Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2018 yilgi musobaqa reglamenti. Qanday hollarda uchrashuvlar boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2018 yilgi mavsum reglamentida milliy chempionat uchrashuvlari taqvim asosida belgilangan sanalarda o‘tkazilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Faqat quyidagi hollarda o‘yinlar sanasini boshqa kunga ko‘chirishga ruxsat beriladi:

-Oldindan aniqlash va bilishning imkoni bo‘lmagan fors-major holatlari tufayli o‘yinlarni davom ettirishning imkoni bo‘lmasa. Bunday holatlar: avariya, yong‘in, suv toshishi, yer qimirlashi kabi tabiat hodisalari, shuningdek, musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchilariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlardan iborat;

-Agar uchrashuvning 50% yoki undan kami o‘ynalgan bo‘lsa, uchrashuv boshqa kuni qaytadan o‘tkaziladi. O‘yin qaysi sanada o‘tkazilishi PFL tomonidan belgilanadi. Uchrashuvdagi gollar bekor qilinadi, chetlatish va ogohlantirishlar amalda qoladi.

-Agar uchrashuvning 50%dan ko‘prog‘i o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, ertasi kuni qolgan qismi davom ettiriladi. Bunda o‘yin yoritish uskunalari talab etilmaydigan kunduz kuni o‘tkaziladi. Qoldirilgan o‘yin 12:00dan avval o‘tkazilishi mumkin emas. Qoldirilgan o‘yinning aniq boshlanish vaqti klublar, uchrashuv nazoratchisi va komissari bilan kelishgan holda PFL tomonidan belgilanadi. Mezbon klub uchrashuvning qaytadan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan, mehmon klub xarajatlarini ham qoplashi kerak. Qoldirilgan o‘yinlarda kiritilgan gollar, chetlatish va ogohlantirishlar, jamoalar tarkibi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar saqlab qolinadi;

-PFL komissari, nazoratchisi va bosh hakamning fikriga ko‘ra futbolchilar sog‘lig‘i uchun xavfli deb topilgan noqulay ob-havo va boshqa sabablar tufayli o‘yinlar boshqa kunga qoldirilishi mumkin.

-Musobaqa taqvimiga o‘zgarishlar kiritilishi tufayli;

-Elektr ta’minotidagi nosozlik tufayli o‘yinni boshlash, davom ettirish, yakunlash imkoni bo‘lmasa, nosozlik bir soatdan oshiqroq vaqt davomida bartaraf etilmasa, stadionning texnik holati yomonligi tufayli taqvim bo‘yicha belgilangan uchrashuv qoldirilishiga to‘g‘ri kelsa, maydon egasi bo‘lgan klubga texnik mag‘lubiyat yoziladi.

PFL komissari, nazoratchi va bosh hakam o‘yinni o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak. Ular tomonidan qabul qilinadigan har qanday qaror PFL ma’muriyati bilan kelishgan holda qabul qilinishi kerak.

-Agar jamoalar o‘yin bo‘lib o‘tadigan joyga belgilangan vaqtda kelishmasa, PFL komissari, nazoratchi yoki bosh hakam bu haqida PFLga xabar berishlari kerak.

Agar mehmon jamoa kechikadigan bo‘lsa, PFL komissari, nazoratchi va bosh hakam mezbon klub rahbariyati bilan birgalikda o‘yinni o‘sha kuni o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘rishlari kerak. Agar o‘yinni o‘sha kuni o‘tkazishning ilojisi bo‘lmasa, bu o‘yin bo‘yicha PFL vaziyatni har tomonlama o‘rgangan holda qaror qabul qiladi.Taqvimdagi o‘yinning kechiktirilishiga sabab bo‘lgan jamoa O‘FFning Tartib-intizom Kodeksiga ko‘ra jarimaga tortiladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:06, 31.12.2017. O'qildi: 4758 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик