Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Protein va uning organizmga ta’siri

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hammaga salom! Bugun biz proteinni qabul qilishning organizmga ta’siri, samaradorligi, foydasi va zarari haqida so‘zlashamiz.

Birinchi navbatda bilish kerak bo‘lgan narsa: organizmdagi deyarli barcha narsa oqsildan tashkil topgan. Proteinlar – bu tarkibi faqat alfa-aminokislotalardan tashkil topgan oddiy oqsillar. Aynan ular mushaklar kattalashishiga xizmat qiladigan material hisoblanadi. Shuning uchun, proteinlar sport ozuqasida katta ahamiyatga ega.

Proteinning organizmga ta’siri shundan iboratki, u og‘ir mashg‘ulotlardan keyin mushaklar tiklanishiga va gavdaning ideal mushak relyefini yaratishga yordam beradi.

Proteinlarning turlari juda ko‘p, ularning uchta asosiysi majvud:

1. Sivorotkali (sut zardobidan olingan oksil) sportchilar orasida eng mashhuri, u bir zumda o‘zlashtiriladi va aminokislotalar defisitini to‘ldiradi. Bu yuqori sifatli protein sutdan ishlab chiqariladi. Masalan, BePerfect Nutrition mahsulotlarida faqatgina ushbu turdagi proteindan foydalaniladi.

2. Kazein – sekin o‘zlashtiriladigan protein turi bo‘lib, tunda qabul qilishga mo‘ljallangan. Tvorog tarkibida kazein mavjud.

3. Soyali protein – o‘stirilgan oqsil bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra bodibilding, mushak massasini yig‘ish va teri osti yog‘larni yo‘q qilishda eng samarasiz oqsil sanaladi. Afzalligi – arzon narx, xolesterin darajasini kamaytirish. Kamchiligi – past samaradorlik, estrogen gormonining oshib ketishi, potensiyaning tushib ketishi.

Birinchi ikki turdagi protein bodibilderning ovqatlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, uchinchisini qabul qilishni tavsiya qilmagan bo‘lardik. Afsuski, sport ozuqasini ishlab chiqaruvchi turli xorijiy kompaniyalar mahsulotni arzonlashtirish maqsadida uchinchi turdagi proteinni ishlatadi. Shuning uchun, proteinli kokteyllar sotib olganingizda uning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqing!

SPORT OZUQASIDA PROTEINNING ODDIY OVQATDAN FARQI NIMADA?
Tasavvur qiling, mashg‘ulotlardan keyin organizmga 25 gramm oqsil kerak bo‘lib qoldi. Siz proteinli kokteyl ichib olishingiz yoki 100 gramm go‘sht iste’mol qilishingiz mumkin. Lekin mahsulotdagi oqsildan farqli o‘laroq, sport proteini organizmga parchalangan holda yetib boradi va shuning uchun qisqa vaqt ichida o‘zlashtiriladi. E’tiborli tomoni, sport proteini hazm qilish faoliyati va qo‘shimcha ozuqaviy elementlarga og‘irlik qilmaydi. Aminokislotalardan tashkil topgan konsentrasiyalashtirilgan oqsil oshqozonga tushishi bilan o‘zlashtiriladi.

Bundan tashqari, sport proteini nafaqat tez, balki deyarli butunlay o‘zlashtiriladi. Proteinning atigi 5 foizi organzimdan chiqib ketadi. Sport proteini, birinchi navbatda, mushak to‘qimalarini o‘stirishga qaratilgan. Shuningdek, mazkur mahsulot moddalar almashinuvida organizmning biokimyoviy reaksiyasi o‘tishini normallashtiradigan muhim fermentlar qatoriga kiradi. Jumladan, protein intensiv mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi hamda tananing yog‘ massasini kamaytirishga, gormonlarni me’yorida saqlashga, muhim bo‘lgan barcha fiziologik jarayonlar o‘tishiga va mushaklar o‘sishiga xizmat qiladi.

Proteinlar qabul qilishning zarari bormi?
To‘g‘ri qabul qilinganda mazkur qo‘shimcha deyarli hech qanday negativ asorat qoldirmaydi. Chunki tarkibdagi oqsil ovqatdagi oqsildan deyarli farq qilmaydi, shunchaki turli aralashmalardan ajratiladi.

Ammo organizmga tushadigan konsentrasiyalashtirilgan oqsil miqdori belgilanganidan ko‘p bo‘lmaslishi kerak. Aks holda, oqsil zaharlanishi yuzaga kelishi va buning oqibatida jigar, buyrak, yurak-qontomir tizimi va oshqozon-ichak faoliyati zarar ko‘rishi mumkin.

BePerfect nutrition sut-oqsilli proteinlari orasidan uchtasini alohida ajratish mumkin:

1. PureWhey 100% – jismoniy mashg‘ulotlar bajaradigan va har kungi oqsil miqdorini ko‘paytirmoqchi, keraksiz uglevod, yog‘ va kaloriyalardan forig‘ bo‘lmoqchi bo‘lganlarga ideal ravishda mos keladi. Ushbu mahsulot teri osti yog‘lar miqdorini kamaytirib, quruq mushak massasini saqlab qolishni istayotganlar uchun yaratilgan. Bitta porsiya (27,9 gramm) proteinli aralashmada 62 foiz izolyator va sivorotkali oqsil konsentrati bor. Bitta porsiya kaloriyaviyligi 144 Kkal.



2. ProGainer – yukori uglevodli geyner bulib, tana vaznini oshirmokchi bulganlar uchun muljallangan. Uning tarkibida transyog‘lar va shakar yo‘q. Mazkur geyner premium seriyasiga mansub. Bitta porsiya –  18 gramm oqsil. Kaloriyaviyligi: 306 Kkal.



3. Fitness Shake with L-carnitine – vazn va ishtahani nazorat qilish, organizmning hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Mahsulotning bir porsiyasida 1000 mg L-Karnitin mavjud. U yog‘ to‘qimalarini yo‘q qilish jarayonida faol ishtirok etadi. Bitta porsiyada 18,6 gramm (62%) oqsil mavjud. Porsiya kaloriyaviyligi – 95,2 Kkal.

Proteinni tanlaganda maqsad, oqsil va kaloriyaning individual normasi, allergiya bor-yo‘qligi (masalan laktozani ko‘tara olmaydiganlarga Premium Iso-Whey tavsiya etiladi), individual kurslar, organizmning reaksiyasiva moliyaviy holatni (organizmni aminokislotalar bilan to‘yintirish jarayoni ertalab va kechqurun amalga oshadi, shu sababli premium segmentidagi mahsulotlarni olib, ularni uzoq muddatga cho‘zish kerak emas. Aks holda samara ko‘rinmaydi) inobatga olish kerak.

Brend va mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot www.beperfect.uz saytida hamda @bpnuz kanalimizda taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun tel: +998712798555
Sayt: www.beperfect.uz
Telegram:@bpnuz
Ma’lumot olish uchun: @bpnoffice
Facebook: facebook.com/beperfect.uz/
Odnoklassniki: ok.ru/beperfect.uz/

Reklama huquqi asosida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:27, 23.12.2017. O'qildi: 7038 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик