammolar borligi va bu pozisiyada meni ko‘rayotganini aytdi. Qishki yig‘inlarda qatnashdim va mavsum boshlanishi oldidan shartnoma imzoladik.

- No‘’mon Hasanov bilan oldin ham tanishmidingiz?

- Yo‘q, shu yerga kelib tanishdim. U haqida faqat ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. Futbolchilarni o‘yin-ga tayyorlashni juda yaxshi biladi.

Talabchan va o‘z ishini xush ko‘radigan mutaxassis. Hasanov shu kungacha men bilan birga ishlagan murabbiylar orasida ajralib turadi.

- Sizga Qo‘qon, umuman, O‘zbekiston shaharlari yoqdimi?

- Juda ma’qul keldi. Bu yerda o‘zimni xuddi uyda yurgandek his qilaman. Jamoada yagona serbiyalik futbolchi emasman. Qolaversa, bosh-qa klublarda ham hamyurtlarim bor.

Nolishga aslo haqqim yo‘q! Qo‘qon shahrining tarixiy maskanlari, uning odamlari menda iliq taassurot qoldirdi. Bir yarim yildan beri shu jamoada o‘ynayotganim bejiz emas, albatta. Agar yoqmaganida, Serbiyadan qaytib kelmasdim.

- Mahalliy muxlislar haqida nima deya olasiz?

- Bu alohida mavzu. Ochig‘ini aytaman, o‘zim to‘p surgan klublarim orasida qo‘qonlik muxlislardek fidoyisini uchratmadim. Bu mazkur klubda o‘ynayotganim uchun aytilayotgan balandparvoz so‘zlar emas.

Aksincha, ayni haqiqatni gapiryapman. Umuman olganda, klub prezidentidan tortib, murabbiylar, futbolchilar, jamoa xodimlari va ishqibozlarigacha men uchun qadrli. Biz bir oilamiz.

- O‘zbekiston oshxonasi «qiynab» qo‘ymayaptimi?

- Aslo (kuladi). To‘g‘ri, boshida ko‘nikish biroz qiyin bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘rganib ketdim. O‘zbek oshxonasi eng zo‘ri, taomlari juda tansiq.

Ular orasidan palovga alohida mehrim tushgan. Do‘stlarim tong-saharda oshga olib borishganida hayratdan yoqa ushlagandim. Chunki shu paytgacha bunday marosimga guvoh bo‘lmagandim-da!

Shuningdek, somsa va kabobni ham sevib iste’mol qilaman. Shashlikni boshqa davlatlarda ham tatib ko‘rgandim, lekin O‘zbekistonda tayyorlanadigani yaqqol ajralib turadi.

- Jamoada kim bilan yaqindan do‘stlashgansiz?

- Hamma bilan yaxshi munosabatdamiz. Jamoada kimgadir aka, kimgadir ukaman. Bir oiladek bo‘lib qolganimizni yuqorida ham ta’kidladim.

To‘g‘ri, har bir insonning eng yaqin do‘sti bo‘ladi. Hech kimga aytmagan sirlaringizni u bilan baham ko‘rasiz. Mening ham shunday do‘stim bor, u - Filipp Rayevas.

- «Qo‘qon-1912» bilan shartnomangiz yil so‘ngida yakunlanadimi?

- Xuddi shunday. Mavsum boshlanishi arafasida klub rahbariyati bilan bir yillik shartnoma imzolagandik. O‘tgan yilni ham qo‘shib hisoblaganda, bir yarim yildan beri «Qo‘qon-1912» sharafini himoya qilyapman.

- Kelishuvni yana uzaytirish istagi bormi?

- Hozir bu borada bir narsa deya olmayman. Keling, avval mavsumni yakunlab olaylik. Keyin biroz hordiq chiqargandan so‘ng ushbu mavzuda gaplashish mumkin bo‘ladi.

- Ta’tilni qayerda o‘tkazasiz?

- Albatta, Serbiyada. Uydagilar va yaqinlarimni juda sog‘indim.

- Shaxsan o‘zingizda Qo‘qonda qolib, faoliyatni ushbu klubda davom ettirish istagi bormi? DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:54, 18.11.2017. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик