Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 21.04.2025 00:00
      • Real Madrid
      • 1:0
      • Atletik Bilbao
      • 22.04.2025 00:00
      • Jirona
      • 1:3
      • Betis
      • 22.04.2025 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Espanyol
      • 23.04.2025 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.04.2025 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 23.04.2025 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Las-Palmas
  • Superliga
      • 21.04.2025 20:00
      • Surxon
      • 1:0
      • Navbahor
  • APL
      • 22.04.2025 00:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 23.04.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.04.2025 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • «A» Seriya
      • 23.04.2025 21:30
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 23.04.2025 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Fiorentina
      • 23.04.2025 21:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Lasio
      • 23.04.2025 21:30
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 6 16
2 Nasaf 6 14
3 Bunyodkor 6 12
4 Dinamo 6 12
5 Andijon 6 9
6 Neftchi 6 9
7 Navbahor 6 8
8 Xorazm 5 7
9 Qizilqum 5 7
10 Paxtakor 6 6
11 Buxoro 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Surxon 6 6
14 Mash’al 6 6
15 So‘g‘diyona 6 4
16 Sho‘rtan 6 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Xorazm 0-0 Bunyodkor
6-тур Qizilqum 1-0 Qo‘qon-1912
6-тур Sho‘rtan 0-1 Mash’al
6-тур Buxoro 1-3 Nasaf
6-тур Neftchi 0-4 Paxtakor
6-тур Andijon 1-2 Dinamo
6-тур OKMK 3-2 So‘g‘diyona
6-тур Surxon 1-0 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 21631 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.04.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
      15:20 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:25 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      20:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.04.2025

      05:10 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      09:30 Д/ф "Як-15".
      10:15 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Millrose Games в Нью-Йорке, США.
      11:55 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 "География спорта". Челябинск.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Фристайл. Чемпионат мира в Швейцарии. Ски-кросс.
      18:00 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 1 на трассе "Ростов Арена".
      18:50 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      20:35 "Что за спорт?". "Экстрим".
      21:00 Д/с "Век нашего спорта".
      21:30 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      23:25 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Trophee EDF в Льевене, Франция.
      01:30 "География спорта". Челябинск.
      01:55 "Физруки. Будущее за настоящим".
      02:30 Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Мужчины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.04.2025

      05:25 "География спорта". Саранск.
      05:55 Новости.
      06:00 Футбол. Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "География спорта". Казань.
      12:55 "География спорта". Екатеринбург.
      13:30 Профессиональный бокс. "Winline. IBA. Pro 2". Сергей Ковалёв против Артура Манна.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Синхронное плавание".
      16:55 "Непобедимый".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:40 Д/ф "Марадона Кустурицы".
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 6-й матч. Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Барселона" - "Мальорка". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:25 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Pari Суперлига. Финал. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Зенит-Казань". 4-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.04.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      08:00 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.
      09:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 2.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Имолы" в Италии. Обзор.
      03:00 Мотоспорт. FIM EWC. Тележурнал "Полный доступ".
      04:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Tilla bola”: “Eng yaxshi muxlisim — onam”

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugungi kun boks olamida bir qator yulduzlarning nomi tilga olinadi. Qolaversa, boks tarixi ham bir nechta mahoratli, afsonaviy charm qo‘lqop ustalariga boy. Ana shunday sobiq bokschilardan biri Oskar De La Xoyyadir. Bu insonning hayoti ziddiyatlarga to‘la o‘tgan, ham kulgan, ham iztirob chekkan. Uning boks olamida qo‘lga kiritgan yutuqlari bisyor, ammo shaxsiy hayotidagi judoliklari uning mana shu yutuqlariga soya solib turadi. O‘z vaqtida san’atga ko‘ngil qo‘yib, keyinchalik ringda raqiblarini taslim etish yo‘lini tanlagan Oskar De La Xoyya — bugungi sahifamiz qahramoni.

U QO‘SHIQ AYTISHGA QIZIQARDI, BIROQ...

Bo‘lajak chempion 1973 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida tavallud topgan. Boksga muhabbat Oskarning oilasida nasldan naslga o‘tadigan meros edi. Ya’ni uning ota tomondan bobosi bokschi bo‘lgan, otasi ham boks bilan shug‘ullangan. Ammo ular sportda maqtashga arzigulik, mashhurlikka yetaklovchi biror-bir sovrinni qo‘lga kiritishmagan. Kutilmaganda yosh Oskar san’atga ko‘ngil qo‘ydi, ayniqsa, qo‘shiq aytish uchun har narsaga tayyor edi. Bundan tashqari, u beysbol o‘ynash va skeytbordda uchishni ham xush ko‘rardi. Eng qizig‘i, hech kim Oskarni boks bilan shug‘ullanishga majburlamagan, keyinchalik o‘zi mazkur sport turiga mehr qo‘ygan.

Oskar 6 yoshida birinchi marta boks zaliga tashrif buyuradi va darhol boshqa shu paytgacha shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilar bilan sparringga tushadi. Mashg‘ulotlar paytida yosh yigitchaning tug‘ma iqtidori namoyon bo‘ladi, bu esa uning kelajagi porloq ekanligini ko‘rsatib berardi. Buni yaxshi anglagan otasi Oskar uchun, sevimli farzandi uchun iqtidorli murabbiy izlay boshlaydi.

ONASIDAN JUDA ERTA AYRILGAN

Oskarning karyerasi anchagina g‘alabalarga boy tarzda kechdi, ammo uning bu g‘alabalarga erishishi juda ko‘p vaqt va kuch talab qildi. Sababi, yosh sportchi tengdoshlaridan ortda qolib ketmaslik uchun mashg‘ulotlarga ko‘proq qatnadi, ustozlari o‘rgatgan usullarni takomillashtirib bordi. Bu besamar ketmadi, Oskarning jang malakasi oshib bordi, u mamlakatida o‘tkazilgan turli musobaqalarda g‘alaba qozona boshladi. Oskarning eng sodiq muxlisi bu onasi edi, onasi farzandiga tinimsiz dalda berar, uning har bir jangini muxlislar qatorida o‘tirib tomosha qilardi. Eng og‘riqli jihati shundaki, ayol o‘g‘lining janglarini kuzatayotgan paytda saratonga chalingan va bu kasallik bilan tinimsiz kurash olib borardi, biroq buni o‘g‘liga sezdirmadi, kasalligi o‘g‘lining mashhurligiga soya solishini istamadi. Keyinchalik bu haqida eslarkan, bokschi «Eng sadoqatli muxlisim — onam edi, u kishidan ko‘p narsani o‘rganganman», deya ta’kidlayman.

Onasining bevaqt o‘limi bo‘lajak chempionni mutlaq karaxt ahvolga solib qo‘ydi, ammo u sevimli sport turi bilan shug‘ullanishda davom etdi. Buning samarasi o‘laroq Oskar 1992 yili Olimpiyada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu oltin medal amerikaliklar uchun ham kutilmagan bo‘ldi, chunki ular boshqalarga nisbatan nimjonroq bo‘lgan Oskardan bunday natijani kutishmagandi. Oqibatda Amerikada mashhurlikka erishgan yosh sportchiga «tilla bola» deb laqab qo‘yishdi. Keyinchalik Oskar De La Xoyya butun dunyoda shu laqab bilan atala boshlandi, «tilla bola» — Oskarning tashrif qog‘oziga aylandi.

«TILLA BOLA» — BOKSNING YANGI CHEMPIONI

Olimpiadadagi chempionlik yosh sportchi uchun professional boks eshiklarini ochib berdi. Oskar De La bu imkoniyatdan yaxshigina foydalandi, professional boksdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi — Lamar Uilyamsni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Eng qizig‘i, «tilla bola» dastlab barcha raqiblarini dastlabki raunddayoq nokautga uchratar, muxlislar ham bunga o‘rganib qolishgandi. Oskarning professional ringdagi birinchi jiddiy jangi Jon Molinga qarshi kechdi, u bu raqibiga qarshi 12 raund jang olib bordi. Bu Oskar De La Xoya raqibini nokautga uchrata olmagan birinchi jang ham edi, yakunda g‘olibni hakamlar aniqlab berishdi.

Oskarni oldinda ketma-ket g‘alabalar va birinchi professional kamar kutib turardi. U Rafael Ruelos bilan jang o‘tkazib, g‘alaba qozondi va IBF chempionlik kamarini o‘ziniki qilib oldi. Bu g‘alaba shunisi bilan ahamiyatli ediki, endi har bir boks muxlisiga Oskar De La Xoyya ismi tanish, ishqibozlar uning qanday bokschi ekanligini bilishardi. Aslida, ringda raqibni ajoyib tarzda nokautga uchratish, raqibga ayovsiz zarbalar berish kuchli bokschining sifatlari hisoblanar va lotin amerikalik charm qo‘lqop ustalarida bunday sifatlar mujassam edi. Oskar De La Xoyya ham ana shu an’anani davom ettirdi — uning g‘alabalari seriyasiga hech kim nuqta qo‘ya olmadi, hech bir raqib Oskarning qalbidagi olovni so‘ndirolmadi. Biroq raqiblarini mag‘lub etishga o‘rgangan Oskar kutilmaganda Sheyn Mozliga qarshi kechgan jangda mag‘lubiyatga uchradi.

TARIXGA MUHRLANGAN FAOLIYAT

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin bokschi o‘ziga biroz dam berishi kerakligini anglab yetdi. «Tilla bola» dam olish vaqtini samarali o‘tkazdi — ko‘plab qo‘shiqlar kuyladi va hatto qo‘shiqlarini bitta albomga jamladi, ijod namunalari mashhur bo‘lib ketdi, ko‘plab qo‘shiq shinavandalarining mehrini qozondi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan ko‘plab xayrli ishlarda qatnashdi, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zdi va haqli ravishda «Yil odami» nominasiyasini qo‘lga kiritdi. Nihoyat, 10 oylik ta’tildan so‘ng Oskar yana professional ringga qaytdi. Uni jiddiy jang — o‘sha vaqtda sayyoraning eng yaxshi bokschisi bo‘lib turgan Sheyn Mozli bilan revansh kutib turardi. Qahramonimiz revansh jangida Mozlini mag‘lub etishni uddaladi. Bundan tashqari, muxlislar uning Floyd Meyvezer bilan o‘tkazgan mashhur jangini ham unutmagan bo‘lishsa kerak.

«Tilla bola» uzoq muddat ringning haqiqiy bezagiga aylandi. U nafaqat sportchi, balki iqtidorli promouter va ijtimoiy sohada ko‘plab ishlar qilgan mashhur inson sifatida ham nom qozondi. 2009 yil Oskar De La Xoyya ismli afsonaviy bokschining karyerasidagi so‘nggi yil sifatida tarixda qoldi. Boks tarixidagi eng yaxshi charm qo‘lqop ustalaridan biri sifatida nom qozongan Oskarning mashhur qo‘lqopi, uning ayovsiz janglari boks ixlosmandlarining xotirasidan hali-beri o‘chmasa kerak.

Bokschi haqida qiziqarli faktlar

* 1990 yilda Oskar sobiq ittifoq vakili, jahon chempioni Ayrat Xamatovga qarshi ringga chiqadi. O‘sha paytda Ayrat 25 yoshda, Oskar esa endigina 17 yoshni qarshi olgandi. Mazkur jangda ko‘pchilik kutmagan natija qayd etiladi — De La Xoyya o‘zidan ancha tajribali va ancha katta bo‘lgan raqibini mag‘lubiyatga uchratadi.

* Oskarning onasi Sesiliya De La Xoyya saratonga chalinganini o‘g‘liga aytmagan. Chunki u o‘g‘li jang vaqtida xavotirga tushib, jarohat olishidan qo‘rqqan.

* Oskar professional ringdagi birinchi jangida naq 200 000 dollar ishlab topgan, qizig‘i, o‘sha paytda hatto chempionlar ham bitta jangda shuncha mablag‘ topishmagan.

* Oskar qatnashgan janglarni namoyish etish uchun kabel televideniyelari 696, 000, 000 dollar to‘lashgan.

* Oskar boks tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta jangning uchtasida qatnashgan. Ikkitasida bevosita bokschi sifatida ishtirok etgan (Feliks Trinidad va Floyd Meyvezerlarga qarshi ringga chiqqan), uchinchisida esa promouterlik qilgan (Saul Alvares va Floyd Meyvezer jangi). Bundan tashqari eng ko‘p daromad keltirgan jang — Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasidagi to‘qnashuvning tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.

* Oskar qisqa muddat, ya’ni 5 yil ichida to‘rtta vazn toifasida 5 marta chempion bo‘lgan yagona bokschi hisoblanadi.

* Oskar o‘z davrining afsonaviy bokschisi — Xulio Sesar Chavesni ikki marta mag‘lub etgan yagona bokschidir. Eng muhimi, u Chavesni har ikkala jangda ham nokautga uchratgan.

* Oskar bolaligida boksdagi faoliyatini 25 yoshda yakunlab, keyinchalik arxitektor bo‘lishni orzu qilgan.

* Oskar boks tarixida nufuzli promouterlik kompaniya (Golden Boy Promotions) tuzgan birinchi bokschi hisoblanadi.

* Ayni damda turmush o‘rtog‘i — Milli Korretxer bilan 5 nafar farzand (o‘g‘illari — Devon De La Xoyya, Oskar Gabriyel De La Xoyya, Jakob De La Xoyya; qizlari — Nina Lauren Nenitte De La Xoyya va Atiana De La Xoyya) ni tarbiyalab voyaga yetkazishmoqda.

* Eng yaqin do‘stlari Roy Jons va Floyd Meyvezerlardir.

* Otasining ismi — Joyel De La Xoyya. Shuningdek, singlisi (Sesi De La Xoyya) va akasi (Joyel De La Xoyya) bor.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:01, 30.11.2017. O'qildi: 3795 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
2 Пахтакор Igor Sergeev 4
3 Бунёдкор Luis Kachorri 4
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 3
6 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
7 Пахтакор Umar Adhamzoda 2
8 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 2
9 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 2
10 Хоразм Rustamjon Abduhamidov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.