Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolda hammasi homiylarga bog‘liqmi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Nafaqat zamonaviy futbol, balki butun sportni ham homiylik shartnomalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi.

Ayniqsa, xalqaro sport tashkilotlarining faoliyati bevosita homiylar va reklama kelishuvlariga bog‘liq. Jumladan, FIFA homiylarni juda yaxshi ko‘radi. To‘g‘ri, ularni hamma ham alohida ardoqlaydi.

Lekin aynan xalqaro futbol uyushmasi sarmoyadorlardan katta pul undirish barobarida har doim ularga o‘z so‘zini o‘tkazib keladi.

Boshqacha aytganda, futbol turnirlari homiylari qatoriga qo‘shilishni istagan har bir kompaniya FIFA shartlarini so‘zsiz qabul qilishga majbur.

Xoh Coca-Cola yoki McDonald’s brendi, xoh boshqasi bo‘lsin, har bir harakatini futbolning oliy tashkiloti roziligi bilan amalga oshiradi. Aks holda, FIFA hamkorlikni shundoq to‘xtatadi - tamom. Ammo ba’zan...

Krasava o‘rniga - Telstar

Adidas kelasi yoz Rossiyada 2ta yirik loyihasini tugatadi - milliy terma jamoa va JCH-2018. Xullas, Rossiya jamoasi shundan keyin yangi homiyga yuzlanadi. Umuman, Germaniyaning mashhur brendi nafaqat terma jamoa, balki butun rus sporti bilan ham xayrlashadi.

Deylik, shu yil oxiriga qadar Adidasning Rossiyadagi 160tadan ortiq savdo shaxobchasi yopiladi. Gap shundaki, rus diyorida nemis brendining daromadi yildan-yilga sezilarli darajada pasaymoqda. «Kutilishicha, turli sanksiyalar va neft bahosining o‘zgarib turishi oqibatida Rossiya bozoridagi ishlar orqaga ketishda davom etadi.

Shuning uchun 100ta do‘konni yopishga ulgurdik va yil oxirigacha yana 50dan ortig‘i faoliyatini to‘xtatadi», - dedi Adidas ijrochi-direktori Kasper Rorshted. Boz ustiga, Adidas va FIFA o‘rtasidagi aloqalar ham yaxshi emas. «Odatda JCHning maxsus to‘pi dizayni va nomi mundial mezboni bilan kelishgan holda tasdiqlanadi, biroq FIFA homiylari bu safar negadir o‘zboshimcha ish tutishdi.

Natijada tashkiliy qo‘mita Adidasni to‘p dizayni ustida yaxshi ishlamaganlikda aybladi. Shuningdek, uning nomi ham e’tiroz tug‘dirdi. Chunonchi, JCH-70ning rasmiy to‘pi ham Telstar, deb nomlangan edi...» - JCH-2018 tashkiliy qo‘mitasi shunday bayonot berdi. Lekin yangi to‘pga nisbatan e’tirozlar asosan uning dizayniga bog‘liq.

Misol uchun, avvalgi mundiallarning rasmiy to‘plarida mezbon mamlakat madaniyati aks ettirilgan. Qolaversa, 2010 yilgi JCH to‘piga JAR rasmiy tillaridan birining nomi tanlangan - Jabulani. 2014 yili esa braziliyaliklar Brazuca atamasini ma’qul ko‘rishdiki, bu mamlakatning mahalliy shevadagi nomi hisoblanadi.

Hattoki, Konfederasiyalar kubogida ham mamlakat madaniyati hisobga olingan: Kopanya (KK-2009) va Kafusa (KK-2013). Telstarga kelsak, bu atamaning Rossiyaga daxli yo‘q umuman. Aslida chempionat to‘pi va timsoliga chiroyli nomlar o‘ylab qo‘yishgandi - Krasava hamda Zabivaka. Biroq yakunda sof ruscha atamalar ma’qul ko‘rilmadi.

Endi kim haq, kim nohaqligini aniqlashdan ma’no yo‘q. Chunki yakuniy qaror qabul qilindi, ammo FIFA va asosiy homiylardan biri o‘rtasida boshlanayotgan mojaro - yoqimsiz holat. Janni Infantino bu borada hech qanday izoh berganicha yo‘q. Aslida FIFA bosh homiylardan biriga nisbatan biroz yengil munosabatda bo‘lmasligi aqlga sig‘maydi.

Zero, Adidas eng og‘ir damlarda ham tashkilotni qo‘llab-quvvatlab keldi. Ya’ni korrupsiyaga bog‘liq janjallar vaqtida. «Adidas Group o‘z mahsulotlarida etikaning eng yuqori stantartlariga muvofiq keluvchi har qanday milliy madaniyatni aks ettirishga tayyor. Faqat FIFA bu borada aniq ko‘rsatmalar berishi kerak.

Adidas - keng qamrovli futbol brendi va biz turli miqyosda sohani qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz» - bu kompaniya bayonoti. Taxmin qilish mumkinki, Infantino Adidas bilan do‘stona aloqalarni saqlab qoladi, baribir. Deylik, to‘p nomini o‘zgartirish katta muammo sanalmaydi.

Hozirdan FIFA 1|8 finaldan e’tiboran Telstar 18 atamasi yoniga Mechta iborasini qo‘shishni tasdiqlagani haqida xabarlar yo‘q emas. To‘g‘ri, JCH tarixida bunaqasi hali kuzatilmagan. 

Qoyilmaqom «ettilik» va FIFA 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:52, 27.12.2017. O'qildi: 2515 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик