Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Everton - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Orzu ro‘yobi yoxud Panama termasining JCH-2018ga yo‘l olgani haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Rossiya-2018 mundialida debyutant sifatida ishtirok etadigan Panama milliy jamoasi aslida 2014 yilgi jahon forumidayoq ko‘rinish berishi mumkin edi.

Biroq mamlakat futbolining chin afsonasi Deli Valdes va uning shogirdlari so‘nggi pallada yo‘llanmani qo‘ldan chiqarishgandi. Mana, hozirgi jamoa nihoyat, tarixiy natijaga erishdi.

«Hali ko‘p ishlashimiz kerak, ammo ayni pallada g‘alaba nashidasini surishga haqlimiz», - deydi Valdes. KONKAKAF zonasidagi JCH-2018 saralashi. Guruh bosqichining so‘nggi turi. Raqib Kosta-Rika termasi. Hisob - 2:1.

Hakamning final hushtagi yangrashi bilan «Rommel Fernandes» stadioni maydoni odamlar bilan to‘lib ketdi - Panama termasi murabbiylar shtabi vakillari, futbolchilar, arena xodimlari va albatta, muxlislar...

Ular oradan ma’lum vaqt o‘tgach, birgalikda baralla hayqirishdi: «Nihoyat, jahon chempionatidamiz!» Mamlakat futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi Xulio Sesar Deli Valdes ham o‘zgacha shodlangani aniq.

Zero, 2013 yili uning olamshumul g‘alabani tantana qilishiga bir bahya qolgandi.

FIFA.com sayti jurnalistlari panamaliklarni alohida tabriklash bahonasida 50 yoshli Valdesni suhbatga chorlashdi va u o‘z faoliyati hamda mamlakat futboli ravnaqi yo‘lidagi 6ta asosiy burilish nuqtasi haqida  gapirib berdi.

Ibtido

- Kattalar doirasidagi faoliyatim boshlangan vaqt Panama futboli hali professional maqomda emasdi. Deylik, millionlar o‘yini mamlakatimizda muhimlik nuqtai nazaridan uchinchi yoki to‘rtinchi sport turi hisoblanardi.

Har holda, ommaviylik bobida beysbol, basketbol va boksdan orqada edi. Shuning uchun professional futbolga xorijiy davlat - Urugvayda qadam tashlaganman. Akam maxsus stipendiya olish huquqiga ega bo‘lgach, o‘ynash uchun Argentinaga ketgandi.

U vaqtida «Argentinos Xuniors» sharafini himoya qilgan. Xullas, akamning yordami bilan xorijga chiqdim. Boshida Argentina chempionati to‘rtinchi divizionida to‘p surdim, 1989 yili esa Montevideoning «Nasyonal» klubi safiga qo‘shildim. O‘shanda 22 yoshda edim.

Yevropa tomon yurish

- Urugvayda 4,5 yil o‘ynaganimdan so‘ng Italiyaga yo‘l oldim va «Jenoa» hamda «Kalyari» jamoalarida faoliyat yuritdim. Bu vaqtga kelib, Panamada tanilib ulgurgandim. Ke-yinchalik Fransiyada «PSJ», Ispaniyada «Ovyedo» va «Malaga» klublari uchun o‘ynadim.

Yevropa milliy birinchiliklarida to‘p suradigan kam sonli panamaliklar qatori mamlakatimizni tanitishga harakat qilganman. O‘ylaymanki, o‘sha vaqt o‘z o‘yinlarimiz bilan milliy futbolimizning yangi darajaga chiqishiga o‘ziga xos turtki berganmiz.

JCH - olisdagi orzu

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:28, 03.12.2017. O'qildi: 3121 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик